XeF6+H2O=XeOF4+2HF
XeOF4+2H2O=XeO3+4HF
6XeF4+12H2O=2XeO3+4Xe+3O2+24HF
Ksenon (VIII) oksidi -XeO4 , odatdagi sharoitda gaz modda(2-rasm). Suvsiz sulfat kislotaga bariy ksenat ta’sir ettirib olinadi:
Ba2XeO6+2H2SO4=2BaSO4+XeO4+2H2O
2-rasm.Ksenon oksidlarining fazoviy tuzilishi: XeO3; XeO4, va XeOF2.
Na4XeO6*6H2O, Ba2XeO6*1,5H2O tuzlari barqaror , lekin suvda erimaydi.
Kseninng kislorodli birikmalari1. XeO3 birikmalari asosida uning oksianioni H2XeO4 yoki HXeO4- olingan. Bu birikmaning disproporsiolanish va suvda oksidlanishidan reaksiyasi asosida perksenat ioni hosil bo‘lgan:
2HXeO4-+(aq)+2OH-(aq)=XeO42-(aq)+Xe(g)+2O2+2H2O(s)
XeO42- anioni oktaedrik tuzilishga ega. XeOF4 birikmalardan foydalangan holda pentagonal ptramidal tuzilishga ega bo‘lgan XeO5F- anion olingan(3-rasm).
3-rasm. XeO42- va XeO5F- anionlarining fazoviy tuzilishi.
Ksenon ftoridlarning reksiyalari.XeF4 ning tetrametilammoniy ftoridi ta’siridaquyidagi birikmasi olingan:
XeF4+[N(CH3)4]F=[N(CH3)4]+[XeF5]-
Bu anion -[XeF5]- tekis pentagonal tuzilishga ega.XeF6 ni F- ionlari bilan ta’sirida XeF7- va XeF82- ionlari olingan. Ayni ionlarning tuzilishi 4-rasmda berilgan
4-rasm.XeF5 va XeF8 ning tuzilishi.
Ksenon oksidlari qattiq qoldiq qoldirmaydigan portlovchi moddalar tayyorlashda, atom texnikasida, shuningdek ftorlovchi va oksidlovchi agentlar sifatida keng qo‘llanilmoqda.
8 guruh elementlari ichida platinaning kompleks birikmalari organizmda oksidlanish jarayonlarini boshqarishda qatnashishi aniqlangan. Tsis holatdagi tzilishga ega bo‘lgan platina(II) va (IY) larning kompleks birikmalari xavfli o‘smalarga(saraton) qarshi samarali vositaligi topilgan.
Tibbiyotda anemiyaga qarshi temir, temir (II) sulfat, temr (III) sulfat, temir (II) xlorid, temir (III) oksid, temir (II) laktat va boshqa temir birikmalarini tutgan moddalar dori sifatida keng qo‘llaniladi. Masalan: qaytarilgan temir, temir glitserifoafat, gemostumulin, fitoferrolaktol, ferropleks, konferon, ferum-lek, ferrosen, feramid va boshqalar. Anemiyaga qarshi samarali vositalardan biri vitamin B 12 hisoblanadi. Bu vitamin boshqa kasalliklarda ham samaralidir.
Dostları ilə paylaş: |