Nuraliyeva xafiza otaevna


 ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDAGI SHOVQINNI



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

3.4. ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDAGI SHOVQINNI
 GIGIYENIK BAHOLASH. 
Ishlab chiqarish muhitidagi keng tarqalgan zararli fizikaviy omillar qatoriga 
ishlab chiqarishga doir shovqinni kiritish mumkin. Shovqin deb vaqt birligi ichida 
atrof-muhitga turli tezlik va jadallikda tarqaladigan tovushlar majmuasiga aytiladi. 
Ishlab chiqarish shovqinning asosiy manbai - ishlab chiqarishdagi jihozlarning 
aylanishi, urilishi, ishqalanishidan hamda kuchli havo oqimlari, havo harakati va 
boshqalar hisoblanadi. Shovqinning ishchilar organizmiga nomuvofiq ta‘sir etish 
mumkinligi va ta‘sir etish darajasi shovqinning ta‘sir darajasiga, ta‘sir etish 
muddatiga va chastotali tarkibiga bog‗liqdir.
Odamning qulog‗i 16 dan 20 000 Gs gacha bo‗lgan tovush chastotalarini 
qabul qila oladi. Shovqinlar o‗z tarkibida turli chastotalardagi tovushlarni tutishi 


66 
mumkin, shuning uchun chastotali tarkibi bo‗yicha shovqinlar past chastotali 
(350Gs gacha), o„rta chastotali (350-800 Gs ) va yuqori chastotali (800 Gs dan 
yuqori) shovqinlarga bo‗linadi. Shovqin darajasi 1 sm
2
yuzaga to‗g‗ri keladigan 
energiya qiymati bilan ta‘riflanadi. Ammo akustika va gigiyena amaliyotida 
ko‗pincha nisbiy qiymatlardan foydalanish qabul qilingan bo‗lib, uning energiya 
qiymatidan kelib chiqib, tovushni qabul qilishning logarifmiga bog‗liqligi hisobga 
olinadi. Logarifmik shkalaning o‗lchov birligi Bel hisoblanadi. Tovushlarni qabul 
qiluvchi chegara qiymati 10-16 W/sm
2
ni tashkil qiladi. 1 Bel 10 -15 W/sm
2
ga 
teng. Tovush (shovqin)ning jadalligini 10 marta oshirilganda tovushni qabul qilish 
sezgisi 2 martaga ortadi, 100 martaga oshirganda 4 martaga va h.q. 
Odamning qulog‗i 0 dan 14 Bel (0 - 140 detsibel, dB) chegarasidagi tovush 
energiyasini qabul qila oladi. 140 dB ga teng bo‗lgan tovush (shovqin) lar tovush 
sezgisini emas, balki quloqda og‗riq sezgisini keltirib chiqaradi, shuning uchun 
140 dB dan ortiq bo‗lgan qiymat og„riq chaqiruvchi bo„sag„a deb nomlanadi. 140 
dB dan ortiq bo‗lgan shovqin (tovush) to‗lqinlari quloqning nog‗ora pardasini 
yirtib yuborishi mumkin. Turli korxonalar uchun shovqinning chastotali tarkibini 
hisobga olganda ruxsat etiladigan darajasi SanQ va M № 0325-16 ―Ish joylarida 
shovqin darajasining yo‗l qo‗yiladigan sanitar me‘yorlari ‖ da belgilangan. 
Spektri bo‗yicha shovqin 3 sinfga bo‗linadi: 
-quyi takrorlanuvchi (16-350 Gs) 
-o‗rta takrorlanuvchi (350-800 Gs) 
-yuqori takrorlanuvchi (800 Gs va undan yuqori) 
Yyqori takrorlanuvchi spektrlar ayniqsa eshitish analizatorlariga salbiy ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
Ishchilar organizmida shovqinning ta‘siri ham spetsifik va ham nospetsifik 
o‗zgarishlarni kelib chiqishiga sabab bo‗ladi. Odam mutloq tinchlik sharoitida 
o‗zini yomon his qiladi, ammo shovqinning salbiy ta‘siri uning jadalligi etarlicha 
yuqori ko‗rsatkichlarda bo‗lgandagina kuzatiladi. Yyqori chastotali shovqinlar 
yuqori xavfli hisoblanib, kam jadallikda ham organizmda negativ o‗zgarishlarni 


67 
keltirib chiqaradi. Past yoki o‗rta chastotali shovqinlar esa katta jadallikda 
kuchliroq ta‘sir samaralarini namoyon qiladi.
Shovqinning spetsifik ta‘siri kortiev organidagi sochsimon tolalarda 
degenerativ o‗zgarishlarni keltirib chiqarishi bilan bog‗liq. Natijada ishchilar 
organizmida koxlear nevritni shakllantirib, eshitish sezgisini asta - sekinlik bilan 
pasaytiradi va og‗ir karlik holatiga olib keladi (kasbiy karlik). 
Shovqinning nospetsifik ta‘siri ko‗pgina organlar va sistemalarning 
funksional holatida namoyon bo‗ladi. Markaziy asab tizimi tomonidan tez 
charchash, eslab qolish qobiliyatini yo‗qotish, ish qobiliyatini susayishi, apatiya, 
kuch-quvvatni yo‗qotish, uyqusizlik, yurak-qon tomir sistemasi tomonidan-
bradikardiya, gipertoniya, yoki gipotoniya, asab tizimini ortiqcha zo‘riqishi, 
periferik qon tomirlarining qisqarishi va h.k. Nafas olish organlari tomonidan nafas 
olish tezligi va chuqurligini kamayishi. Sezgi organlari orqali ko‗rish qobiliyatini 
pasayishi, vestibulyar apparati tomonidan bosh aylanish, muvozanatni buzilishi, 
ovqat hazm qilish organlari tomonidan oshqozon shirasini kam miqdorda ajralishi, 
hamda oshqozon va ichak peristaltikalarini susayishi kuzatiladi. Ichki sekretsiya 
bezlari tomonidan buyrak osti bezining giperfunksiyasi, qalqonsimon bezni va 
moddalar almashinuvi karbonsuv, oqsil buzilishi kuzatiladi. 
Organizmdagi spetsifik ta‘sir va hamma o‗zgarishlarning kompleksini 
"shovqin kasalligi" deb nomlanadi. 
Shovqin kuchini aniqlash uchun shovqin o‗lchovchi asboblardan 
foydalaniladi (asboblar: Sh-3M, Sh-63, IRNA, IShK-1, ASh-2M). 
Shovqin balandligini ob‘ektiv o‗lchash uchun maxsus asboblar-shovqin 
o‗lchagichlar (shumomerlar) qo‗llaniladi. Hozirgi kunda inspektor shovqin 
o‗lchagich keng qo‗llanilmoqda. Bu asbob shovqinni, tovush tebranishlarini elektr 
tebranishlariga aylantiradigan mikrofondan iborat. Bu tebranishlar kuchaytiriladi, 
sozlanadi va o‗rtacha quvvati detsebil hisobida darajalangan mikroampermetr 
yordamida o‗lchanadi. Dastadan tebranishlar diapazonlarini o‗zgartirish uchun 
foydalaniladi. 


68 
Ish joyida haqiqiy shovqin balandligini ruxsat etsa bo‗ladigan balandlik 
bilan taqqoslash uchun grafik usulda shovqin spektrogrammasi tuziladi. 
Shovqinning ishchilar organizmiga nomuvofiq ta‘sirining oldini olish uchun 
sog‗lomlashtiruvchi tadbirlar kompleksini o‗tkazish kerak: 
- shovqinni gigiyenik reglamentlash va ish joylarida shovqin darajasini 
nazorat qilish; 
- manbadagi shovqin darajasini pasaytirish (texnik takomillashtirish, 
ta‘mirlash, jihozlarni bir-biriga moslash va b.q.); 
- jihozlar shovqinini izolatsiyalash va shovqin yutuvchi materiallardan 
foydalanish; 
- tashkiliy-rejalashtiruvchi tadbirlar - shovqin tarqatuvchi manbani izolatsiya 
qilish yoki ularni alohida xonaga joylashtirish; 
- agar shovqin darajasini RED ga tushirishning iloji bo‗lmasa - ishchilarni 
shahsiy himoya vositalari bilan ta‘minlash: antifonlar - "Berushi", quloqni 
berkituvchi moslamalar; 
- audiometriya tekshirishini o‗tkazish bilan ishchilarni tibbiy ko‗rikdan 
o‗tkazib turish; 
Kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi 
Sog‗liqni saqlash vazirligining buyrug‗iga binoan bo‗lajak kasb egalari ishga qabul 
qilinishdan oldin tibbiy ko‗rikdan o‗tishlari lozim. 
Ishga qabul qilingan shaxslar shovqinning spektriga qarab, buyruqda 
ko‗rsatilgan muddatlarda tibbiy ko‗rikdan takroran o‗tib turishlari lozim. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin