Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə7/50
tarix20.06.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#133259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
Документ DOCX

82-modda. Notarial idoraning binosi
Notarial idora binosida fuqarolarning notarius huzuriga kirish imkoniyati, notarial harakatlarning sir tutilishi, notarial ish yuritish hujjatlari, materiallari va notarial arxivning but saqlanishi, to‘lovlarni qabul qilish, audio- va video qayd etish uchun shart-sharoitlar ta’minlanishi kerak.
(81 va 82-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni bilan chiqarilgan— O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
10-modda. Notarial ish yuritish va hisobdorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlashi, o‘z notarial arxiv ishini yuritishi shart.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil o‘tgach Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga topshirilishi kerak. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar tomonidan beriladigan notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari va reyestrlardan ko‘chirmalar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi hamda ularni berganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda haq undiriladi.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 22-dekabrdagi 20-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlar shtat birliklari soni va yuridik va jismoniy shaxslarga ma’lumotnomalar va arxiv hujjatlari nusxalari, shuningdek, notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari va reyestrlardan ko‘chirmalar berilganligi uchun ular tomonidan undiriladigan haq miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining (ro‘yxat raqami 2167, 22.12.2010-y.) 2-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladi.
(10-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Notarial ish yuritish qoidalari, notarial hujjatlarni saqlash muddatlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalari” (ro‘yxat raqami 2170, 22.12.2010-y.).
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari davlat boji tushumlarining hisobini yuritadi va ular yuzasidan davlat soliq xizmati organlariga hisobot taqdim etadi.
(10-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin