bolaning oyisi”, “Iltijo” hikoyalari. 15. “…dostondek o‘qiladi. Uni o‘qib, o‘z onalarimizni eslab ketamiz”. O‘tkir Hoshimovning
“Dunyoning ishlari” qissasi haqidagi ushbu fikr muallifi kim? – O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad. 16. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasida tabib Hoji buvi obrazi qaysi hikoyada
uchraydi? – “Gilam paypoq” hikoyasida. 17. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasining qaysi hikoyasida insonning ona
oldidagi farzandlik burchi hech qachon to‘lab bo‘lmas qarz ekanligi ta’sirchan hikoya qilinadi? –
“Iltijo” hikoyasida. 18. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Qarz” hikoyasida qo‘shnilarga
sovg‘a-salom ulashuvchi qahramon kim edi? – Hakima aya. “Dunyoning ishlari” (qissa) 1. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Alla” hikoyasida bosh qahramon
go‘rkovning uyi yonida nimalarga guvoh bo‘ladi? – Tilovat sadosiga va ona allasiga. 2. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Alla” hikoyasida bosh qahramon katta
bo‘lganidan so‘ng allani qayerlarda eshitadi? – Qirg‘iz o‘tovida qirg‘iz ayol tilidan va Sibirda sibirlik juvon tilidan. 3. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Alla” hikoyasida aytilishicha
dunyoning u burchagidagi ayol aytsa ham, dunyoning bu burchagidagi chaqaloq tushunadigan
kuy qaysi kuy? – Ona allasi. 4. “Qimiz” nima degani? – Ot sutidan tayyorlanadigan ichimlik. 5. “Namat” so‘zining ma’nosi nima? – Yungdan bosib ishlangan palos, kigiz. 6. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasida farzandlarni ahillikka undovchi hikoya
qaysi? – “Haqqush” hikoyasi. 7. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Haqqush” hikoyasida noahil aka-
ukalar kim edi? – Ilhaq va Is’hoq. 8. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Haqqush” hikoyasida aka-ukalar
noahilligi sababli nimalarga aylanib qolgan edi? – Ko‘zlari ko‘r bo‘lib, qushga aylanib