Nuraliyeva xafiza otaevna


Dorixona xonalarining ichini loyihalash va obodonlashtirishga gigiyenik



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Dorixona xonalarining ichini loyihalash va obodonlashtirishga gigiyenik 
talablar. 
Xo‗jalik hisobidagi dorixonalarning xonalari to‗rtta guruhga bo‗linadi: 
ishlab chiqarish, qo‗shimcha, ma‘muriyat va sanitar maishiy. Ishlab chiqarish 
xonasi o‗z navbatida steril bo‗lmagan dorilarni tayyorlash uchun xona (assistentlar, 
qadoqlash analitik-provizor xonasi, yuvish, distillangan suv olish va sterilizatsiya 
xonalari) va aseptik sharoitda dori tayyorlash xonasi (shlyuzli deffektal xonasi va 
shlyuzli aseptik xona, distillyasion-sterilizatsiya xonasi) xonalariga bo‗linadi. 
Xo‗jalik hisobidagi dorixonalarda xona maydoni va to‗plami SanQ va M (SanPiN) 
№ 0337-16 
asosida talab qilinadi. 
Gigiyenik jihatidan dorixonalarda sanitariya va epidemiyaga qarshi rejimga 
rioya qilishda xonalarning o‗zaro joylanishi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun 
dorixonaning barcha xonalari koridor orqali o‗zaro ichki aloqaga ega bo‗lishi, 
bundan tashqari dorixona mudirining xonasi sotuv zali bilan chambarchas 
bog‗liqlikka ega bo‗lishi kerak. Faqat retseptura bilan assistentlar xonasi, assistent 
xonasi bilan provizor-analitik xonasi, omborxona bilan sotuv zalida bo‗lgan mos 
bo‗limlar (tayyorlangan dorilarni, tayyor dori shakllarini sotadigan bo‗lim) o‗zaro 
bog‗liq bo‗lishlari mumkin. Dori preparatlarini saqlaydigan omborxonasi o‗tish 
yo‗lakchasida bo‗lishi mumkin emas va ularni bo‗laklarga ajratish ruxsat 
etilmaydi. O‗simliklardan tayyorlanadigan dorilarni quritish va zararsizlantirish 
uchun xona alohida binoda joylashtirilishi lozim. 
Katta shaharlardagi zamonaviy dorixonalar aseptik bloklari tarkibida 
shlyuzli deffektal xona, shlyuzli aseptik, sterilizatsiya, distillangan suvni 
tayyorlaydigan xonalari mavjud. Aseptik blokda o‗zaro bog‗liqlikka ega barcha 
xonalar orqali o‗tadigan umumiy shlyuzlari mavjud, 4, 5, 6 toifadagi dorixonalarda 


98 
deffektar xonasining bo‗lmasligi, aseptik xonasiga sterilizatsion-distillyasion 
xonalari orqali kirish ruxsat etiladi. Aseptika xonasini dorixonadagi boshqa xonalar 
va yo‗lakcha bilan bevosita bog‗liqlikda bo‗lishi ruxsat etilmaydi. 
Dorilarni 
tayyorlash 
sanitar-gigienik 
sharoitni 
maksimal 
darajada 
yaxshilashni talab qiladi. Ko‗chadan kiradigan chang, mikroorganizmlar, sovuq 
havo oqimi, shovqin kabi omillar dori mahsulotlarining sifatiga va dorixona ishchi 
xodimlarining salomatligiga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Dorixonada ikkita kirish yo‗li bor: birinchi va ikkinchi toifadagi 
dorixonalarda ikkita eshigi bo‗lishi; uchinchi va to‗rtinchi toifadagi dorixonalarda 
eni 0,9 m bo‗lgan bir tabaqali bitta eshigi bo‗lishi kerak. Xodimlar kiradigan va 
dori mahsulotlarini qabul qiladigan eshikning eni 1,2 m bo‗lishi kerak. 1- 3 iqlimli 
maydonlarda bu eshiklar ikki qavatli va isitilgan bo‗lishi kerak. 
Dori oluvchilar uchun kirish yo‗li himoya to‗siqlari o‗rnini bajaruvchi 
tamburlar bilan jihozlanadi. Tambur uzunligi 1,0 m dan kam bo‗lmasligi, kengligi 
kirish eshigidan 1,5 marotaba kengroq bo‗lishi kerak. Tamburdagi eshiklar bir-
biriga burchak ostida joylashgan bo‗lishi kerak, chunki sotuv zaliga sovuq havo 
kirguncha isib ulgurishi lozim. Tamburdagi issiq havo pardasini bir-biriga qarama 
- qarshi joylashgan oddiy eshiklar ham bajarishi mumkin. Kirayotgan havoning 
harorati 30-35
0
S orasida bo‗lishi kerak. 
1- 3 iqlimli bo‗limlarni isitish uchun ikkita tambur o‗rnatiladi. 1-2 toifali 
dorixonalarda kiruvchi va chiquvchilar uchun tambur alohida ajratilgan (ikki 
tabaqali) bo‗lishi kerak. Tamburda oyoq kiyimlarni tozalash uchun panjarali 
qutichaning bo‗lishini e‘tiborga olish lozim. 
Dorixonalarda omborxona bilan bog‗lanadigan ichki xizmat zinalari va yuk 
ko‗taruvchi moslama (kengligi 1m va qiyaligi 1:1,5 ko‗p bo‗lmasligi) bo‗lishi 
kerak. 1-2 toifali dorixonalar xonasining balandligi 3,3 m dan kam bo‗lmasligi 
lozim. 
3-5 toifali dorixonalarning qurilish balandligi aholi yashaydigan uyning 
balandligiga to‗g‗ri kelishi ruxsat etiladi. Erto‗lalarning, xonalarning balandligi 2,4 
m dan kam bo‗lmasligi kerak. Erto‗la yorug‗likka sezgir, yong‗inga xavfli, kuchli 


99 
oksidlovchi, dezinfeksiyalovchi moddalarni saqlash uchun xizmat qiladi. 
Erto‗ladan dorixona ichiga olib boruvchi kirish va tashqariga chiqish uchun yo‗l 
bo‗lishi kerak.
Dorixona xonalarining ichki sathi bajarilayotgan funksional ko‗rsatkichlarga 
mos ravishda jihozlanishi kerak. Bunda dorixona xonalarining jihozlanishi faqat 
gigienik emas, balki psixologik ahamiyatga ega ekanligini e‘tiborga olish lozim. 
Xonalardagi devorlarning yuzasi bajariladigan texnologik jarayonlarga bog‗liq, 
ya‘ni devorlari silliq, namli va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan tozalashga 
mo‗ljallangan bo‗lishi kerak. Namli rejimda ishlanadigan xonalarda (yuvish, 
distillangan suv olinadigan, sterilizatsiya, dush xonasi, hojatxona) devorlari 1,8 m 
balandlikkacha yog‗li bo‗yoqlar, silliq kafellar yoki suvga chidamli sintetik 
materiallar bilan qoplanishi lozim. Paneldan yuqoridagi devor va shiplar suvli 
bo‗yoqlar bilan bo‗yalishi lozim. 
Dorixona sotuv zalida stellajlarni shunday joylashtirish kerakki, ular tashqi 
devorlardan 0,6-0,7 metr, shipdan 0,5 metr va poldan 0,25 metr uzoqlikda 
joylashgan bo‗lishi lozim. Stellajlar deraza oynalariga nisbatan esa shunday 
joylashtirilishi lozimki, ular orasidagi yo‗laklar yorug‗, joylashtirilgan tovarga 
erkin yaqinlashish imkoni bo‗lsin. Stellajlar orasidagi masofa 0,75 metrdan kam 
bo‗lmasligi lozim.
Aseptik, assistentlar, provizor-analitik xonalarining devorlari chang 
to‗planmasligi uchun o‗tkir burchaklari bo‗lmasligi kerak. Aseptik xonaning 
barcha devori yog‗li bo‗yoq bilan, ship suvli bo‗yoqlar bilan yaxshi yuviladigan va 
dezinfeksiyalovchi moddalar bilan tozalanadigan sintetik materiallar bilan 
qoplangan bo‗lishi lozim. Deffektar, omborxona, kiyim uchun mo‗ljallangan 
xonalarining devorlari 1,8 m balandlikda yog‗li bo‗yoqlar bilan, undan yuqorisi va 
shipi suvli bo‗yoqlar bilan bo‗yalishi lozim. Ma‘muriyat xonasi, yo‗lak, ishchilar 
xonasining shipi suvli bo‗yoqlar bilan bo‗yalishi, devorlari namga chidamli oboy 
yoki suvli bo‗yoqlar bilan bo‗yalishi lozim. Dorixonadagi dori tayyorlaydigan 
xonalarning devorlariga qo‗shimcha bezatuvchi narsalarning osilishi ruxsat 


100 
etilmaydi, chunki ularda chang to‗planadi va tozalash vaqtida qiyinchiliklarni 
tug‗diradi. Devor va shiplardagi bo‗yoqlarning rangi ochiq tonda bo‗lishi kerak. 
Barcha xonalardagi pollari silliq, isitilgan, namli tozalashga qulay bo‗lishi 
kerak. Polni parket bilan qoplash ruxsat etilmaydi. Pol gigiyenik jihatdan eng 
qulay va qoplovchisi quyidagilardan iborat bo‗lishi kerak: 
- sotuv zalida-sopol plitkalar yoki sintetik materiallar (relin, linoleum); 
- assistent, provizor-analitik xonalarida-sintetik yoki polimerli plitkali 
materiallar; 
- aseptik xonalarda-rulonli materiallar (relin, linoleum), polivinilatsetat mastik 
material; 
- yuvish, sterilizatsiya, distillyasiya-sterilizatsiya, dush xonasi, yuvish xonasi, 
omborxonalar sopolli plitka yoki namga chidamli sintetik materiallar. Bu xonalar 
poli (omborxonadan tashqari) yonidagi xonaning polidan 3 sm ga pastroq bo‗lishi 
kerak. Yuvish, distillatsion-sterilizatsion va yuvish xonasida almashtirib turuvchi 
taxtali panjara solinishi kerak. Erto‗laning poli asfalt, asfalt-beton yoki sement 
bilan qoplanishi kerak. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin