I BOB NOVDANING MORFOLOGIK TUZILISHI VA TIPLARI. KURTAKLAR. NOVDA METAMORFOZI 1.1 Novda haqida tushunchalar va novdaning tuzilishi
Bargli poyaga novda deyiladi. Uning asosiy vazifasi o`simlikni havodan oziqlanishiga xizmat qilishdir. Poya barg va ildiz orasida boglovchi zveno bo`lib, unda hosil bo`lgan moddalarni o`tkazib beradi. Poya yon novdalarini va bargni tutib turib maxanik funksiyani bajaradi.
Novda kurtakdan yoki urug`dan hosil bo`ladi. Novdani barg birikib turadigan qismi barg o`rni yoki bo`g`in deb nomlanadi. Birinchi bo`g`inidan ikkinchi bo`g`inigacha bo`lgan masofa bo`g`in oralig`i deyiladi.
Barg va poya oralig`idagi masofa barg qo`ltig`i deyiladi.
Bo`g`in oralig`i uzun va qisqa bo`ladi. Agar bo`g`in oralig`i qisqa bo`lsa qisqa bo`g`inli, uzun bo`lsa uzun bo`g`inli novdalar deyiladi.
Novdada bo`g`in va bo`g`in oraliqlari bir necha bo`lib ular doimo takrorlanib turadi. Bu xodisaga metameriya deyiladi.
2. Kurtak bu novdaning murtak holatidir. Unda barg va poya murtakda joylashgan singari joylashadi.
Har bir kurtakning tuzilishi o`sish konusini himoya qilishga qaratilgan. Kurtakning tashqi qismini qoplab turuvchi barglar kutin va mumsimon moddani shimib, tangachalar hosil qiladi. Tangachalar temir daraxtida qora rangda bo`lib fiziologik himoya qilish vazifasini bajaradi. Kashtan bargli eman daraxti kurtaklari mayda tuklar bilan koplangan bo`ladi. Kurtak poyada joylashgan o`rniga qarab quyidagi turlarga bo`linadi.
Apikal - uchki kurtaklar. Yon kurtaklar.
Yon kurtaklar barg qo`ynida joylashadi, shuning uchun bu kurtaklarni yon kurtaklar deyiladi. Kurtaklarni faoliyatiga qarab aktiv kurtaklar va yashirin kurtaklarga ajratiladi. Yashirin kurtaklar daraxtsimon o`simliklarda ko`p uchraydi. Qo`shimcha kurtaklar ildizda, poyada hosil bo`ladi.
Kelib chiqishiga ko`ra: vegetativ kurtaklar. Gul hosil qiluvchi kurtaklar. Aralash kurtaklarga bo`linadi.
Vegetativ kurtaklardan novda, gul hosil qiluvchi kurtaklardan - gul, aralash kurtaklardan bargli to`pgul hosil bo`ladi.
Kurtaklarning shakli va o`lchami har xil bo`lib, ular yumaloq, konussimon, tuximsimon, uchi qirrali va uchi qirrasiz bo`lishi mumkin
Kurtakni novdada joylanishi quyidagi turlarga bo`linadi.
1. Navbat bilan - spiral, 2. Qarama - qarshi. 3. Xalqasimon shaklida.
Qarama - qarshi joylanish siren, pista, yalpiz kabi o`simliklarda kuzatiladi.