21-modda. Notarius yordamchisi Yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius yordamchisi bo‘lishi mumkin.
Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar notarius yordamchisi bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang. Davlat notarial idorasi notariusining yordamchisini ishga qabul qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius yordamchisini ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasining (bundan buyon matnda Notarial palata deb yuritiladi) tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda uni tavsiya qilgan notarius tomonidan amalga oshiriladi.
(21-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) Notarius yordamchisi notariusning topshirig‘iga ko‘ra notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etishga, bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar loyihalarini tuzishga, hujjatlarning ko‘chirma nusxalari va dublikatlarini, ulardan ko‘chirmalarni tayyorlashga, shuningdek notarial harakatlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berishga haqli.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda) Oldingi tahrirga qarang. Davlat notarial idorasi notariusi yordamchisiga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi.
(21-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) Oldingi tahrirga qarang.