50-§. QATTIQ JISMNING QO'ZG'ALMAS O'Q ATROFIDAGI AYLANMA HARAKATI. BURCHAK TEZLIGI VA BURCHAK TEZLANISHI Jism haraqati tufayli uning ikki tomondan qo'zg'al qolsa bunday harakatga qattiq jismning qo'zg'almas o'q atrofidagi aylanma harakati deyiladi. Shu qo'zg'almas nuqtalardan o'tgan to'g'ri chiziqqa aylanish o'qi dayiladi. Quzgalmas z o'qi atrofida aylanib qattiq jism berilgan bo’lsin (110-rasm). Shu jismning har bir vaqtdagi holatini aniqlaymiz. A va B nuqtalar qo'zg'almas nuqtalardir. Shu nuqtalar orqali z o'qi o'kaziladi. Z-jismning asosiy o'qi. Jismning holatini aniqlash uchun o'qidan Q va P tekisiklari olinadi. Bunda Q qoʻzgalmas tekislik, P qoʻzgʻaluvchi tekislik. P- tekisligi jismga qattiq biriktirilgan va jism bilan birga aylanadi. Jismning holatini aniqlash uchun P tekislikning Q ga nisbatan holatini aniklash kifoya. P- tekislikning holati burchagi bilan aniqlanadi. φ-ga aylanish burchagi deyiladi. Jism o'q atrofida aylanganda o'zgargan vaqt o'tishi bilan o’zgaradi.
(130)
Bu tenglama jismning qo'zg'almas o'q atrofidagi aylanma harakati tenglamasi dayiladi. Aylanish burchagi radian bilan ulchanadi.
Aylanma harakat qonuni, burchak tezligi bilan burchak tezlanishga aylanma harakatning kinematik tavsifi deyiladi. Aylanish burchagi φ dan vaqt buyicha olingan birinchi tartibli hosila jismning burchak tezligi deyiladi va ω bilan belgilanadi:
; (140)
Bunda hosilaning ishorasi jismning aylanish yo’nalishini ifodalaydi. Agar ω=φ=f’(t)>0 bulgan onda f(t) funksiya o'suvchan bo'ladi, ya’ni uqning musbat o'tkazish yo'nalishidan qaraganda jism soat strelkasi aylanishiga teskari aylanadi: φ= )<0bulgan unda f(t) funksiya kamayuvchan buladi, ya’ni jism soat strelkasi aylanishi buyicha aylanadi.
110-rasm Demak jismning burchak tezligi aylanish burchagidan vaqt bo'yicha olingan birinchi tartibli hosilaga teng buladi.
Burchak tezligining birligi
(141)
Burchak tezlanishing burchak tezligi aylanish burchagidan vaqt bo'yicha olingan ikkinchi tartibli hosilaga teng b'ladi.
(142)
Burchak tezlanishini birligi .
Burchak tezlanishi aylanish burchagidan vaqt bo'yicha olingan ikkinchi tartibli hosilaga teng b'ladi.