2.3. Kripton guruhchasi elementlari
Kripton rangsiz, hisdsiz gaz. Bir litr suvda 110 ml 0 oC) argon eriydi. Argonga o‘xshash suvda, fenol, toluol, atsetonda singish (klatrat) birikmalari hosil qiladi.
Bunday birikmalarga Kr*5,75H2O; 2,14Kr*12 C6H5-CH3;
2,14Kr*12C6H5OH kiradi.
Kripton va atomar ftor elektr razryadi ta’sirida kripton (II) ftorid hosil qiladi. Bu modda o‘tkir hidli rangsiz kristall, -30 oC da sublimatsiyalanadi. KrF2suvda eriganida parchalanadi:
2 KrF2+2H2O=2Kr+4HF+O2
Erkin holda kripton elektr lampalarni to‘ldirish uchun ishlatiladi. Kripton (II) ftorid esa ftorlovchi agent sifatida amaliyotda qo‘llaniladi.
Ksenon. Ksenon molekulasining qutblanuvchanligi geliyga nisbatan 20 marta yuqori. Ksenon -112 oC da suyuqlanuvchi gaz modda. Ksenonning eruvchanligi, adsorbsiya qilish xususiyati ancha yuqori. Ksenon ftoridlari ksenonga ftor ta’sir qilib olinadi.
Ksenon (II) ftorid (XeF2) kritall modda (suyuql. harorati 140 oC), XeF4( suyuql. harorati 114 oC), XeF6(suyuql. harorati 46 oC). Bu birikmalarning fazoviy tuzilishi 1-rasmda keltirilgan.
1- rasm. Ksenon birikmalarning tuzlishi: XeF2; XeF4 va XeF5 .
Ksenon(VI) oksidi (XeO3) – oq qattiq modda, oson portlaydi. XeF6 gidrolizlanishida hosil bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: |