Nukus innovatsion instituti bajardi: 1-kurs 17/22 grux talabasi


Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy komponentlari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə2/4
tarix03.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141320
1   2   3   4
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy komponentlari:
Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh ob`ekti va sub`ekti, ta`lim soxasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchisi.
Davlat va jamiyat - ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafili.
Uzluksiz ta`lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta`limni barcha turlarini davlat ta`lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uningfaoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.
Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilg’or pedagogik va axborot tehnologiyalarini ishlab chiquvchi
Ishlab chiqarish - kadrlarga bo’lgan extiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy texnika jihatdan ta`minlash jarayonining qatnashchisi
2009 yili, ya’ni “Qishloq taraqqiyoti va farofonligi yili»da “Qishloqlarimiz qiyofasini o’zgartirish, agrosanoat majmuida olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, qishloq aholisining hayot darajasi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy saviyasini oshirish” ijtimoiy masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur maxsus davlat dasturi “Qishloq taraqqiy topsa, yurtimiz obod, hayotimiz yanada farovon bo’ladi”, degan g’oyani o’zida mujassamlashtirgan edi. ... Qishloq hayotini obod etishda ularning qiyofasini o’zgartirish, bugun qishloq joylarda yashayotgan odamlarning turmush sharoitini zamon talablariga moslashtirish, kerak bo’lsa, uni shahar sharoitiga yaqinlashtirish g’oyat muhim o’rin tutadi.” Keng ko’lamli ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida o’tgan yili “840 dan ortiq loyiha amalga oshirildi va bu mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmini 2008 yilga nisbatan 2,3 barobar oshirishni ta’minladi» .
Mustaqillikning iqtisodiy asoslarini yaratish milliy tiklanishning muhim shartlaridan biri
Qishloq aholisining turmush darajasini yuksaltirish maqsadida 2008 yil 20 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ning “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni etishtirishni ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni muhim ahamiyat kasb etdi. Farmonda yurtimiz fuqarolarining katta qismi yashab kelayotgan qishloq joylari aholisining turmush kechirish sharoitlarini yanada yaxshilashga e’tibor qaratildi.
Mamlakatda kambag‘allikka qarshi kurashish uchun zarur institutlar yaratildi. Bu avvalambor Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining tashkil etilishi, kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini belgilab beradi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaqinda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Mazkur vazirlik fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish institutlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi sifatida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan qatlamlarini aniqlash va manzilli ko‘mak berish borasida samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. O‘zbekistonda oxirgi uch yil mobaynida kambag‘allikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga real jami daromad 43,9 foizga, o‘rtacha hisoblangan nominal oylik ish haqi 79,7 foizga oshdi. Jahon bankining «O‘zbekiston fuqarolarini tinglab» loyihasi doirasida, uy xo‘jaliklari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-mart oylari uchun o‘rtacha kambag‘al xonadonning oylik daromadi taxminan 1,5 million so‘mni tashkil etib, taqqoslama narxlarda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan.
2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoyishida muayyan ma’noda hozirgacha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. “faqatgina joriy yilning birinchi yarmida 2,7 ming kilometr avtomobil yo‘llari qurildi va ta’mirlandi, 84 ming 300 ta ish o‘rni yaratildi. 2017 - 2020 yillarda shaharlarda energiya jihatdan samarador arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi amalga oshirilmokda, uning doirasida 50 ming 286 ta xonadondan iborat 1 ming 136 ta ko‘p qavatli uylarni, bundan tashqari, namunaviy loyiha asosida qishloq joylarida 75 ming turar joylarni qurish mo‘ljallangan”.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin