Nuraliyeva xafiza otaevna


 ISHCHI ZONASI HAVOSINING KIMYOVIY



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

3.7. ISHCHI ZONASI HAVOSINING KIMYOVIY 
IFLOSLANGANLIGINI BAHOLASH. SANOAT ZAXARLARI. 
Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar juda ko‗p uchraydigan omillar 
guruhini tashkil etadi. Zamonaviy sanoat korxonalarida 80 mingdan ortiq turli 
hildagi va ko‗rinishdagi kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Bu moddalar 
korxonalar uchun xomashyo mahsulotlari yoki ishlab chiqarish jarayonida hosil 
bo‗ladigan oraliq mahsulotlarga doir kimyoviy moddalar yoki korxonaning 
yakuniy mahsuloti bo‗lishi mumkin. Kimyoviy moddalarning fizikaviy va 
kimyoviy xossalari, agregat holatlari hamda texnologik jarayonning tabiatiga 
muvofiq ular ishchilar organizmiga turli yo‗llar bilan kirishi mumkin. 
Eng muhim kirish yo‗li ingalyasion ya‘ni nafas yo‗li orqali kirish 
hisoblanadi chunki juda ko‗p holatlarda kimyoviy moddalar bilan ishlash 
jarayonida ishchi zonasi havosi ana shu kimyoviy moddalar bilan ifloslangan 
bo‗ladi. Buning ustiga sanoat zaharlarining ingalatsion yo‗li orqali tushishidagi 
ta‘siri yorqinroq namoyon bo‗ladi. Kimyoviy moddalar nafas orqali organizmga 
kirganda o‗pka orqali bevosita qonga o‗tadi va jigar to‗sig‗ini chetlab o‗tib 
hujayra, to‗qima va organlarning faoliyatiga ta‘sir ko‗rsatadi. Bundan tashqari 
kimyoviy moddalarning ishchilar organizmiga ta‘siri og‗iz bo‗shlig‗i,
shikastlanmagan badan terisi yoki shilliq qavatlar orqali tushishi mumkin. 
Kimyoviy moddalar organizmga tushgandan keyin birinchi navbatda
organizmda u yoki bu nisbatda bir xilda tarqaladi, keyinchalik esa ularning qayta 
taqsimlanishi natijasida moddalar organ yoki to‗qimalarda to‗planishi kuzatiladi. 
Organizmda kimyoviy moddalarning aksariyat qismi oksidlanish, qaytalanish, 
metillanish jarayonlari tufayli zararsizlanadi. Bu jarayonlarning ko‗pchiligi jigar 
to‗qimasida sodir bo‗lganligi sababli aynan shu organ ko‗proq zararli ta‘sirga 
duchor bo‗ladi. Kimyoviy moddalarning chiqarilishi yoki metabolik jarayondan 
hosil bo‗ladigan birikmalarning chiqarilishi ham jigar orqali amalga oshiriladi. 
Ayrim turdagi moddalargina ter bezlari, o‗pka, chiqaruv yo‗llari, so‗lak bezlari 


78 
orqali chiqarilishi mumkin, ayrim yog‗da eruvchi moddalar ona suti orqali 
chiqarilib, bola organizmiga kirishi ham mumkin. 
Kimyoviy moddaning tabiati, moddaning dozasi va uning ta‘sir etish 
muddatiga bog‗liq holda organizmda o‗tkir va surunkali zaharlanish holatlarini 
yoki moddaning spetsifik ta‘sir samarasi kelib chiqishi mumkin. Zaharlangan 
holatning yuzaga kelishi bir qator gigiyenik tasniflarga bog‗liq holda bo‗lishi ham 
mumkin: moddaning suvda yoki yog‗da eruvchanligi, barqarorlik darajasi, 
kumulyativlik xususiyati, zaharlilik sinfi va dozasi. 
Kumulyasiya 
bu 
kimyoviy 
moddaning organizmda to‗planishidir. 
Kumulyasiya quyidagi turlari farqlanadi: moddiy va funksional kumulyasiyalar. 
Moddiy kumulyasiya - ma‘lum bir moddaning organizmda to‗planishini bildirsa
funksional kumulyasiya — moddaning ta‘sir samarasini ko‗rsatadi. Moddiy 
kumulyasiya ko‗proq kimyoviy moddaning barqarorligiga bog‗liq bo‗lsa, 
funksional kumulyasiya moddaning zaharlilik darajasiga bog‗liqdir. 
Organizm uchun xavflilik darajasi bo‗yicha shu moddaning barcha gigiyenik 
ta‘riflarini inobatga olgan holda barcha sanoat zaharlarini 4 zaharlilik sinfiga 
bo‗lish qabul qilingan: 
1-sinf – o‗ta xavfli moddalar; 
2-sinf - yuqori xavfli moddalar; 
3- sinf - o‗rtacha xavfli moddalar; 
4- sinf - kam xavfli moddalar. 
Xavflilik sinfini aniqlash uchun bir qator toksikologik parametrlardan 
foydalaniladi: LD 
50
, CL 
50
(o‗rtacha o‗lim chaqiruvchi doza yoki konsentratsiya), 
(
kumulyativlik koeffitsienti) hamda REK qiymatlari. Bularning hammasi 
toksikologik tajribalar asosida hisoblab topilgan qiymatlardir. Masalan, LD 
50
- 15 
mg/kg va undan kam bo‗lgan kimyoviy moddalar I sinfga doir xavflilik guruhiga, 
15-159 mg/kg atrofida bo‗lsa - II sinfga, 151-5000 mg/kg bo‗lsa - III sinfga, 5000 
mg/kg dan ortiq bo‗lsa - IV xavflilik sinfiga taalluqli bo‗ladi. 
O‗ta yuqori kumulyativlik xususiyatiga ega bo‗lgan moddalar I sinfga, 
yuqori kumulyativlik xossasiga ega bo‗lgan moddalar II - sinfga, o‗rtacha 


79 
kumulyativlik xususiyatga ega bo‗lgan moddalar III sinfga va past kumulyativlik 
xossasiga ega bo‗lgan moddalar IV sinfga taalluqlidir. 
Sanoat zaharlarining xavflilik darajasini baholanganda ayollar va bolalar 
organizmining yuqori darajadagi sezgirlik holatlarini hisobga olish zaruriy 
hisoblanadi. Ayrim moddalar masalan, marganets va bor moddalariga nisbatan 
erkaklar organizmi yuqori sezgirlikni namoyon qiladi. 
Zaharli moddalarning ta‘sir etish samarasi yuqori harorat va namlik 
sharoitlarida hamda bir vaqtning o‗zida yuqori darajadagi shovqin va tebranish 
ta‘sir etganda juda yuqori bo‗ladi. Shu bilan birga og‗ir jismoniy mehnat 
bajarganda ham sanoat zaharlarining ta‘sir etish samarasi juda yuqori bo‗lishi 
tasdiqlangan. 
Ishlab chiqarish muhitida sanoat zaharlari, odatda, kombinatsiyalashgan 
(birikkan) holda ta‘sir ko‗rsatadi, buning oqibatida turli ko‗rinishdagi ta‘sir 
samaralari namoyon bo‗ladi: qo‗shilgan ta‘sir (oddatiy samara), ta‘sir samarasining 
kuchayishi, antogonizm (ta‘sir samarasining pasayishi), bir-biriga bog‗liq 
bo‗lmagan ta‘sir kabilar. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin