7. Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganlarining o‘ziniyoq yaxshilik qilganga yo‘yishi qaysi
masalda keltiriladi? – “Bo‘ri bilan laylak” masalida. 8. “Yaxshilikni ham uning qadriga yetadigan odamga qilish kerak”. Ushbu fikr Ezopning qaysi
masaliga mos tushadi? – “Bo‘ri bilan laylak” masaliga. 9. Ayrim kishilarning kichkinagina qiyinchilik oldida ham esankirab, ruhan cho‘kib qolishi
Ezopning qaysi masalida aytiladi? – “Eshak bilan baqalar”. 10. “Birni ko‘rib shukur qil, birni ko‘rib fikr qil”. Ushbu maqol Ezopning qaysi masalida ilgari
surilgan? – “Eshak bilan baqalar”. 11. Ayrim kishilarning ishlatgan hiyla-nayranglari o‘zining boshiga yetishi qaysi masalda
aytilgan? – “Ustiga tuz ortilgan eshak”. 12. “Og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma”. Ushbu maqol Ezopning qaysi masalida
aytiladi? – “Ustiga tuz ortilgan eshak”. 13. “Ustiga tuz ortilgan eshak” masalida eshak ikkinchi bora nima olib kelayotgan edi? –
Yuvg‘ich. 14. Yuvg‘ich nima? – Bir yillik o‘simlikdan olinadigan, idish-tovoq yuvishda ishlatiladigan, yumshoq, ichi g‘ovak narsa. 15. “Ortiqcha chiranish belni chiqaradi”. Ushbu maqol Ezopning qaysi masaliga mos keladi? –
“Burgut, zag‘cha va cho‘pon”. 16. “Ko‘rpangga qarab oyoq uzatgin”. Ushbu maqol Ezopning qaysi masaliga mos keladi? –
“Burgut, zag‘cha va cho‘pon”. 17. Ezop masallarini qayta ishlagan fransuz masalchisi kim? – Lafonten. 18. Ezop masallarini qayta ishlagan rus masalchisi kim? – I. Krilov. Nazariy ma’lumot. Masal haqida tushuncha 1. Masal nima? – Majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha. 2. Masal necha xil bo‘ladi? – 2 xil: 1. Nasriy; 2. She’riy.