Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

 
 


91 
IV BOB. DORIXONA GIGIYENASINING UMUMIY ASOSLARI. 
4.1. DORIXONA LOYIXASI, QURILISHI VA JIHOZLANISHIGA 
QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR. 
Dorixona sog‗liqni saqlash tizimiga taalluqli muassasalaridan biri bo‗lib, u 
davolash-profilaktika muassasalarini va aholini dori preparatlari, sanitariya va 
boshqa tibbiyot vositalari bilan o‗z vaqtida ta‘minlaydi.
Dori preparatlarini tayyorlash va saqlashda gigiyenik rejimlarga qattiq rioya 
qilish zarur. 
Shuning uchun dorixonada olib boriladigan gigiyenik tekshiruvlarning 
natijasiga ko‗ra, dorixonaga qo‗yiladigan gigiyenik talablarni o‗rganish ishning 
asosiy maqsadi hisoblanadi. Dorixona gigieynasining vazifalariga dorixonada 
sanitar-gigiyenik talablarining buzilishlarini aniqlash, shuningdek zararli ishlab 
chiqarish omillarining dorixona ishchi xodimlariga salbiy ta‘siri natijasida kelib 
chiqadigan kasb kasalliklarini aniqlash va ularni oldini olish chora tadbirlarini 
ishlab chiqishdan iborat.
Dorixonaga qo‗yiladigan gigiyenik talablar 
SanQ va M № 0337-16 
―Dorixonalarni joylashtirish, jixozlash va ekspluatatsiya qilish bo‗yicha sanitar 
qoida va me‘yorlari ‖ va SanQ va M № 0319-15 ―Dorivor moddalarni va tibbiyot 
uchun mo‗ljallangan buyumlarni saqlash omborlarini joylashtirish, jihozlash va 
ekspluatatsiya qilish bo‗yicha sanitar qoida va me‘yorlari‖da keltirilgan bo‗lib, 
bular quyidagilardan iborat

– dorixona er maydoniga gigiyenik talablar; 
– dorixona jihozlari, xonalar ichining loyihalashga va jihozlashga 
qo‗yiladigan gigiyenik talablar; 
– xonalarni tozalash, dorixona jihozlarini saqlash va avaylashga qo‗yiladigan 
sanitariya talablari
– tozalangan suv va ineksiya uchun suvlarni qabul qilish, saqlash va 
jo‗natishga qo‗yiladigan sanitariya talablari; 
– dori preparatlarini aseptik sharoitda tayyorlashga qo‗yiladigan gigiyenik 
talablar; 


92 
– steril dori shakllarini tayyorlashga qo‗yiladigan gigiyenik talablar. 
Dorixona vazifasiga ko‗ra dorixonalar 2 turga bo‗linadi:
1. Kasalxona dorixonalari – bu kasalxonada davolanayotgan bemorlarga 
xizmat qiladi.
2. Ambulator bemorlarga xizmat qiladigan dorixona. 
Kasalxona dorixonasining vazifasiga davolash-profilaktika bo‗limlari uchun 
dori preparatlarini tayyorlash, nazorat qilish va dori preparatlarini etkazib 
berishdan iborat. Kasalxona dorixonalarini ratsional loyixalashtirish uchun 
kasalxona o‗rinlari soniga qarab dorixonalar 5 guruxga bo‗linadi: 200 gacha, 400, 
600, 800 va 1000 o‗rin. Kasalxona dorixonalarini asosiy binoning birinchi 
qavatida, davolash-profilaktika bo‗limida joylashtirish maqsadga muvofiqdir. 
Dorixonani tashqari bilan bog‗laydigan aloxida chiqish eshigi bo‗lishi kerak. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin