34-modda. Notarial tasdiqlanadigan bitimlar, shuningdek arizalar va boshqa hujjatlarni imzolash tartibi Oldingi tahrirga qarang. Notarial tasdiqlanadigan bitimlar, shuningdek arizalar va boshqa hujjatlar notarius ishtirokida imzolanadi. Bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar taraflar tomonidan barmoq izlarini olish yo‘li bilan tasdiqlanishi mumkin.
(34-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlarni tasdiqlash jarayoni videokonferensaloqa orqali amalga oshirilishi mumkin.
(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) Oldingi tahrirga qarang. Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari yozib qo‘yilishi lozim. Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida videoyozuv vositalaridan foydalaniladi.
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Basharti notarial idoraning yig‘majildlarida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining vakolatlari tekshirilganligi haqida ma’lumotlar, imzolarining shaxsan murojaat qilingan vaqtda olingan namunasi bo‘lsa va ularning imzolari haqiqiyligiga shubha tug‘ilmaydigan bo‘lsa, notarius bu mansabdor shaxslarning o‘zlari kelishini talab qilmasligi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 8-bandi.