Nuraddin raxmanov adabiyot 5-sinf (savol-javob)


mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”



Yüklə 467,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/49
tarix05.06.2023
ölçüsü467,91 Kb.
#125466
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
5-sinf adabiyot savol-javob

mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”. 
2. Alisher Navoiy qachon va qayerda tug‘ilgan? – 1441-yilning 9-fevralida, Hirot shahrida. 
3. Otasining ismi? – G‘iyosiddin Muhammad. Laqabi “Kichkina Bahodir”. 
4. Onasining ismi? – Ma’lum emas. 
5. Alisher necha yoshida she’r yod olib, ko‘plarni hayratga solgan? – 3-4 yoshlarida. 
6. Shoir necha yoshida maktabga borgan? – 5 yoshida. 
7. U maktabda kim bilan birga o‘qigan? – Husayn Boyqaro bilan. 
8. Shohrux Mirzo qachon vafot etgan? – 1447-yilda. 
9. Alisher Navoiy mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashganda necha yoshda 
edi? – 6 yoshda. 
10. Abulqosim Boburmirzo qachon taxtga chiqadi? – 1452-yilda. 
11. Abulqosim Boburmirzo taxtga chiqqan yili Navoiyning otasi qayerga hokim etib tayinlanadi? 
– Sabzavorga. 
12. Navoiy kimlarning asarlarini sevib o‘qigan? – Farididdin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Shayx 
Sa’diy, Xusrav Dehlaviy asarlarini. 
13. Shoir kimning qaysi asarini yodlab olgan edi? – Farididdin Attorning “Qush nutqi” 
asarini. 
14. Alisher Navoiyning taxalluslari qaysi? – O‘zbekcha she’rlarida “Navoiy” (“Navo” – kuy, 
degani) va “Foniy” (“Foniy” – vaqtincha, degani) 
15. Navoiy 12 yoshida qaysi shoirni hayratga soladi? – 90 yoshli Mavlono Lutfiyni. 
16. Qaysi g‘azali bilan? – “Orazin yopg‘och, ko‘zumdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim 
paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh”. 
17. Abusaid Mirzo qachon taxtga chiqadi? – 1457-yilda. 
18. Alisherning do‘sti Husayn Boyqaro nechanchi yil taxtga chiqadi? – 1469-yilda. 
19. Husayn Boyqaro taxtga chiqishi bilan kimni chaqirib oladi? – Alisher Navoiyni. 

Yüklə 467,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin