NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
3
Maqollar
1. Kishilar o‘zaro suhbatlarida, bir-birlari bilan gaplashganda ishlatadigan vosita bu … –
Maqol.
2. So‘zga
husn beradigan, fikrni tushunib
olishni osonlashtiradigan,
uni yorqin, ta’sirchan
qiladigan vosita bu … –
Maqol.
3. Qaysi insonning nutqini “shirali” deyishadi? –
Maqol qo‘shib gapirgan odamning.
4. Boshidan oxirigacha maqol bilan yozilgan asar bu … –
Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari.
5. “Zarbulmasal” asarida nima tasvirlangan? –
Yapaloqqush va boyo‘g‘lining quda-andachilik
mojarolari.
6. “Zarbulmasal” asarida qanchadan ortiq maqol keltirilgan? –
400 dan ortiq.
7. “Qo‘l”ni bir paytlar qanday atashgan? –
“Al”.
8. “Dunyo”ni-chi? –
Ochun.
9. “Kitob”ni-chi? –
Bitig.
10. Ota-bobolarimizning uzoq yillar davomida ko‘rgan-kechirganlari,
tajribalari asosida yuzaga
keladigan xulosalar bu …
–
Maqol.
11. “Ona yurting omon bo‘lsa, …” –
“… rangi-ro‘ying somon bo‘lmas”.
12. “O‘zgalar yurtida sulton bo‘lguncha, …” –
“… o‘z yurtingda gado bo‘l.”
13. Maqolning topishmoqqa o‘xshash jihati nimada? –
So‘zlarning qofiyadosh bo‘lishligida.
14. Topishmoqda savol berilsa, maqolda oxirida nima beriladi? –
Xulosa.
Dostları ilə paylaş: