Nuraliyeva xafiza otaevna


-toifa – transport vibratsiyasi



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

1-toifa – transport vibratsiyasi, u odamga ish joyidagi o‗zi yurar va tirkama 
mashinalar, 
hududlar, 
agrofonlar 
va 
yo‗llarda transport vositasining 
harakatlanishida ta‘sir qiladi (shu jumladan yo‗l qurilishida). 
Transport vibratsiyasi manbalariga kiradi: 
- qishloq xo‗jalik va sanoat traktorlari, o‗zi yurar qishloq xo‗jalik mashinalari (shu 
jumladan kombaynlar); 
- yuk tashish avtomobillari (shu jumladan skreperlar, greyderlar, tekislagichlar va 
hokazo); 
- qor tozalagichlar, o‗zi yurar tog‗-ma‘danli temir yo‗l transporti. 
2-toifa – transport-texnologik vibratsiya, u ishlab chiqarish binolari, ishlab 
chiqarish maydonchalari va tog‗ ma‘danlari qazib olish joylarida chegaralangan 
harakatlanishli va maxsus tayyorlangan yuzalar bo‗lgan ish joylarida odamga ta‘sir 
qiladi. 
Transport-texnologik vibratsiya manbalariga kiradi: 
- ekskavatorlar (shu jumladan rotorli), sanoat va qurilish kranlari, mutallurgik 
ishlab chiqarishda marten pechlarini to‗ldiruvchi mashinalar: tog‗ komaynlari, 
shaxtalardagi yuklovchi mashinalar, o‗zi yurar burg‗ilovchi moslamalar; 
- yo‗l mashinalari, beton yotqizuvchilar, erda yuruvchi ishlab chiqarish trasporti. 
3-toifa – texnologik vibratsiya, u vibratsiya manbasi bo‗lmagan ish joylaridagi 
statsionar mashinalari yoki ish joylariga uzatiluvchi ish joylarida odamga ta‘sir 
qiladi. 
Texnologik vibratsiyalar manbalariga kiradi: 
- metall va yog‗ochga ishlov berish mashinalari, zarbxona uskunalari, quyish 
mashinalari, elektr mashinalari, statsionar elektr qurilmalari, nasos agregatlari va 
ventilyatorlar, 
quduqlarni 
burg‗ilash uskunalari, burg‗ulash mashinalari, 
chorvachilik mashinalari, donni tozalash va saralash (shu jumladan quritgichlar), 
qurilish materiallari sanoati uskunalari (beton konstruksiyalardan tashqari), kimyo, 
neft-kimyo 
sanoati 
uskunalari 
va 
boshqalar. 
Chastota tarkibiga ko„ra ish joylaridagi umumiy vibratsiya quyidagilarga 
bo„linadi: 


71 
- oktav qatorlarining maksimal darajalari ustun bo‗lgan past chastotalar – 2 va 4 
Gs; 
- o‗rta chastotali – 8 va 16 Gs; 
- yuqori shastotali – 31.5 va 63 Gs. 
Mahalliy vibratsiya kelib chiqish manbasiga qarab taqsimlanadi: 
- qo‗lda boshqariladigan dvigatelli mashinalardan (yoki qo‗l bilan 
ishlanadigan mexanizatsiyalashgan asbobdan), qo‗l bilan boshqariladigan 
mashinalar va asboblar qismlaridan berilayotgan; 
- dvigatelsiz qo‗l bilan ishlanadigan asboblardan va ishlov berilayotgan detallardan 
(masalan, turli modeldagi parchalovchi bolg‗alardan) berilayotgan. 
Ta‘sir yo‗nalishiga qarab mahalliy vibratsiya vertikal va gorizontalga 
bo‗linadi, u barcha koordinatalar ortogonal tizimi bo‗ylab harakatlanadi. 
Mahalliy vibratsiya chastota tarkibi bo„yicha bo„linadi: 
- oktav qatorlarida maksimum energiyali past chastotalilarga – 8 va 16 Gs; 
- o‗rta chastotalilarga – 31,5 va 63 Gs; 
- yuqori chastotalilarga - 125, 250, 500 va 1000 Gs. 
Umumiy vibratsiya ish o„rinlarida chastota tarkibi bo„yicha bo„linadi: 
- oktav qatorlarida maksimum energiyali past chastotalilarga – 2 va 4 Gs; 
- o‗rta chastotalilarga – 8 va 16 Gs; 
- yuqori chastotalilarga – 31.5 va 63 Gs. 
Mahalliy vibratsiya shakllanish manbasiga qarab bo„linadi: 
- qo‗lda boshqariladigan dvigatelli mashinalardan (yoki qo‗l bilan ishlanadigan 
mexanizatsiyalashgan asbobdan), qo‗l bilan boshqariladigan mashinalar va 
asboblar qismlaridan berilayotgan; 
- dvigatelsiz qo‗l bilan ishlanadigan asboblardan va ishlov berilayotgan detallardan 
(masalan, turli modeldagi parchalovchi bolg‗alardan) berilayotgan. 
Mahalliy vibratsiya chastota tarkibi bo„yicha bo„linadi: 
- oktav qatorlarida maksimum energiyali past chastotalilarga – 8 va 16 Gs; 
- o‗rta chastotalilarga – 31,5 va 63 Gs; 
- yuqori chastotalilarga - 125, 250, 500 va 1000 Gs. 


72 
Uzoq muddat davomida noqulay ob-havo sharoitida ishlaganda vibratsiya 
ta‘sirida organizmda o‗zgarishlar, jumladan, vibratsiya kasalligi kelib chiqishi 
mumkin. 
Vibratsiya kasalligini birinchi marta 1911 yilda Italiyalik vrach G.Lori 
ta‘riflab bergan.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin