89
1.Uglerod (IV)-oksid miqdorini aniqlash uchun bir nechta usullar taklif
etilgan, bularga: Nagorniy, Subotin, Reberglar hamda Kalmikov tomonidan tavsiya
etilgan ekspress usul kiradi, bunda 20 ml shpritsning yarmiga ishqoriy eritma (1
tomchi novshadil spirti 50 ml distillangan suv aralashmasi fenolftalin bilan
ranglantiriladi) olinadi, so‗ng shprits porshenini oxirigacha tortib, uni
tekshirilayotgan havo bilan to‗ldiriladi va bir daqiqa davomida shprits silkitib
turiladi. Shunday qilib shpritsdagi eritma rangi yo‗qolib ketgunga qadar,
shpritsdaga havo chiqarib yuboriladi va yana havo bilan qayta to‗ldiriladi, 1 daqiqa
silkitiladi hamda necha marta havo olinganligi hisoblab boriladi. Bir vaqtning
o‗zida bu usul ochiq havoda ham o‗lchab boriladi. So‗ngra xonada olingan havo
miqdorini ochiq havodagiga nisbatan (atmosfera havosida 0,04% S0
2
bor) necha
marta kam olinganligini bilgan holda natija tenglama usulida hisoblab chiqiladi.
2. Azot oksidlarining konsentratsiyasini aniqlash.
Ushbu tadqiqot UG-2 universal gaz analizatori yordamida Ekspress usul
bilan amalga oshiriladi. Ushbu qurilma havodagi turli kimyoviy moddalarni tezda
aniqlash imkonini beradi, shu jumladan azotning oksidlarini ham.
Aniqlash kolbadagi indikator kukunlari ustuni uzunligini o‗lchashga
asoslangandir. Bunda havo o‗tkazilganda sinov moddasi bilan reaksiyaga kirishib
rangini o‗zgartiradi.
Havo indikator trubka orqali o‗tkaziladi. Indikator trubkalar dastavval
o‗tkazilayotgan havo xajmi ko‗rsatilgan silfon (rezina kolba) shtok yordamida
siqiladi. Kerakli hajmning qiymati fiksatsiya tugmasiga yo‗naltirilgan bo‗lishi
kerak. Bunday holatda, havoning bir qismi indikator naychasiga so‗rib olinadi.
Sinov moddasining konsentratsiyasi rangli ustun uzunligiga proporsional
bo‗lib, u o‗lchov shkalasi yordamida aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: