Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə19/50
tarix20.06.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#133259
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Документ DOCX

41-bob. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi
221-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining asosiy qoidalari
Notarial faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishga aloqador davlat organlari bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan axborot tizimi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidir.
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishlidir.
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan notarial idoraga yuborilgan elektron murojaatni olish uchun ham foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslarning kirishini ta’minlaydi.
Notariuslar tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlar kiritilishi notarial harakatlarni amalga oshirishning maxfiyligini oshkor etish hisoblanmaydi.
222-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlar kiritish
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish notariuslar tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslar tomonidan kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning ro‘yxatini belgilaydi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bunday harakatlar amalga oshirilgan kundan kechiktirmay notarius tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
223-modda. Elektron murojaat
Jismoniy va yuridik shaxslar notarius qabuliga oldindan yozilish, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash hamda notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa maqsadlar uchun axborot tizimlari orqali notarial idoralarga murojaat qilishi mumkin.
Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Agar huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq to‘lanmagan bo‘lsa, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash to‘g‘risidagi elektron murojaat ko‘rib chiqilmaydi.
Axborot tizimlari orqali notarial idoralarga kelib tushadigan elektron murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(41-bob O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin