Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə21/50
tarix20.06.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#133259
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Документ DOCX

225-modda. Notarial palataning asosiy vazifalari
Notarial palataning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini muvofiqlashtirib borish, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, shuningdek qonunchilikning bir xil tarzda qo‘llanilishiga doir takliflar ishlab chiqish;
(225-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
nizolarning oldini oluvchi institut sifatida notariatning rolini mustahkamlash, notariuslik kasbi nufuzini oshirish, shuningdek xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning kasbiy tayyorgarligi va malakasi oshirilishini hamda ularning fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtalanishini tashkil etish;
yagona notarial amaliyotni ta’minlash choralarini ko‘rish, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash va o‘rganish, ijobiy ish tajribasini yoyish hamda ularga uslubiy yordam ko‘rsatish;
notarial harakatlar bo‘yicha tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish;
aholining huquqiy bilimlarini va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish;
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda, sudda va boshqa holatlarda ifodalash hamda himoya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
notariat to‘g‘risidagi qonunchilikka, Notariusning kasb etikasi qoidalari va kasbiy majburiyatlarga xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, xizmat tekshiruvlari o‘tkazish, shuningdek notariuslarning kasbiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish haqida malaka komissiyalariga takliflar kiritish;
(225-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan notarial faoliyat masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish.

Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin