www.pedagoglar.uz Volume 11. Issue 3. NOYABR 2021 Page: 123
hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz
uchun hamisha dolzarb masala”, -deb bekorga aytmagan.
O'tgan asrning 60-70-yillarida o'zbek adabiyoti juda katta iste’dodlarni qabul
qildi. Ham nazm, ham nasr, ham publitsistika o'quvchilarni maroqli mutolaaga,
mushohadaga chorladi. Biz O'tkir Hoshimovni aynan o‘sha avlodning zabardast
vakili sifatida taniymiz hamda asarlarini zavq bilan qayta-qayta o'qiymiz. O'tkir
Hoshimovda nafosat tuyg'usi behad kuchli. Uning qahramonlari aksari go'dakday
beg'ubor, nafosat tuyg'usiga boy, hissiyotli, o‘ta ta’sirchan odamlardir.
“Bahor qaytmaydi” qissasi 1969-yilda yozilgan. Qissada yozuvchi iste’dodli,
biroq uning qadriga yetmagan, ulug' maqsadlardan mahrum xudbin yigitning
tanazzul tarixini, ruhiy-ma’naviy inqirozini san’atkorona tahlil etib bergan.
Oradan o'tgan 52 yil qisqa muddat bo'lmasa-da, voqealar bugun ham davom
etyapti. Hayotdagi Alimardon To'rayevlar uchun ushbu asar ko'zgu, hayotiy
saboq bo'lsa, ajab emas.
Asarning qisqacha mazmuni quyidagicha: Asarda ikki do'stning boshidan
kechirgan kechmishlari yoritib berilgan. Alimardon va Anvar do'st ,ammo
Alimardonday do'st bo'lganidan bo'lmagani afzal. Anvarning Muqaddam ismli
sevglisi bo'ladi, uni Alimardon zo'rlaydi va o'z hasmiga oladi. Anvar bo'lsa og'zi
ochilgancha ularni to'y sadolarini eshitadi. Alimardon qo'shiqchi bo'ladi uning
ishlari yurishib ketib, mashhur bo'ladi, ammo bu uzoqqa cho'zilmaydi. Mashhur
vaqtlari Klara ismli ayol bilan tanishadi va u bilan aysh-u ishrat qiladi, buni xotini
Muqaddam ko'rib qolib, uyiga ketib yuboradi, uyiga ham sig'magan qiz toqqa
chiqib ketib turmush quradi. Alimardon bu vaqt mashhurlikdan pastga tomon
harakatlangandi va ichkiliksiz turolmaydigan bo'ldi. Shu vaqtda xotinini
qayerdaligini bilib qoladi va uni oldiga boradi va o'g'lini ko'radi-yu, ortiga
qaytadi, shu vaqt tog'dan mashinasi bilan birga avtohalokatga uchraydi.
O'tkir Hoshimovning "Bahor qaytmaydi"qissasida turli guruhlarga mansub keng
va tor ma’nodagi joy nomlari qoʻllangan. Keng ma’noda joy nomlari deganda,