Ishchilarga davolovchi-profilaktik ovqatlarni belgilash
Ishlab chiqarishga oid zaharlanishlar va spetsifik ta‘sir xususiyatiga ega
bo‗lgan moddalar bilan ishlaganda profilaktik tadbirlar qatoriga umumiy
tadbirlardan tashqari zararli ta‘sirga uchraydigan organizmning himoya qobiliyatini
oshirishga qaratilgan va organizmning funksional holatini yaxshilashga
yo‗naltirilgan tadbirlar muhim ahamiyatga egadir. Bu yo‗nalishdagi tadbirlarning
eng muhimlari qatorida ishchilarni davolovchi-profilaktik ovqatlantirish tadbirlari
muhim o‗rin egallaydi.
Davolovchi-profilaktik ovqatlantirish - bu ishchilarning asosiy ovqatlariga
qo‗shimcha tarzda bepul beriladigan ovqat ratsionlari hisoblanib, zararli kasbda
ishlovchilargagina beriladi. Bu ovqat ratsionlar organizmning rezistentligini
oshirish bilan bir qatorda eng ko‗p ta‘sirga duchor bo‗ladigan organlar va
sistemalarning funksional holatini yaxshilaydi.
Ishchilarni davolovchi - profilaktik ovqatlar bilan ta‘minlash "Mehnat
haqidagi
qonunlarning
asoslari"
ga
muvofiq
belgilanadi.
O‗zbekiston
Respublikasining "Mehnat haqidagi qonunlarining asosi" da keltirilganidek -
"Mehnat sharoitlari zararli bo‗lgan ishlarda ishlovchilarga, belgilangan
me‘yorlarda bepul tarzda sut va unga tenglashadigan mahsulotlarni berish lozim.
O‗ta zararli mehnat qilish sharoitlarida xizmat ko‗rsatuvchilarga esa belgilangan
miqdorlarda bepul tarzda davolovchi - profilaktik ovqatlarni berish lozim".
85
Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasida zararli kasblarda ishlovchilarga
davolovchi - profilaktik ovqatlarni berish SanQ va M asosida amalga oshiriladi.
Davolovchi-profilaktik ovqatlar 3 turga bo‗linadi: maxsus davolovchi -
profilaktik ratsionlar; sut va sut mahsulotlari; vitaminlar.
Ovqatlarning zaruriy spetsifik ta‘sirini hisobga olib 5 ta davolovchi-
profilaktik ratsionlar ishlab chiqilgan. Bu ratsionlarga kiritilgan asosiy mahsulotlar
qatoriga - non,un mahsulotlari, yormalar, makaronlar, dukkakli o‗simlik
mahsulotlari, qant, go‗sht, baliq, jigar, tuxum, kefir, sut, tvorog, qaymoq, pishloq,
hayvon yog‗lari kiradi.
Ovqat mahsulotlarining miqdori va ularning ta‘sir ko‗rsatish tabiati zararli
omillarning turi va kasblarga muvofiq belgilanadi.
№1 - ratsion - ionlantiruvchi nurlanish manbalari bilan aloqada bo‗ladigan
shaxslar uchun mo‗ljallangan. Bu ratsion organizmda yog‗ almashinuvini
stimullaydigan va jigarning antitoksik funksiyasini oshiruvchi ovqat mahsulotlari.
№2 - ratsion - fosfor, ishqoriy metallar, simob va uning anorganik
birikmalari, qo‗rg‗oshin birikmalari, sian birikmalari va fosgen bilan aloqada
bo‗ladigan ishchilarga mo‗ljallangan. Ratsion oqsillarga boy, o‗zida o‗ta
to‗yinmagan yog‗ kislotalarini tutuvchi, kalsiyga boy bo‗lgan mahsulotlardan
tashkil
topgan
bo‗lib, organizmda zararli moddalarning to‗planishini
sekinlashtirish xususiyatiga ega.
№3 - ratsion - qo‗rg‗oshinning anorganik birikmalari bilan aloqada
bo‗ladigan ishchilar uchun mo‗ljallangan. Ratsion tarkibiga qo‗rg‗oshin
birikmalarini organizmdan tezroq chiqishini ta‘minlovchi pektinga boy bo‗lgan
mahsulotlar bilan boyitilgan.
№4 - ratsion - nitro - va aminobirikmalar, benzol, xlorli uglevodorodlar,
margumush birikmalari, tellur, fosfor birikmalari bilan ishlovchilarga beriladi.
Ratsion tarkibidagi mahsulotlar sut mahsulotlari va o‗simlik yog‗lari bilan
to‗yintirilgan bo‗lib, tarkibida lipotrop moddalari bor va bu moddalar jigar
funksiyasini yaxshilaydi.
86
№5 - ratsion - tetraetilqo‗rg‗oshin, bromli uglevodorodlar, tiofos, simobning
anorganik birikmalari, marganets, bariy moddalari bilan ishlovchilar uchun
mo‗ljallangan. Bu ovqat ratsionining tarkibida letsitin (tuxum), O‗TYoK, to‗la
qiymatli oqsillar bo‗lib, asab sistemasi va jigar faoliyatiga yaxshi ta‘sir ko‗rsatadi.
Keltirilgan ratsionlarga belgilangan mahsulotlarni qo‗shib, issiq ovqat
tayyorlanadi va uni ish boshlanishidan oldin ishchilarga tarqatiladi. Bundan
tashqari, kimyoviy moddalar bilan bog‗liq bo‗lgan kasbdagilarga qo‗shimcha
tarzda sut va sut mahsulotlari (0,5 1 miqdorida) belgilangan. Sut va sut
maxsulotlarini berish bilan bog‗liq bo‗lgan kasbdagilar ham SSV tomonidan
tuzilgan maxsus ro‗yxat asosida berilishi ko‗rsatilgan. Beriladigan sut maxsus
idishlarga solingan bo‗lishi kerak, flyagalarda keltirilgan sut bo‗lsa, tarqatilishidan
oldin qaynatilishi shart.
Bepul tarzda beriladigan vitaminlar (A vitamini - 2 mg, B
1
, B
2
- vitaminlari
- 3 mg dan, PP vitamini - 20 mg, S vitamini - 150 mg) issiq sexlarda ishlovchilar,
tamaki fabrikalarida ishlovchilar uchun mo‗ljallangan. Sanoat korxonalaridagi
mehnat gigiyenasiga kelganda shuni nazarda tutish kerakki, bu korxonalarda
ishlovchi ayollar va o‗smirlarning mehnatlarini muhofaza qilish maqsadga
muvofiqdir.
Sanoatning deyarli hamma sohalarida kimyoviy birikmalarni qo‗llashda
keng imkon berilgan. Kimyoviy birikmalar texnologiya jarayonida xom ashyo va
ish joylarida esa ikkilamchi mahsulot sifatida zaharli birikmalar bilan ifloslanishi
mumkin.
AQSh da 70000 dan ortiq kimyoviy moddalar turlaridan foydaladi, 200 ta
kimyo sanoat bozori mavjud bo‗lib, ular tomonidan yiliga 1000 ga yaqin yangi
sintetik kimyoviy birikma turlari aniqlanmoqda. AQShda kimyoviy moddalarning
xavf xatarini o‗rganish uchun talab qilingan ma‘lumotlar bazasiga ko‗ra, xozirgi
kunda 30000 ga yaqin kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish jarayonida
qo‗llanilayotgani aniqlangan. Kompaniyalar ishlab chiqarayotgan kimyoviy
moddalarning jamiyat uchun foydasi bo‗lasada, lekin kimyoviy birikmalar
preparatlar, zaharli dorilar tarzida, inson va hayvonlardan ajraladigan chiqindilarni
87
chiqarib tashlanishi natijasida atrof muhitga zararli ta‘sirini tarqatmoqda. Bu
chiqindilar orasida oxirgi guruhga kiruvchi mikroblar, titrashga, ruhan
tushkunlikka va rakka olib keluvchi birikmalar borligi misol bo‗la oladi. SHak
shubhasiz, bu kabi ifloslanishlarning ko‗payishlarini daryolar va ariqlarda ko‗lami
kengayib borayotganidan ko‗rishimiz mumkin, bular o‗z navbatida suvdagi
baliqlar va jonzotlarga turlicha zarar etkazishi mumkin. SHu va boshqalar
natijasida, insoniyat va boshqa jonzotlar, ishda, uyda, atrof muhitda kimyoviy
moddalar ta‘sirida qolgani ma‘lum bo‗lmoqda. Aslida toksik kimyoviy
moddalarning asoratini kuchayib borishi oziq ovqatlarimizda, havomizda va
ichimlik suvimizda xam namoyon bo‗lmoqda. AQShda olimlar tomonidan
o‗tkazilgan tekshirish natijalari shuni ko‗rsatganki, ayrim kimyoviy birikmalar
ta‘sirida inson organizmi immunitet tizimi faoliyatini susayishi kuzatilgan. Buning
oqibatida insonlarda bosh og‗rishi, hotirani susayishi, toliqish, xotirjamlikni
buzilishi, uyqusizlik kabi holatlar kuzatilgan.
Ishlab chiqarish jarayonida zaharli kimyoviy moddalar ustidan kuchli
nazorat olib borish muhim rol o‗ynaydi. Agar nazorat olib borishning iloji
bo‗lmasa qo‗shimcha asosiy yondashuvlardan foydalanish mumkin. Bunga
erishish uchun oltita asosiy yondashuvlar tavsiya qilinadi:
Dostları ilə paylaş: |