Poyada joylashgan apikal va yon kurtaklarning rivojlanishidan asosiy va yon novdalar hosil bo`ladi. Bu kurtaklarning rivojlanishi har xil bo`lib ularni quyidagi shoxlanish tiplariga ajratish mumkin.
4. Poyaning shakli va tiplari. O`simliklar poyasining shakli turlichadir. Uni kundalang kesigini ko`rsak, ko`pchiligi doira shaklida, qiyoqda 3 qirrali, labguldoshlarda 4, soyavonguldoshlarda ko`p qirrali ekanligini ko`ramiz.
Gallaguldoshlar va soyavonguldoshlar oilasi vakillarining bo`g`in oralig`i asosiy parenxima bilan to`lgan bo`ladi. Bunday poya poxol poya deyiladi.
Poyalar bargli va bargsiz bo`ladi. Bargsiz poya piyoz,qoqi ut, lola guldoshlar kabi o`simliklarda uchraydi. Ularni poyasi oxrida to`pgular hosil qilib tugaydi. Bunday bargsiz poyalar strelka deb nomlanib. Poyaning qisqargan qismi ildiz bo`g`izida joylashib u yerda mutovka hosil qiladi.
Poyani o`sishiga qarab tik o`suvchi, sudralib o`suvchi, ilashib o`suvchi, o`ralib o`suvchi, turlarga bo`linadi.
Bunday guruhlarning hosil bo`lishi poyada maxanik to`qimalarning rivojlaniishga bog`liq.
Ilashib av chirmashib o`suvchi poyalar lianalar deyiladi. Bunday o`simliklarga kuy pechak, no`xot, ximel, daraxtsimonlardan-tok, namatak kabilar kiradi. Lianalar o`zi ilashadigan o`simlik bo`ylab soat strelkasi bo`ylab (ximel) va soat strelkasiga qarshi harakatlanadi.
Sudralib o`suvchi novdalar bo`g`imlarda ildiz hosil qilish xususiyatiga ega. Bunday o`simliklarga kulupnay, semizut, ajrik, kabi o`simliklar misol bo`ladi.
O`simlikning hayot kechirishiga qarab novdanig tiplari.Poyaning tuzilishi o`simlik hayot kechirish davri bilan bog`liqdir. Ba`zi o`simliklar 5 - 7 xafta yashasa, ayrim o`simliklar 5000 yil hayot kechiradi.
O`t o`simliklar poyasi vegetatsiyasinig oxirida o`z faoliyatini tugatsa, daraxt o`simliklarda hayotining oxirigacha saqlanib qoladi.
Quyida ayrim o`simlik poyasining yashash davrlari ko`rsatilgan. Baobab 5150 yil. Mamont daraxti 5000. Kiparis 3000. Eman 1200. Tilog`och 500. Olma 200.
O`tsimon poyali o`simliklar hayot kechirish davriga qarab, bir yillik, ikki yilik va ko`p yillik turlarga ajratiladi. Bir yillik o`simliklar bir vegetatsiya davrida o`z faoliyatini tugallab, kuzga borib xalok bo`ladi. masalan: Bug`doy, kanop, arpa, sholi va hokazo.
Ikki yillik o`simliklar birinchi yili ventativ organlarini hosil qilsa, ikkinchi yili generativ organlar hosil qiladi. Masalan: sabzi, lavlagi, turp.
Ko`p yillik o`tsimon o`simliklar doimiy yer osti ildiz poyalar, ildizlar, piyoz boshlar hosil qilish xsusiyatiga ega bo`ladi.
O`simliklar poyasini shoxlanishi va yogochlanishi xsusiyatiga qarab ularni uch guruhga ajratish mumkin.
1. Daraxtlar. 2. Butalar. 3. Chala butalar.
Daraxtlarda asosiy poya yaxshi rivojlangan bo`lib undan yon shoxlar hosil bo`ladi. Ularning poyasi yerdan bir necha metrgacha kutarilib turadi.
Butalarda asosiy poya rivojlanmagan, ular ildiz bo`g`izidan hosil bo`ladi, bo`yi 4-6 m ga yetadi. Masalan: anor, malina, it burun, smorodina, siren, saksovul kabi cho`l o`simliklari kiradi.
Chala butalar poyaning pastki qismi yog`ochlashib po`kak bilan qoplanadi, yuqori qismi esa bir yillik bo`lib, qishga borib xalok bo`ladi. masalan: shuvoq, astragal, o`lmas o`t kabilar.
Novdada barglar joylanishi. Novdada barglar quyidagi tartibda joylashadi: 1. Navbat bilan yoki spiralsimon 2. Qarama - qarshi 3. Mutovka shaklida. Bunday joylanishining asosiy mohiyati novdadagi barglar quyoshdan keladigan nurlarni tusmaslik qonuniga amal qiladi.
Navbat bilan yoki spiralsimon joylanishda barg har bir bug`inida bittadan joylashadi. Ular takrorlanib ikki barg oralig`ida hosil bo`lgan spiral barg sikli deyiladi. Barg siklida joylashgan barglar spirali soni kasr suratiga, undagi barglar soni maxrajiga yozib ko`rsatiladi. Masalan: 1/2, 1/3, 2/5, 3/8, 5/13.
1/2 sondagi barg joylanishi galla guldoshlar oilasiga, 1/3 lolada, 2/5 olma, olxuri, nokda uchraydi.