Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. O‘zbekiston Respublikasida notarius



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə2/50
tarix20.06.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#133259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Документ DOCX

2-modda. O‘zbekiston Respublikasida notarius
Oldingi tahrirga qarang.
Yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bog‘liq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan o‘tish talab qilinmaydi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqaruv xodimi yoki advokat sifatida kamida uch yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan e’tiboran besh yil o‘tmagan bo‘lsa, olti oy muddat stajirovka o‘taydi.
Quyidagilar notarius bo‘lishi mumkin emas:
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — uch yil mobaynida.
Notarius yordamchi, stajor, shuningdek notarial faoliyatni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa xodimlarga ega bo‘lishi mumkin.
Notarial harakatlarni amalga oshirishda notariuslar, davlat notarial idorasida ishlashidan yoki xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bo‘lib ishlashidan qat’i nazar, teng huquqlarga ega va bir xil majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Davlat notarial idoralari notariuslariga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi.
(2-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin