Nukus davlat pedagogika instituti



Yüklə 73,27 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü73,27 Kb.
#178688
Ilimiy bolimge


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


«TASDIQLAYMAN»
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori
B.P.Otemuratov
_______________________
«____»___________2022 yil

13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi ixtisosligi bo'yicha imtihon


D A S T U R I

NUKUS-2022

ANNOTATsIYa

Mustaqillik yillarida pedagog kadrlarni tayyorlashning yangi tizimi ishlab chiqilib, uzluksiz ta'limda o'qitish sifati va samaradorligini bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy, ma'naviy-axloqiy tayyorgarligi belgilab berishi haqidagi qat'iy xulosaga kelindi. Talabalarda ma'naviy madaniyatni rivojlantirish mexanizmlarini jismonan sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish asosida takomillashtirish O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida muhim o'rin egallaydi.


“Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi” fani uzluksiz ta'lim tizimining muhim tarkibiy qismidir. Uning asosiy maqsadi - pedagogika ixtisosligi bo'yicha talabgorning nazariy va kasbiy tayyorgarlik darajasini uning ushbu fanni shakllanish va rivojlanish tarixini, umumiy kontseptsiyalari va metodologiya masalalarini, manbalarini, mazkur bilimlar tarmog'ining asosiy nazariy va amaliy muammolarini, mavjud materialni nechog'lik bilishini aniqlab berishi, uning ilmiy adabiyotni, shu jumladan, chet el davriy nashrlarini hamda ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy usullarini qanchalik egallaganligini ko'rsatib berishi lozim.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ 2909-son Qarorlari, 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida”gi Farmoyishi, 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF 4947-son Farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dastur muayyan darajada xizmat qiladi.
Tuzuvchilar: p.f.d., prof. U.Aleuov

p.f.d., prof. T.Utebaev


SO'Z BOShI



O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi, mamlakatimizda ta'lim jarayonini rivojlantirish maqsadida belgilangan kontseptual g'oyalar mazkur tadqiqot uchun ilmiy metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.
Hozirgi davrda pedagogika fani pedagogik madaniyatni rivojlantirish, ularda yangicha tafakkurni tarkib toptirish, umumiy kasb tayyorgarligikni ta'minlashga yo'naltirilgan.
Pedagogika nazariyasi pedagogik ma'lumotga ega har bir talabgor, qaysi fan mutaxassisi bo'lib yetishishidan qat'iy nazar o'quv-tarbiyaviy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishi uchun zarur bo'lgan pedagogik bilimlar va ko'nikmalarning umumiy hajmini, umumkasbiy va shaxsga yo'naltirilgan ta'lim talablarini bilishlari lozim.
Pedagogika nazariyasi talabgorning umumpedagogik bilim darajasini, pedagogik merosimizga hurmat bilan munosabatda bo'lishini aniqlaydi. Ta'lim va tarbiya nazariyasi va amaliyoti, tarbiya va ta'lim, uning rivojlanish jarayoni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va har bir tarixiy bosqichda ilmiy bilimlar darajasi bilan bog'liqligi to'g'risida aniq tasavvur hosil qiladi.
Bunda maorif va pedagogikaning ijtimoiy taraqqiyot talabiga javob berganligi, ilmiy taraqqiyot bir butun tarbiya nazariyasi va amaliyot ekani hisobga olingan. Ta'lim amaliyoti, shuningdek, ta'limdagi yutuqlarning muhimligi ham nazarda tutiladi. U yoki bu pedagogik kontseptsiyalar, ta'limotlarni tavsiflaganda shu ta'limotlar ijodkorining hayoti va faoliyatidagi eng muhim voqealarni asos qilib olish nazarda tutilgan.
Dastur maorif va pedagogika nazariyasi kishilik jamiyatining taraqqiyoti tarixi bilan uzviy aloqada bayon etishga mo'ljallangan. Pedagogik fikr rivojlanishini izchil o'rganish bo'lg'usi mutaxassislarga hozirgi davrda o'tmishning ilg'or pedagogikasining uzviy davomi ekanligini ko'rsatish kelajak maorif va pedagogika taraqqiyoti yo'nalishlarini anglab olishga yordam beradi.
“Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi” fanining maqsad va vazifalari:
 Talabgorlarning hozirgi zamon pedagogika fanining nazariy asoslari bilan qurollantirish;
 amalga oshirish sharoitida ta'lim samaradorligini oshirish uchun ularda zarur ko'nikmalarni hosil qilish;
 pedagogik tafakkurni shakllantirish negizini yaratish;
 pedagogik fikrlash qobiliyatini tarkib toptirish;
 “Ta'limning pedagogik qonuniyatlari hamda tamoyillari”ga mos holda tegishli qarorlar qabul qilish;
 Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoyi, Abdulla Avloniy, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy va boshqa mutafakkirlarning ta'limiy-axloqiy, umumbashariy qadriyatlari, “Qur'oni Karim” va “Hadisi Sharif” da hamda mamlakatimizning Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlaridagi umuminsoniy va ma'naviy-axloqiy tamoyillarni bilish;
 Hozirgi zamon ta'lim texnologiyalarini bilish hamda ularni amaliyotda qo'llay olishdan iboratdir.

“Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi”


fanidan bilim va ko'nikmalarga qo'yiladigan talablar

“Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi” o'quv fanini o'rganish jarayonida quyidagi pedagogik tushunchalarni bilish va ko'nikmalarga ega bo'lish zarur:


 ta'lim-tarbiya ishlarini mustaqillik g'oyalaridan foydalanilgan holda pedagogik qonuniyatlar va tamoyillarga uyg'un holda o'tkazish;
 pedagogik faoliyatni rejalashtirishda, yaqin, o'rta davrni va istiqbolni ko'zlab maqsad, vazifalarni belgilash;
 amaliyotda o'qitish hamda ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning asosiy shakllarini qo'llash;
 amaliyotda o'qitish va ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning qulay metod va vositalarini qo'llash, ma'lum vaziyatlarda ulardan to'g'ri foydalana
olish;
 ta'lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar, shuningdek, Sharq va
G'arbning ilg'or pedagogik tajribalaridan foydalangan holda tashkil etish;
 o'z oldiga qo'ygan vazifalarni to'g'ri bajarilishini tashkil etish;
 shaxs faoliyati va xulqini rag'batlantirib borish;
pedagogik vaziyatlar, ta'lim va tarbiya natijalarini tahlil eta olish, jamoani o'rganish; o'zlashtirmaslik sabablarini, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun samarali tadbirlarni belgilash;
 o'z bilimini oshirib borish, amaliyotda pedagogika fanidagi yutuqlar, ilg'or tajribalardan foydalanish, qulay pedagogik tadqiqotlar o'tkazish, pedagogik faoliyatda yuzakichilik va bir qolipda ishlashga yo'l qo'ymay, ishga ijobiy munosabatni namoyon etish;
 guruh rahbari va tarbiyachi-murabbiy vazifalarining samaradorligiga erishish, tashqi ta'lim, ota-onalar, mahalla, jamoatchilik bilan o'z-o'zini boshqarishni tashkil etish.
Talabgor “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi” fanini o'rganish davomida zamonaviy ta'lim texnologiyasi komp'yuter, axborot texnologiyasi, pedagogik vaziyatlarni modellashtirish, pedagogik mazmundagi amaliy, ilmiy tadqiqot topshiriqlarini bajara olishini namoyon eta olishlari zarur.
Dasturda “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi” dan konsul'tatsiyalar 32 soatga mo'ljallangan.
Konsul'tatsiyalarda dasturning mazmuniga kiritilgan ayrim mavzular muhokama etiladi, munozaralar o'tkaziladi, talabgorlarning axborotlari eshitiladi.
Talabgorning umumiy pedagogika, pedagogika va ta'lim tarixi fanlaridan o'rganilishi zarur bo'lgan minimum bilimlar mazmuni

1. O'zbekiston Respublikasi Ta'lim to'g'risida Qonun asosida pedagogika fani va uning jamiyatda tutgan o'rni haqida. “Ta'lim to'g'risida” Qonunning kasbiy ta'limida tutgan o'rni.


O'zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlashning milliy modeli va uning asosiy tarkibiy qismlari:
 shaxs-kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
 davlat va jamiyat-davlat va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiradi hamda fuqarolarning o'rta umumiy ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim turlarini olish huquqini kafolatlaydi;
 uzluksiz ta'lim va uning faoliyat ko'rsatish printsiplari ta'limning ustuvorligi, ta'limning demokratlashuvi, ta'limning ijtimoiylashuvi, ta'limning milliy yo'naltirilganligi, ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, har tomonlama komil insonni shakllantirishga yo'naltirilganligi, iqtidorli yoshlarni aniqlash;
 uzluksiz ta'lim tizimi va turlari; maktabgacha ta'lim, umumiy ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim;
 fan-tabiat va jamiyat taraqqiyoti haqidagi yangi fundamental va tadqiqiy bilimlarni shakllantirish, yuqori malakali ilmiy va pedagogik
kadrlar tayyorlash sohasi sifatida;
 ishlab chiqarish - kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatdan ta'minlash jarayonining qatnashchisi.
Pedagogik kasbi. Pedagogik kasbining paydo bo'lishi va ravnaq topishi. Sharq mutafakkirlari (Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy va boshqalar) va G'arb pedagoglari jamiyatda pedagogik kasbining tutgan o'rni haqida.
O'qituvchi-murabbiyning o'ziga xos fazilatlari ilmiy dunyoqarashi va insonparvarligi. Uning ijtimoiy-pedagogik nuqtai nazari, barkamol avlod tarbiyasi uchun o'qituvchi-murabbiyning jamiyat oldidagi mas'uliyati, uning kasbiy bilimlari va ko'nikmalari. Pedagog iste'dodi va qobiliyati. O'qituvchi-murabbiyning pedagogik axloq-odobi va nazokati, uning o'quvchilar, ota-onalar va hamkasblari bilan muloqoti.
Pedagogik mahoratni egallash yo'llari: Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, Yan Amos Komenskiy, Lev Tolstoy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, Shakuriy va Behbudiy kabi buyuk shaxslarning ilmiy salohiyati va pedagogik madaniyati. Ularning pedagogika fani va maorif rivojiga qo'shgan hissasi.
2. Pedagogika fan sifatida. Uning predmeti, maqsad va vazifalari. Pedagogik tadqiqot metodlari. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rni, rivojlanish bosqichlari va ilmiy-nazariy, amaliy istiqbolni belgilash vazifalari.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari va tushunchalari tarbiya, ta'lim (o'qitish, o'qish), ma'lumot, bilim, ko'nikma va malakalar, rivojlanish.
Pedagogika fanining tuzilishi. Pedagogika fanining tarmoqlari. Pedagogikaning falsafa, sotsiologiya, psixologiya, fiziologiya, meditsina va boshqa insonshunoslik fanlari bilan aloqasi. Pedagogika fanlari tizimi.
Asosiy pedagogik jarayonlar va ularning bir butunligi, pedagogik jarayonlarni tadqiq qilishning o'ziga xos xususiyatlari. Ilmiy pedagogik tadqiqotlarning nazariy va amaliy jihatlari.
Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning tavsifi. Nazariy tadqiqot metodlarining qiyosiy-tarixiy tahlili, qiyosiy taqqoslash, umumlashtirish, modellashtirish va boshqalar. Amaliy tadqiqot metodlari ilmiy kuzatish, suhbat, interv'yu, so'rovnoma, test, reyting, statistik tahlil, hujjatlar tahlili, ilmiy tajriba, ilmiy tajriba sinovi (tabiiy, laboratoriya, amaliy va boshqalar). Tajriba - sinov ishlari va ularni kuzatish metodikasi.
3. Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi. Pedagogik antropologiya. Shaxs haqida tushuncha. Individ - shaxs, shaxsning o'ziga xosligi.
Shaxs rivojlanishining biologik va ijtimoiy asoslari hamda jihatlari. Shaxs rivojlanishi va tarbiyasining o'zaro uyg'unligi.
Bola shaxsi - tarbiya ob'ekti va sub'ekti sifatida. Shaxs faoliyati. O'quvchi-yoshlarni yosh xususiyatlariga ko'ra davrlarga bo'lish.
Ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning shakllanishi.
4. Tarbiya maqsadi va vazifasi. Tarbiya maqsadi. Tarbiya maqsadining xilma-xilligi. Hozirgi demokratik jamiyatda har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan erkin shaxsni shakllantirish tarbiya maqsadi sifatida. Sharq mutafakkirlari (Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Jomiy, Davoniy, Navoiy, Avloniy va boshqalar) barkamol shaxs tarbiyasi haqida.
Tarbiya vazifalari va mazmuni shaxsning milliy va umumbashariy qadriyatlarni o'rganishi, uning intellektual (aqliy), fuqarolik, ma'naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat, iqtisodiy, ekologik, estetik tarbiyasi haqida.
Xorijiy mamlakatlar tarbiya kontseptsiyasining asosiy g'oyalari.
5. Didaktika - ta'lim nazariyasi sifatida. Ta'lim paradigmalari. Ta'lim va o'qitish nazariyasi (didaktika)-pedagogika fanining tarkibiy qismi hamda ma'lumotli bo'lish — ma'naviy-amaliy faoliyat jarayoni sifatida. Uning jamiyatda tutgan o'rni. Didaktikaning vazifalari va ahamiyati, asosiy tushunchalari. Hozirgi davr didaktika rivojlanishining asosiy yo'nalishlari (kontseptsiyasi). Uzluksiz ta'lim kontseptsiyasi. O'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi kontseptsiyasi. Rivojlanuvchi va tarbiyalovchi ta'lim kontseptsiyasi. Uni hozirgi davr pedagogikasida amalga oshirishga turlicha yondashuvlar. O'quv jarayonini “texnologiyalashtirish” kontseptsiyasi. Uning ijobiy va salbiy tomonlari. Hozirgi davr didaktikasi tizimlari (an'anaviy va “zamonaviy”). Hozirgi davr pedagogikasida ta'lim paradigmalari an'anaviy-konservativ, ilmiy, insonparvarlashgan (mantiqiy), ratsionalistik (bixevioristik), texnokratik, ezoterik.
6. Ta'lim jarayoni yagona tizim sifatida. Ta'lim tamoyillari. Ta'lim jarayoni mohiyati. Ta'lim jarayonining yagona tizim sifatidagi tasnifi.
Ta'lim - borliqni bilishning o'ziga xos shakli sifatida. O'qitish va o'qish jarayonlari tavsifi, ularning ta'lim jarayonidagi o'zaro aloqasi. Sharq (al-Forobiy, Beruniy, Ibn Sino) va G'arb mutafakkirlarining gneseologik g'oyalari (qarashlari) ta'lim jarayonining asosi sifatida. Ta'lim jarayonida o'zaro aloqa va bolalarning rivojlanishi. O'qitishning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarining birligi. O'quvchi-yoshlarning o'quv faoliyati va uning tuzilishi. Tarbiyalanuvchilarning reproduktiv va ijodiy bilish faoliyati. Bilimlarni o'zlashtirish, malaka va ko'nikmalar jarayoni hamda shaxsning rivojlanishi. Ta'lim jarayonini tashkil qilishda tarbiyachilar yo'l qo'yadigan xatolar va ularning oldini olish.
Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillari. Ularning psixologik va fiziologik asoslovi. Sharq mutafakkirlari ta'lim tamoyillari haqida.
7. Ta'lim metodlari va vositalari. Ta'lim metodlari va usullari haqida tushuncha. Hozirgi zamon didaktikasi va xususiy metodikasida ta'lim metodlarini tavsiflashga turlicha yondashuvlar. Ayrim ta'lim metodlarining tavsifi. Sharq mutafakkirlari (Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalar) ta'lim metodlari haqida. Turli yosh guruhlarida ta'lim metodlarini qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari.
Ta'lim mazmunining o'ziga xos xususiyatlari va o'quvchilarning bilish faoliyati, rivojlanish darajasiga ko'ra ta'lim metodlarini faollashtirish yo'llari. Ta'lim metodlarini takomillashtirish. Pedagogika tajribasida ta'lim metodlari samaradorligini oshirish yo'llari.
Ta'limning texnikaviy vositalari, komp'yuterlar va turli audiovidual vositalardan foydalanish imkoniyatlari.
8.Ta'limni tashkil etish turlari va shakllari. Ta'limni tashkil etishning asosiy shakllari. Ta'lim turlari: illyustrativ (an'anaviy); problemali (muammoli); programmalashtirilgan ta'lim.
Ta'limni tashkil etish haqida tushuncha, uning xilma-xil turlari. Ta'lim maqsadi va o'quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o'quv ishlarining turli shakllaridan foydalanish. Ta'limni tashkil etishning an'anaviy shakli. Dars tiplari va tuzilishi. Hozirgi zamonda dars va darslarni modernizatsiyalash yo'llari. Darsda o'quvchilar o'quv faoliyatini tashkil qilishning yalpi, guruhli va yakka tartibdagi shakllarini uyg'unlashtirish. Ta'limni tashkil etishning noan'anaviy shakllari; o'quv dialogi, munozara, didaktik (ishbop, rolli) o'yinlar, trening, press-konferentsiya, o'tkir zehnlilar klubi, musobaqa darslari, auktsion, “mo''jizalar maydoni”, “tergovni bilimdonlar olib boradi”, bayt-barak va boshqalar.
Ma'ruza va seminar mashg'ulotlari, konsul'tatsiyalar, ekskursiyalar, praktikumlar, konferentsiyalar.
O'quvchilarning uy vazifalari, uni tashkil etish mazmuni va metodlari. Ta'lim shakllarini rivojlantirish istiqboli.
O'quv ishlarini tashkil etishning darsdan tashqari shakllari: fan to'garaklari, ilmiy jamiyatlar, olimpiadalar va boshqalar.
O'qituvchi faoliyatida, o'quv ishlari turli shakllarining o'zaro aloqadorligi.
9. Tarbiya jarayoni mohiyati va mazmuni. Tarbiya tamoyillari. Tarbiya jarayoni tushunchasi va tuzilishi. Pedagogik jarayon qonuniyatlari.
Tarbiya jarayoni mohiyati va o'ziga xos xususiyatlari. Tarbiya jarayoni tizimi va tuzilishi hamda uning qonuniyatlari.
Tarbiya jarayoni mazmuni hamda tarbiyalanganlik mezonlari.
Tarbiya tamoyillari. Unga qo'yiladigan talablar tavsifi. Tarbiyaning ijtimoiy yo'nalganligi va yaxlitligi; tarbiyaning ijtimoiy hayot, mehnat faoliyati bilan aloqadorligi; har bir o'quvchi shaxsining o'ziga xos va shaxsiy munosabat hamda yosh xususiyatlarini hisobga olish. Tarbiyaviy ta'sir etishda yagona talab va uyg'unlik.
10. Bolalar tarbiya jamoasi-yagona pedagogik jarayonning asosiy shakli. Mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish - ta'lim va kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy maqsadi sifatida.
Sharq mutafakkirlari (Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Avloniy va boshqalar) barkamol shaxsga xos fazilatlar haqida.
Shaxsning boshqalar bilan muloqot qilishga ehtiyoji. Shaxsning jamoada qaror topishi.
Jamoa haqida tushuncha. Sharq mutafakkirlari jamoa va uning shaxsga ta'siri to'g'risida. Jamoaning pedagogik vazifalari. Jamoaning turlari. Bolalar va yoshlar jamoasining belgilari va tuzilishi. Jamoaning tarkib topish mexanizmi bosqichlari. O'quvchi-yoshlar uyushmalariga pedagogik rahbarlik.
11. Tarbiyaning umumiy metodlari. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodlarining maqsadi, printsiplari, mazmuni va o'quvchilarning yosh, o'ziga xos xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga bog'liqligi.
O'zbek xalq pedagogikasida tarbiya metodlari. Tarbiyada ibrat-namuna ko'rsatishning tutgan o'rni. Ishontirish metodlari, hikoya, munozara, suhbat, ma'ruza va boshqalar. Tarbiya usullari: muhokama, ishonch bildirish, tushunish, hamdardlik bildirish, rag'batlantirish tanqid qilish va boshqalar.
Ijtimoiy xulq-atvor tajribasini shakllantirish metodlari: Bolalar hayotini uyushtirish va ular bilan hamkorlik qilishning mohiyati. Jamoa istiqboli, o'yin, yagona talablar, o'z-o'zini boshqarish, musobaqa, o'z-o'ziga xizmat va boshqalar.
12. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va o'quvchilarni aqliy tarbiyalash. Ilmiy dunyoqarash, tafakkur va milliy mafkurani shakllantirish o'quv-tarbiya jarayoni maqsadi sifatida. Aqliy tarbiya va ilmiy dunyoqarashning asosiy belgilari va mohiyati. Ilg'or ilmiy dunyoqarashning asosiy tarkibiy qismlari: ilmiy qarash, e'tiqod, ilmiy tafakkur.
Sharq mutafakkalari (Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Naqshbandiy, Navoiy va boshqalar.) ilmiy bilim va aqliy tarbiyani tashkil qilish, uning mazmuni va metodlari haqida.
Aqliy tarbiyaning vazifalari va mazmuni. Bilim, malaka va ko'nikmalarning shakllanishi-aqliy tarbiya asosi sifatida. O'quvchilarning intellektual rivojlanishi. Umumiy ta'lim fanlarini o'qitishda aqliy faoliyat madaniyati, malaka va ko'nikmalarini shakllantirish.
Iqtisodiy tarbiya o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida. Bozor munosabatlari hamda iqtisodiy islohotlar sharoitida tarbiyaning vazifalari va mazmuni.
Dars, darsdan tashqari mashg'ulotlar va oilada iqtisodiy tarbiya.
Ekologik tarbiya o'quvchilar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi sifatida. Ekologik ong va madaniyatni shakllantirish. Dars va darsdan tashqari mashg'ulotlar hamda oilada ekologik tarbiya shakl va metodlari.
13. Fuqarolik tarbiyasi. Shaxsni shakllantirish, kamol toptirish jarayonida fuqarolik tarbiyasining vazifalari va mazmuni. “Mamlakatimizni modernizetsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustivor maqsadimizdir” mavzusidagi ma'ruzalar.
Fuqarolik tarbiyasining vazifalari ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi. Fuqaroning yetuklik mezonlari. O'quvchilarni fuqarolik ruhida tarbiyalashda davlat ramzlaridan (O'zbekiston Respublikasi madhiyasi, O'zbekiston Respublikasi gerbi, O'zbekiston Respublikasi bayrog'i) foydalanish. Fuqarolik tarbiyasining umuminsoniy jihatlari; tinchlikni saqlash, ekologik muammolar, tinchlik va jahon badiiy madaniyatini saqlash, iqtisodiy, ilmiy, madaniy hamkorlik.
Vatanparvarlik va baynalminallik - fuqarolik tarbiyasining asoslari. Birinchi Prezident I.A.Karimov asarlarida vatanparvar va baynalminal tarbiyaga qo'yilgan talablar “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” mavzusidagi ma'ruzalari.
“Vatanparvarlik” tushunchasining mohiyati. Sharq mutafakkirlari (Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Avloniy va boshqalar.) vatanparvarlik tarbiyasi haqida. Vatanni sevmoq - iymondandir. “Baynalminallik” tushunchasining mohiyati xalqlar do'stligi, tenglik, birodarlik; millatlararo hamjihatlik; boshqa millat vakillari, ularning urf-odatlari, an'analariga hurmat, ehtirom.
Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasining mazmuni va metodlari, uni tashkil qilish shakllari. Harbiy - vatanparvarlik tarbiyasi. Vatanni himoya qilish hissini shakllantirish. Harbiy Vatanparvarlik tarbiyasining shakllari darslar, to'garaklar, klublar, “Vataparvar” o'yini va boshqalar.
Huquqiy tarbiya. O'quvchilarda huquqiy ong va xulq atvorni shakllantirish fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi sifatida. Huquqning ijtimoiy vazifalari: boshqaruvchi, tartibga soluvchi, himoya qiluvchi, muhofaza etuvchi, tarbiyaviy.
Huquqiy tarbiyaning mohiyati va tuzilishi huquqiy savodxonlik (huquqiy bilimlar)- boshlang'ich huquqiy bilimlarni egallash; axloqiy va siyosiy xis-tuyg'ular - qonunga hurmat, fuqarolik shon-sharafini his qilish, huquqiy tafakkur - huquq me'yorlari nuqtai nazaridan kishilarning hatti-harakatlari, fe'l-atvorini baholash. Huquqiy madaniyat-huquqiy tarbiyaning asosi sifatida. Huquqiy madaniyatning tuzilishi, huquqiy me'yorlarni bilish, ulardan foydalanish ko'nikmasi.
Huquqiy tarbiyaning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllari.
Yoshlar o'rtasida huquqbuzarlikning oldini olishda huquqiy tarbiyaning ahamiyati.
14.Mehnat tarbiyasi. Shaxsni kamol toptirish jarayonida mehnat tarbiyasining maqsadi va vazifalari. Sharq mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida. Jahon iqtisodiy inqirozining ta'lim-tarbiyaga ta'siri Mehnatning mohiyati va vazifalari. Mehnat qilish ongning bosh vazifasi, odamlarda ongli mehnatkash, mulkdorlik psixologiyasini shakllantirish.
Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida ta'lim muassasalarida mehnat tarbiyasi tizimi va uning mazmuni. Mehnat faoliyatining asosiy turlari: o'quv mehnati, ijtimoiy foydali mehnat, o'z-o'ziga xizmat qilish mehnati, ishlab chiqarish mehnati.
Bozor munosabatlarini rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar sharoitida iqtisodiy tarbiya vazifalari, metodlari va mazmuni.
15. O'quvchilarni yuksak ma'naviy-axloqiy tarbiyalash. Axloq - ijtimoiy ong, ta'sir ko'rsatish va tarbiyalash shakli sifatida. Sharq mutafakkirlari (Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar)ning ma'naviy-axloqiy g'oyalari, hozirgi kunda shaxsni ma'naviy-axloqiy kamol toptirish va shakllantirishda ularning ahamiyati.
Birinchi Prezident I.A.Karimov asarlarida shaxsni yuksak ma'naviy-axloqiy rivojlantirish va shakllantirishning asosiy tamoyillari; umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi, vatanparvarlik. Birinchi Prezident I.Karimovning «Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch» (T., 2008 y.) asarida ma'naviyat-ma'rifat g'oyalari.
Ma'naviy-axloqiy tarbiya mezonlari. Pedagogik qarovsiz qolgan o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning o'ziga xos xususiyatlari. O'quvchi-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash. Jinsiy tarbiya.
16. Nafosat tarbiyasi. Nafosat tarbiyasining maqsad va vazifalari. Maktabda nafosat tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari. Nafosat tarbiyasida umuminsoniy va milliy, ma'naviy qadriyatlardan foydalanish.
Ta'lim jarayonida nafosat tarbiyasi. San'at asarlari, dunyo va milliy madaniyat, tarixiy va me'moriy yodgorliklarni, Vatan tabiati boyliklarini qadrlash va avaylab asrash ko'nikmalarini shakllantirish.
Yoshlarning nafosat tarbiyasida salbiy holatlarning oldini olish (yoshlar orasiga ma'naviy jihatdan saviyasiz san'at asarlarining kirib kelishiga yo'l qo'ymaslik).
Jismoniy tarbiya. Shaxsning har tomonlama kamol topishida jismoniy tarbiyaning
o'rni va vazifalari haqida. Jismoniy tarbiya kontseptsiyasi (1992). Sharq
mutafakkirlari jismoniy tarbiya haqida. O'quvchi-yoshlarni jismoniy
tarbiyalashning kompleks dasturi.
Jismoniy tarbiyaning chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik bilan bog'liqligi. Jismoniy tarbiyaning tashkiliy shakllari. Jismoniy tarbiya mashg'ulotlari, jismoniy tarbiya va sport sektsiyalari. Ommaviy bayramlar. Musobaqalar. Turizm. Spartakiadalar. O'quvchi-yoshlar salomatligini mustahkamlash va chiniqtirishda tabiiy omillardan foydalanish. O'quvchi-yoshlar sport majmualarining o'ziga xos xususiyatlari.
O'quvchilar gigienasi muammolari. O'quvchi-yoshlarning turmushi, mehnati, dam olishining kun tartibi, o'quvchilarning o'z-o'zini jismoniy chiniqtirishni tarbiyalashga rag'bat uyg'otish.
Oilada bolalarning jismoniy tarbiyasi. Ular tarbiyasining jinsiy va axloqiy-estetik jihatlari.
O'quvchi-yoshlarni kashandachilik va alkogolizmga nafrat ruhida tarbiyalashning jismoniy va axloqiy jihatlari.
17. Oilada tarbiya asoslari. Jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida oila tarbiyasining kontseptual asoslari; umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, to'g'rilik, or-nomus, qadr-qimmat, mehr-shavqat, insonparvarlik va mehnatsevarlik, yaxshilikka-yaxshilik bilan javob qaytara olish kabi fazilatlarni shakllantirish. Oila va uning tarbiyaviy vazifalari. Oilaning hozirgi davrdagi muammolari. Oila a'zolarining axloqiy munosabatlari. Oila tarbiyasining huquqiy asoslari. Davlat va hukumatning oilani mustahkamlashga g'amxo'rligi. “Oila” ilmiy-amaliy Markazining vazifalari va faoliyatining mazmuni. “Maktab, oila va jamoatchilik” Kontseptsiyasining asosiy yo'nalishlarida, oila va jamoatchilikning o'zaro aloqadorligi shakllari.
Sharq mutafakkirlari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar oila tarbiyasi haqida. Oila tarbiyasida umuminsoniy va milliy an'analardan foydalanish.
Oila - umuminsoniy qadriyat va jamiyatning asosiy negizi sifatida. Oila - o'ziga xos jamoa. Oilaning turmush tarzi, urf-odatlari, an'analari, fuqarolik yetukligi va madaniy munosabatlarning tarbiya jarayoni va natijalariga ta'siri. Oilaviy hayotni tashkil etish; oila a'zolarining kun tartibi, majburiyatlari.
Oilaning farzandlar o'quv faoliyatiga g'amxo'rligi. Dam olishni tashkil etish. Oilada o'quvchilarni tarbiyalash shart-sharoitlari. Bolalarni ota-onalar va katta yoshlilarga hurmat ruhida tarbiyalash. Oila tarbiyasi qoidalari. Oila tarbiyasida xatoliklar va qiyinchiliklar, ularni bartaraf etish yo'llari.
18.Ta'lim muassasasi menejmenti. Ta'lim muassasasida davlat-jamoat boshqaruvining psixologik-pedagogik asoslari.
Ta'lim muassasasini boshqarish vazifalari va printsiplari. Ta'lim muassasasi direktori va uning o'rinbosarlari, ularning huquqlari va majburiyatlari.
Pedagogik jamoa va uning ish uslubiyotlari. Pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o'tkazish, yosh o'qituvchilar bilan ishlash.
Ta'lim muassasalarida (akademik litsey, kasb-xunar kollejlari) ichki nazorat vazifalari, printsiplari, tashkiliy shakllari va metodlari.
19. Pedagogika tarixi fan va o'quv predmeti sifatida. Uning maqsad va vazifalari. Maorif va pedagogika tarixi fan va o'quv predmeti sifatida. O'rganiladigan predmetning maqsadi va vazifalari. Uning moddiy va ma'naviy taraqqiyot bilan bog'liqligi. Maorif va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari.
20. Eng qadimgi davrlardan vII asrgacha ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar.
Eng qadimgi yodgorliklarda inson tarbiyasiga oid fikrlar. Qadimgi davrlarda tarbiyaning kelib chiqishi va uni kishilarning mehnat faoliyati bilan bog'liqligi. Ibtidoiy odamlar hayotida tarbiyaning o'ziga xos xususiyatlari. Fol'klor namunalarida og'zaki ta'lim usullarining ifodalanishi. Qadimgi afsonalar, qo'shiqlar, "O'gitnoma"larda axloq-odob, ta'lim-tarbiyaga oid masalalarning ifodalanishi. Qadimgi davlatlar So'g'diyona, Baqtriya va Xorazmda ta'im-tarbiyaning rivojlanishi. Mazkur davlatlarda pedagogik fikrlarning paydo bo'lishi.
Eng qadimgi yozma manbalarda ta'lim-tarbiya masalalari. "Avesto" - eng qadimgi ma'rifiy yodgorlik namunasi. Qadimgi "Avesto", xorazm, so'g'd, uyg'ur, turkiy-run yozuvlarining ta'lim-tarbiyani rivojlantirishdagi o'rni. O'rxun-Enasoy obidalari, ularning ma'rifiy axamiyati. Kultegin, Bilga hoqon, Tunyuquq bitiklarida ta'lim-tarbiyaning o'ziga xos xususiyatlari. Turkiy xalqlarning dastlabki savod maktablari.
Somoniylar davlatida yoshlarga harbiy-jismoniy tarbiya berish. "Oyinnoma" - harbiy-jismoniy ta'lim-tarbiyaga oid dastlabki didaktik asar sifatida.
21. vII asrdan XIv asrning birinchi yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikr taraqqiyoti.
Islom dini yoyilishining ta'lim-tarbiyaga ta'siri. Musulmon maktablarida ta'lim-tarbiya mazmuni. Arab tilining savdo va madaniy aloqalar tiliga aylanishi.
Qur'onning muqaddas falsafiy-axloqiy asar sifatida o'rganilishi.
G'azzoliy-islom falsafasi va pedagogikasining asoschisi sifatida. “Kimyoi saodat” asari va uning tarbiya taraqqiyotidagi o'rni. Masjidlar va ular huzuridagi maktablarda ta'lim-tarbiya. Savod chiqarish uslubiyoti. “Сhor kitob” va “Xaftiyak” - dastlabki savod darsliklari sifatida.
Hadis ilmining paydo bo'lishi. Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari. Imom al-Buxoriyning “As-saxix”, “Al-adab al-mufrad” asarlarining inson ma'naviy kamolotining tarkib topishidagi o'rni.
Sharq Uyg'onish davri va unda ta'lim-tarbiyaning taraqqiy etishi. Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning umumpedagogik hamda didaktik g'oyalari.
Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiylarning ta'limiy-axloqiy qarashlari. Mahmud Qoshg'ariy va uning “Devoni lug'atit turk” asari. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bilig”i ta'lim-tarbiyaga oid birinchi asar sifatida. Kaykovusning “Qobusnoma” asari. Asarning pedagogik fikr taraqqiyotida tutgan o'rni.
Ahmad Yugnakiy va uning “Hibbat ul-haqoyiq” asari.
Hunar o'rganishga doir risolalar haqida.
Ahmad Yassaviy “Hikmatlar”ining axloqiy-ma'rifiy ahamiyati. Ta'limiy-axloqiy asarlarning tarjima qilinishi.
Shayx Sa'diyning yirik axloqiy-falsafiy asari “Guliston”ning shaxs kamolotini tarkib toptirishdagi o'rni.
22. XIv- XvI asrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.
XIv- XvI asrlarda Movarounnahrda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Ijtimoiy hayotning tarbiya, ta'lim va pedagogik fikr taraqqiyotiga ta'siri. Ilm-fan, ta'lim-tarbiyaning ravnaq topa borishi.
Movarounnahrda Amir Temurning markazlashgan mahalliy davlatining paydo bo'lishi va uning ilm-ma'rifatning taraqqiy etishidagi roli.
Maktab va madrasalarda ta'lim-tarbiya xususiyatlari.
Tabiiy fanlarni o'qitishning rivojlanishi. Ulug'bekning ilm-ma'rifat sohasidagi xizmatlari va ta'lim-tarbiya tizimi. Zahiriddin Muhammad Boburning ilm-ma'rifat, ta'lim-tarbiya sohasidagi xizmatlari.
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Davoniy, Husayn Voiz Koshifiylarning ta'limiy-axloqiy merosi. Navoiyning "Hayrat ul-abror", "Mahbub ul-qulub" asarlari. Navoiyning maktab va madrasalarni rivojlantirishdagi faoliyati. Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning axloqiy qarashlari. Jomiyning "Tuhfatul ahror", Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asarlarining shaxs kamolotidagi ahamiyati.
Davoniyning axloqiy qarashlari. "Axloqi Jaloliy" asarining pedagogik fikr taraqqiyotida tutgan o'rni.
Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari. "Futuvvatnomai Sultoniy" asari va uning axloqiy tarbiyada tutgan o'rni.
23. XvII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. XvII- XvIII asr va XIX asrning birinchi yarmida Buxoro, Qo'qon va Xiva xonliklarida ilm-fan taraqqiyoti. Xonliklarda masjid-madrasalarning bunyodga kelishi.
Madrasalarda "Qur'on", "Tafsir", "Odob as-solihin", "Sabot ul-ojizin", "Kimyoi saodat", "Hadis", "Shamoyil ul-nabi", "Hikmat ul-ayn"larning o'rganilishi. Qo'qon va boshqa xonliklarda qizlar maktablari.
Jahon Otin Uvaysiy va uning qizlar maktabi. Muhammad Sodiq Qoshg'ariy va uning "Odob as-solihin" asari. Kaykovusning "Qobusnoma", Sa'diyning "Guliston" kabi ma'rifiy asarlarining turkiy tilga tarjima qilinishi.
Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning "Odob as-solihin" asarida odob-axloq masalalari.
24. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida tarbiya va pedagogik fikrlar. Turkiston o'lkasida islom-diniy tarbiyaviy muassasalarning an'anaviy tizimi. Turkistonda chorizm maktab siyosatining boshlanishi. Musulmon maktablariga bo'lgan salbiy munosabat.
Turkiston o'lkasida pedagogik fikrlarning paydo bo'lishi. Siddiqiy, Hamza, Shakuriy, Avloniy, Behbudiy va boshqalarning maktab va maorifning rivojlantirishdagi xizmatlari.
Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining paydo bo'lishi. I.Gaspirali faoliyati. Munavvar Qori, Avloniy, Shakuriy, Behbudiylarning yangi usul maktablarini tashkil etish borasidagi faoliyati. Said Rasul Said Azizovning “Ustodi avval” darsligi.
Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida ta'lim-tarbiya tizimi. Hamza, Fitrat faoliyati va milliy pedagogik merosi.
25. 1917-1990 yillarda O'zbekistonda maktab va pedagogika fani. 1917 yilda O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi e'lon qilingunga qadar bo'lgan davrda O'zbekistonda xalq ta'limi va pedagogika fanida turg'unlik. 70 yil davomida xalq ta'limida adolatsiz milliy siyosatning amalga oshirilishi.
Xalq maorifi sohasida maktab darsliklari va o'quv qo'llanmalarining yaratilishi. Ta'lim-tarbiya jarayonining mustabid tuzum maqsadiga muvofiq tashkil etilishi va uning salbiy oqibatlari.
O'zbekiston ma'rifatparvarlari Shakuriy, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Hamza, Fitrat va boshqalarning ilmiy-pedagogik merosining o'rganilishi.
26. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi va pedagogik fikr taraqqiyoti. O'zbekiston Respublikasida mustaqillikning e'lon qilinishi va ta'lim tizimidagi islohotlar. Milliy maktabni tashkil etish muammolari. “Ta'lim to'g'risida”gi Qonun.
Pedagogik tadqiqotlarning asosiy yo'nalishlari. O'zbek xalqining ma'rifiy qadriyatlaridan ta'lim-tarbiyada foydalanish.
27. Jahon pedagogika fani rivojlanishi tarixining bayoni. Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida ta'lim-tarbiya. Qadimgi Sharq davlatlarida va Yunonistonda pedagogik fikrlarning paydo bo'lishi.
Qadimgi Yunoniston (Sparta, Afina) davlatlarida tarbiya va ta'lim tizimi. Qadimgi yunon faylasuflari (Suqrot, Aflotun, Arastu va Demokrit) ta'limotida tarbiya masalalari.
G'arbiy Yevropa mamlakatlarida ta'lim-tarbiya. Ya.A.Komenskiyning pedagogik tizimi. Uning pedagogika fani taraqqiyotidagi ahamiyati.
Rus pedagog olimlarining pedagogik g'oyalari. K.D.Ushinskiyning pedagogik merosi. XIX asr va XX asr boshlarida G'arbiy Yevropa, AQSh, Rossiyada pedagogik ilohotlar va uning asosiy oqimlari.
Jahon mamlakatlarida pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi.
28. Hozirgi davrda jahon rivojlangan mamlakatlarida xalq ta'limi va pedagogika fani.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ta'lim tizimi va maktablarda ta'lim-tarbiya amaliyoti.
Jahon mamlakatlaridagi zamonaviy-ijtimoiy bilimlar tizimida pedagogika fani va uning asosiy omillari.
AQSh, Yaponiya, Angliya, Turkiya, Janubiy Koreyada ta'lim va tarbiya tizimi, mazmuni va taraqqiyoti.
29. Matematik modellashtirish masalalari. Matematik modellashtirish va matematik statistikaning fundamental masalalari va metodik ta'minoti. Komp'yuter va matematik moddallashtirish asoslari va uning o'ziga xosligi. Hisoblash eksperementlarini shakllantirish va tashkil etish usulari. Matematik moddallashtirish va hisoblashda loyihalash usullari. Matematik modellashtirishning asosiy printsiplari va klassifikatsiyasi. Komp'yuter diagnostikasi va imtiatsiyasining nazariy va amaliy asoslari. Ehtimollar nazariyasi. Statistikada tanlov usuli. Pedagogik tadqiqotlar formulasi. Pedagogik statistikaning asosiy parametrlari.

Foydalaniladigan adabiyotlar ro'yxati.



1. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. –T.: O'zbekiston, 2017. – 102 b.
2. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi.– T.: O'zbekiston, 2017. – 22 b.
3. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-T.: O'zbekiston, 2016.-14 b.
4. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. – T.: O'zbekiston, 2017. – 488 b.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // “Xalq so'zi” gazetasi, 29 dekabr', 2018 y.
6. Hashimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: 2005.
7. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. - T.: O'qituvchi 1993.
8. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. T.: Xalq merosi nashriyoti. 1993.
9. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T.: Xalq merosi, 1993.
10. Abu Rayxon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar.
Tanlangan asarlar. 1-tom. -T.: Fan,1998.
11. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Asarlar. O'n besh tomlik. 13-
tom. -T.: Adabiyot va san'at, 1996.
12. Imom Ismoil al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad. /Odob
durdonalari/. -T.: O'zbekiston, 1990.
13. Imom Ismoil al-Buxoriy. Al-jome' as-saxix. -T.: O'zbekiston,
1991.
14. Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish-ustuvor maqsadimizdir.. Xalq so'zi gazetasi. 2010 yil 28 yanvar'.
15. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. Xalq so'zi gazetasi. 2010 yil 30 yanvar'.
16. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: O'zbekiston, 1998.
17. Karimov I.A. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori .-T.: Sharq, 1997.
18. K.Xoshimov, S.Nishonova. Pedagogika tarixi. II- qism. Darslik. Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. T., 2005.
19. Kaykovus. Qobusnoma. T.: “Meros”, 1992.
20. Qur'oni Karim. -T.: Сho'lpon, 1993.
21. Mavlonova R. va boshq. Pedagogika. -T.: O'qituvchi, 2001.
22. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -T.:
O'zbekiston, 2000.
23. O.Hasanboeva, J.Hasanboev, X.Xamidov. Pedagogika tarixi. O'quv qo'llanma T., “O'qituvchi”1997.
24. Pedagogika (prof. A.K.Minavarovning umumiy taxriri ostida).
-T.: O'qituvchi, 1996.
25. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1qism. Pedagogika nazariyasi. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik./ M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. “Iqtisod-moliya”, 2007.-380 b.
26. Pedagogika tarixidan xrestomatiya. (Tuzuvchi: O.Hasanboeva)T.: “O'qituvchi”, 1990.
27. Podlasiy I.P. Pedagogika 1-2 t. -M.: Vlados, 1999.
28. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. -T.: Moliya, 2003.
29. O'zbek pedagogikasi antalogiyasi 1-2 t. (tuzuvchilar K.Hoshimov, S.Ochil. O'qituvchi, 1995-2000).
30. Farberman B. Ilg'or pedagogik texnologiyalar. -T.: Fan, 2000.
31. Xasanboev J.Y. va boshqalar. Pedagogika. O'quv qo'llanma.-T., “Fan”.2006.
32. Hasanboeva O., Hasanboev J.,Hamidov H. Pedagogika tarixi. –T.: G'ofur G'ulom. 2005.
33. J.Xasanboev, X.Turakulov, M.Xaydarov, O.Xasanboeva, N.Usmonov. Pedagogika fanidan izohli lug'at. T.: “Fan va texnologiya”, 2009, 672 bet.
34. Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig (so'zboshi muallifi B.Tuhliev) –T.: Yulduzcha, 1990.
35. Samarskiy A.A., Mixaylov A.P. Matematicheskoe modelirovanie: Idei. Metodi. Primeri. M.: Nauka. Fizmatlit. 1997. 320 s.
36. Ivchenko G.I., Medvedev Yu.I. Vvedenie v matematicheskuyu statistiku: Uchebnik. M.: Izdatel'stvo LKI, 2010. —600 s.
37. Abdushukurov A.A. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika. Universitet, 2010 y., 169 b.
38. Aleuov U. Qaraqalpaqstanda tәlim-tәrbiyaliq oylardiң qәliplesio'i hәm rao'ajlanio'i.- Nөkis: Bilim, 1993. – 503 b.
39. Әleo'ov Ө, Өtebaev T. Qaraqalpaqstanda pedagogika iliminiң qәliplesio'i hәm rao'ajlanio'i.- T.: Fan va texnologiyalar, 2007. – 128 b.

Dasturning axborot-uslubiy ta'minoti


1.www.tdpu.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.edu.uz
4. www.ziyo.edu.uz
5. www.gov.uz
6. www.ziyonet.uz
7. www.istedod.uz
8. www.cer.uz

Malakaviy imtixon o'tkazish tartibi va uni baholash mezoni Pedagogika kafedrasining 2022 yil ________kungi majlisining __-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlandi.
Yüklə 73,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin