Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalarni va ishonchnomalarni notarial idoraga berish



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə27/50
tarix20.06.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#133259
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
Документ DOCX

27-modda. Mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalarni va ishonchnomalarni notarial idoraga berish
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar o‘zlari tasdiqlagan vasiyatnomalarning va notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq ishonchnomalarning bittadan nusxasini vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchi doimiy yashaydigan joydagi notarial idoraga saqlash uchun kechiktirmay yuborishi shart.
Agar vasiyat qiluvchining yoki ishonch bildiruvchining O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘lmasa yoki ularning yashash joyi noma’lum bo‘lsa, vasiyatnoma yoxud ishonchnoma uni qaysi tashkilotning mansabdor shaxsi tasdiqlagan bo‘lsa, o‘sha tashkilot joylashgan erdagi notarial idoraga saqlash uchun yuboriladi.
Notarius saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani va ishonchnomani tekshirib ko‘rishi hamda ularning qonunga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, bu haqda vasiyat qiluvchiga, ishonch bildiruvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga ma’lum qilishi shart.
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar vasiyatnomalarni o‘zgartirish va bekor qilish, shuningdek ishonchnomaning amal qilishini tugatish uchun asos bo‘ladigan hujjatning bittadan nusxasini ushbu moddada belgilangan tartibda kechiktirmay notarial idoraga berishi shart.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
28-modda. Konsullar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar
O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va hokazolarni) tasdiqlaydi, O‘zbekiston Respublikasida joylashgan ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish va garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalar bundan mustasno;
(28-moddaning birinchi qismi 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
2) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
3) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
4) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
5) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
6) meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi;
7) merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar beradi;
8) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi haqida guvohnomalar beradi;
9) hujjatlarning nusxalari va hujjatlardan olingan ko‘chirmalar to‘g‘riligini shahodatlaydi;
10) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi;
11) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
12) pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilib oladi;
13) saqlash uchun hujjatlarni qabul qilib oladi;
14) ijro xatlarini yozadi;
15) dengiz protestlarini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(28-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavining 27-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 2011-yil 31-yanvardagi 21, 1-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”ning 1-bandi.

Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin