legal, medical, social, scientific journal
www.pedagoglar.uz
Volume 11. Issue 3. NOYABR 2021
Page: 124
umuman biror bir joyni ataydigan nomlar tushuniladi. Bular sirasiga barcha
toponimlar kiritiladi. Tor ma’nodagi joy nomlariga daryo, ariq, bozor, bog' va shu
kabi oʻnlab nomlarni kiritish mumkin. ,,Bahor qaytmaydi’’qissasida uchraydigan
toponimlar ular ifodalagan obyektlarning turiga ko'ra bir necha guruhga bo’linadi.
Bularning bir qismini aholi maskanlari nomlari - oykonimlar tashkil etiladi.
Oykonimlar:
Mamalakat nomi: O'zbekiston
Shahar nomlari:Toshkent,Yaponiya,Tojikiston
Ariq nomi:Zaxariq
Kurort nomi:Gagra
Tuman nomi: Oqqo'rg'on,Boysun,Polvontepa
Anhor nomi:Qonqus
Restoran nomi: “Toshkent”
Bog' nomi:Qodirobod
Qishloq nomi:Bo'ston,Oynatog'
Bu nomlar mavzu guruhlari boʻyicha quyidagilarga ajratilishi mumkin:
Joy nomlari: Toshkent, O'zbekiston,Yaponiya, Tojikiston va boshqalar.
Toshkent nomi asarda eng koʻp uchraydi. Chunki asar voqealari bilan bogʻliq
koʻplab tasvirlar shu shahar bilan aloqador.
Masalan; Toshkent! Odamlarning baxtini qanchaiik bag‘rikenglik, saxiylik bilan
ko‘ksiga sig‘dirsa, baxtsizligini ham shunchalik bag‘rikenglik, beparvolik bilan
qarshilaydi! (O'tkir Hoshimov "Bahor qaytmaydi" qissa)
Toshkent vohasi qadimdan Markaziy Osiyo xalqlari tarixida muhim o‘rin tutgan.
Choch vohasida qadim va ilk o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan joy nomlariga oid
ma'lumotlar ,asosan, xitoy va arab-fors manbalarida saqlanib qolgan. Vohaga
legal, medical, social, scientific journal
www.pedagoglar.uz
Volume 11. Issue 3. NOYABR 2021
Page: 125
taalluqli ba'zi bir joy nomlari esa qisman sug‘diy va boshqa tillardagi manbalarda
uchraydi.
Oykonim deganda, shahar, qishloq, ovul va boshqa aholi punktlari tushuniladi.
Shahar yirik aholi punkti bo'lib, iqtisodiy, ma'muriy va madaniy markaz sanaladi.
Bo‘ston qishlog'iga og‘ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. Tumanlik
qo‘ynida jimgina mudragan tonglar, ilk sovuq og‘ushida junjikkan seryulduz
oqshomlar boshlandi.(O'tkir Hoshimov "Bahor qaytmaydi" qissa)
Asarda anhor va ariqlar nomlari ham qo'llanilgan.
— Katta anhor ekan... — Muqaddam qirg‘oqqa chiqib, yengil nafas oldi. —Oti
nima?
— Qonqus... — dedi Anvar yo‘l boshlar ekan.
Muqaddam taqqa to ‘xtab qoldi.
— Qonqus?! (O'tkir Hoshimov "Bahor qaytmaydi" qissa)
— Qayoqqa boramiz? — dedi Alimardon kabina peshanasidagi kaftdek oynadan
ko‘rinib turgan Zufar Xodiyevichning aksiga qarab.
— Zaxariqdagi qirga chiqsakmikin, — dedi Zufar Xodiyevich mushtugiga sigaret
qistirarkan.(O'tkir Hoshimov "Bahor qaytmaydi" qissa)
ZAXARIQ Toshkent shahridagi ariq. Yerosti suvlarining sizilishidan chuqur
joyda hosil bo'lgan suv: zax, zaxkash, zix, ziykash
Xullas, “Bahor qaytmaydi” qissasining boshqa talay fazilatlari, ayniqsa, tili,
badiiy tasvir vositalaridan foydalanish borasidagi yozuvchi mahorati,
qahramonlar psixologiyasini ochishda peyzaj tasvirining oʻrni toʻgʻrisida soatlab
gapirish mumkin. Bularning har biri alohida suhbatning mavzusi boʻla oladi.
Keling, mulohazalarimizga shu yerda nuqtali vergul qoʻya qolaylik. Bu deganim
– asarning badiiy imkoniyatlarini kashf etish, sanʼatkor tomonidan matn ostiga
yashiringan gʻoyaviy niyatlarni topa olish haqidagi muloqotimiz yana davom
|