NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
16
Mirtemir hayoti va ijodi
1. Momo yurti, bobo yurti Chambilbel bo‘lgan ijodkor qaysi? –
Mirtemir.
2. Mirtemir Tursunov qachon va qayerda tug‘ilgan? –
1910-yilda, Qoratog‘ etaklarida –
Turkiston shahrining Iqon qishlog‘ida.
3. Mirtemirning birinchi she’rining nomi qaysi? –
“Tanburim ovozi”, 1926-yilda, 16 yoshida.
4. Mirtemirning ilk she’riy to‘plamining nomi? –
“Shu’lalar qo‘ynida”, 1928-yilda.
5. Shoirning yana qaysi to‘plamlarini bilasiz? –
“Zafar”, “Qaynashlar”, “Tong” to‘plamlari.
6. Mirtemir qachon juda ko‘p vaqtini tarjimalarga bag‘ishlagan? –
30-yillarda.
7. U kimlarning asarlarini tarjima qilgan? –
A. S. Pushkin, M. Y. Lermontov, N. A. Nekrasov,
T. G. Shevchenko asarlarini, antik dunyo shoiri Homer, Sh. Rustaveli, H. Hayne, R. Tagor,
Maxtumquli, Berdaq, Nozim Hikmat asarlarini.
Dostları ilə paylaş: