15. Abdulla Avloniyning maktab uchun yozgan darsliklari qaysi? – 6 qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar”. 16. Yana qaysi darsliklari bor? – “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy Guliston yoxud axloq”, “Maktab gulistoni”. 17. XX asrning 30-yillarida nashr etilgan kitobi qaysi? – 7-sinf o‘qish xrestomatiyasi. 18. Abdulla Avloniy qachon diplomatik vazifalarga kirishadi? – 1919-1920-yillarda. 19. Abdulla Avloniy umrining oxirigacha qayerda ishladi? – O‘rta Osiyo davlat universitetida dars berdi. 20. Abdulla Avloniy 1927-yilda qanday unvon bilan taqdirlandi? – “Mehnat qahramoni” unvoni bilan. 21. 1930-yilda-chi? – “O‘zbekiston xalq maorifi zarbdori” unvoni bilan. 22. Abdulla Avloniy qachon vafot etgan? – 1934-yil 25-avgustda. “Vatanni suymak” lavhasi va “Vatan” she’ri 1. Hatto hayvonlarda bo‘ladigan his bu? – Vatan tuyg‘usi. 2. “Hubbul-vatani minal-imoni” so‘zining ma’nosi nima? – “Vatanni suymak iymondandur”. 3. “Vatanni suymak iymondandur”. Ushbu fikr muallifi kim? – Payg‘ambarimiz Rasuli akram (s. a. v.) 4. Abdulla Avloniyning tarbiya to‘g‘risidagi fikri qaysi? – “… tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur”. 5. Abdulla Avloniy lirik she’rlariga qaysi taxallusni qo‘llagan? – Hijron. Erkin Vohidov hayoti va ijodi 1. Erkin Vohidov qachon va qayerda tug‘ilgan? – 1936-yil 28-dekabrda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida. 2. Erkin Vohidovning she’rlari qaysi? – “Tong lavhasi”, “Buloq”, “Sevgi”, “Ona tuproq”. 3. Erkin Vohidovning ilk dostoni qaysi? – 1964-yilda yaratilgan “Nido” dostoni.