Nuraliyeva xafiza otaevna


ISHLAB CHIQARISH MUHITIDAGI BIOLOGIK OMILLAR



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

3.3. ISHLAB CHIQARISH MUHITIDAGI BIOLOGIK OMILLAR 
Ishlab chiqarishga doir biologik omillarga biologik ob‘ektlar yoki ularning 
hayot faoliyati mahsulotlari hisoblanib, ish vaqtida ishchilar ular bilan aloqada 
bo‗ladilar. Bu yo‗nalishda eng ko‗p ahamiyatga ega bo‗lgan omillar makro- va 
mikroorganizmlar bo‗lib, ular bilan aloqada bo‗ladigan ishchilarda kasbga oid 
infeksiyalar yoki invaziyalar kuzatiladi. Bunday ishlar qatoriga yuqumli kasallikga 
chalingan bemorlar bilan muloqatda bo‗lish, kasallangan qishloq xo‗jaligi 
hayvonlari bilan muloqatda bo‗lish, ayrim turdagi qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini 
qayta ishlash bilan aloqada bo‗ladigan ishlar (sut, go‗sht, mol terilari ya‘ni jun), 
infeksiya bilan ifloslangan materiallar bilan ishlash (bakteriologik laboratoriya), 
hamda infeksiyani tashuvchilar bilan aloqada bo‗lish mumkinligiga bog‗liq ish 
sharoitlari (kanalar) kiradi. Yyqumli kasallik kasbiy bo‗lishi mumkin qachonki, 
ishchi ish jarayonida shu nomdagi infeksiya manbai bilan bevosita aloqada bo‗lgan 
bo‗lsa, lekin bunda boshqa joyda zararlangan bo‗lishini ham inobatga olish kerak 
(kasallikni yashirin davrini, aloqada bo‗lmaganlik va boshqa). Eng ko‘p 
uchraydigan kasbiy infeksiyalar qatoriga - sil kasalligi, brutsellyoz, kuydirgi (sibir 
yarasi), kanali ensefalit, ornitoz, "sut sog‗uvchilar tugunchasi", mikozlar qiradi. 
Keltirilgan kasalliklar odamga kasallangan hayvonlardan yuqishi mumkin, shuning 
uchun ularni kasbiy zoonozlar deyiladi. Ammo kasallik bemor odamlardan ham 
yuqishi mumkin yoki kasallangan odamning qoni, balg‗ami, siydigi, ahlatini 
tekshirish jarayonida kasallik o‗tadi. Bunday holatlarda kelib chiqadigan kasallikga 
antroponoz kasallik deyiladi (gepatit, ich terlama, ichburug, SPID). 
Kasbiy infeksiyalarning oldini olish tadbirlariga birinchi navbatda shaxsiy 
gigiyena qoidalariga qatiyan rioya qilishni kiritish mumkin, bundan tashqari, 
quyidagi tadbirlar katta ahamiyatga egadir: 
- kasallangan odam yoki hayvonlarni erta aniqlash, hisobga olish, izolyasiya 
qilish va davolash; 


65 
- profilaktik emlash tadbirlarini vaqtida o‗tkazish; 
- kasallik tarqalgan joylarda dezinfektsiya ishlarini olib borish, 
sog‗lomlashtirish, jumladan, kasallangan kemiruvchilarni tutish va umuman 
yo‗qotish; 
- kasalxonalar, chorvachilik komplekslari, go‗sht kombinatlari, sut va terini 
qayta ishlash zavodlari, bakteriologik laboratoriyalarni gigiyenik talab asosida 
qurish, jihozlash va ulardan to‗g‗ri foydalanish; 
- yuqorida ko‗rsatilgan ob‘ektlarda sanitar-epidemiologik tartibga rioya qilish; 
- ko‗rsatilgan ob‘ektlardagi hodimlarni gigiyenik qoidalarga o‗qitish, 
ishchilarni maxsus kiyimlar bilan ta‘minlash; 
- ishchilarni tibbiy ko‗riklardan muntazam vaqtida o‗tkazib turish. 
Farmatsevtik korxonalarda biologik omillar, chunonchi antibiotiklar
mug‗orlar, oqsil-vitamin qomplekslar (konsentratlari)i, achitqilar bilan muloqatda 
bo‗lishi mumkin, korxonalarda biotexnologiyalarni qo‗llashda kuzatilib, 
ishchilarda disbakteriozlarni, kandidomikozlarni, allergik kasalliklarni keltirib 
chiqarishi mumkin. Bunday hollarda profilaktik tadbirlar birinchi navbatda 
ko‗rsatilgan omillarning miqdorini ishlab chiqarish muhitida kamaytirishga 
qaratilgan bo‗lishi kerak. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin