IT DASTURIY INJINERING fakulteti sirtqi bo’limi ___________________________________________fanidan
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Xesh funksiyalar qo’llanilishi va axborot xavfsizligidagi o’rni Bajargan:_____________________________________________ Qabul qilgan:__________________________________________ Gurux raqami «___»
R E J A
Xesh funksiyalari.
Xesh funksiyalar turlari.
Kalit hosil qiluvchi xesh funksiyalar.
Xesh funksiyalar qo’llanilishi va axborot xavfsizligidagi o’rni.
Xeshfunksiya Xeshfunksiyalar – ixtiyoriy uzunlikdagi kirish ma‘lumotini chiqishda belgilangan uzunlikdagi xesh qiymatga aylantirib beruvchi bir tomonlama funksiyalarga aytiladi. Xesh funksiyalar kriptografiya va zamonaviy axborot xavfsizligi sohasida ma‘lumotlarni toʻlaligini tekshirishda foydalaniladi. Elektron toʻlov tizimlari protokollarida ham istemolchi kartasi ma‘lumotlarini bank-emitentga toʻliq yetkazish uchun foydalaniladi.
Xesh funksiya – ixtiyoriy uzunlikdagi M-ma‘lumotni fiksirlangan uzunlikga siqish yoki ikkilik sanoq sistemasi ifodalangan ma‘lumotlarni fiksirlangan uzunlikdagi bitlar ko‗rinishidagi qandaydir kombinatsiyasi (svertkasi) deb ataluvchi funksiya.
Tarif.Xesh-funksiya deb, har qanday
h: XY
oson hisoblanuvchi va M –ma‘lumot uchun h(M) = H fiksirlangan uzunlikga ega bo‗lgan funksiyaga aytiladi.
Berilgan M-ma‘lumotning h(M) –xesh qiymatini topish uchun avvalo ma‘lumot biror «m» -uzunlikdagi bloklarga ajratilib chiqiladi. Agar M-ma‘lumot uzunligi «m» -ga karrali bo‗lmasa, u holda oxirgi to‗lmay qolgan blok «m»- uzunlikga olindan kelishib olingan maxsus usulda biror simvol yoki belgi (masalan ―0‖ yoki ―1‖) bilan to‗ldirilib chiqiladi. Natijada hosil qilingan M-ma‘lumot bloklariga:
M= { M1, M2 ,. Mn)
quyidagicha siqishni (svertkani) hisoblash protsedurasi qo’llaniladi:
H0 =v ,
Hi = f ( Mi , Hi-1) , i =1,2,. n
h(M)= Hn ;
bu yerda -qandaydir fiksirlangan boshlangʻich vektor.
Misol sifatida quyidagi keng tarqalgan:
f(Mi,Hi-1)= Ek(Mi Hi-1) i =1,2,. n xesh-funksiyani keltirib o’tish mumkin.
Bu yerda E-simmetrik shifrlash algoritmi (masalan DES, GOST 28147-87, AES –FIPS 197 va hakoza), k- esa shifrlash algoritmi maxfiy kaliti,H0=0, -XOR(mod2bo‗yichamosbitlarniqo’shish)amali.