Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə23/50
tarix20.06.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#133259
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
Документ DOCX

43-bob. Notarius faoliyati ustidan nazorat va monitoring qilish. Adliya organlarining notariat sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
228-modda. Notariat to‘g‘risidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat va monitoring qilish
(228-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Notariat to‘g‘risidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya qilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari amalga oshiradi.
(228-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Notarial palata xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyati ustidan monitoringni amalga oshiradi.
229-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining notariat sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:
notariat sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
yagona notarial amaliyotni ta’minlash choralarini ko‘radi;
Oldingi tahrirga qarang.
notariat to‘g‘risidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
(229-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini ta’sis etadi va tugatadi;
muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notarius lavozimlarining eng kam sonini belgilaydi;
Notarial palata faoliyatiga ko‘maklashadi;
Oliy malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi;
xorijda foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosi va ularning muhri ko‘chirmasi haqiqiyligini tasdiqlaydi, notariat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa vazifalarni bajaradi;
notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni, notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestrlarining shaklini, tasdiqlov yozuvlari va guvohnomalarni, notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibini Notarial palata bilan birgalikda tasdiqlaydi;
notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, notariuslarga ko‘rsatmalar va uslubiy tushuntirishlar beradi;
pullik xizmatlar hamda notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik xususiyatga ega qo‘shimcha harakatlar ro‘yxatini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun, shuningdek idoraviy notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, reyestrlardan ko‘chirmalar, ma’lumotnomalarning va arxiv hujjatlarining ko‘chirma nusxalari berilganligi uchun to‘lovlarning miqdorlarini tasdiqlaydi;
notariuslarning statistik ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini Notarial palata bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(229-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin