NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
26
2. Shoir qaysi nashriyotning bosh muharriri edi? –
“Cho‘lpon” nashriyotining.
3. Shoir dastlabgi she’rlarini necha yoshida boshlagan? –
14-15 yoshlarida.
4. Ilk kitobining nomi nima? –
“Ona yer” kitobi.
5. Bu kitobi nechanchi yil chiqqan? –
1974 yilda – shoir 27 yoshga kirganida.
6. Anvar Obidjonning bolalarga atalgan ilk komediyasi qaysi? –
“Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi”
komediyasi. 1983-yilda respublika Yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilgan.
7. Pyesalari qaysi? –
“Pahlavonning o‘g‘irlanishi”, “Topsang – hay-hay” (“Qorinbotir)”,
“Navro‘z va Boychechak”, “To‘tiqul”, “Alamazon”, “Meshpolvon”.
8. Kinossenariylari qaysi? –
“Tilsimoy – g‘aroyib qizaloq”, “Dahshatli Meshpolvon”.
9. “Tun
pardasi ochilar asta,
Chiqib kelar sahnaga quyosh.
Kelinchakdek bo‘lib orasta,
Gul salomdan ko‘taradi bosh.
Hovli go‘yo yuvilgan chinni,
Yo‘llar go‘yo artilgan oynak.
Qutlash uchun yangi bu kunni,
El oyoqqa turar jonsarak…”
Ushbu misralar shoirning qaysi she’ridan olingan? –
“Hayotning har lahzasi go‘zal”
she’ridan. she’ridan.
10. “Balodan asray deb tumor bo‘laman,
Noming ulug‘lovchi shior bo‘laman,
Uxlab uyg‘onguncha xumor bo‘laman,
Vatanjon!”
Ushbu misralar shoirning qaysi she’ridan olingan? –
“Vatanjon” she’ridan.
Dostları ilə paylaş: