Nuraliyeva xafiza otaevna


 Gravimetrik usul - havo tarkibidagi chang zarrachalarining miqdorini



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

2. Gravimetrik usul - havo tarkibidagi chang zarrachalarining miqdorini 
aniqlash . 
Bu usul tarkibida chang zarrachalarini tutgan ma‘lum hajmdagi havoni 
suzgichdan (filtrdan) o‗tkazish natijasida tutib qolingan chang miqdoriga qarab 
baho berishga asoslangan. Hozirgi kunda havo tarkibidagi chang va tutun 
miqdorini aniqlash uchun hoki yo‗q filtr qog‗oz, perxlorvenil tolasi (FPP—15), 
oyna, mineral yoki paxta tolasidan foydalaniladi. 
Qog‗oz filtr yoki FPP—15 maxsus patronga (allonjga) o‗rnatiladi . 
Patronlar rezina naychalar orqali reometrga, u o‗z yo‗lida elektr chang 
tortuvchi asbobga ulanadi . 
Elektr chang tortuvchi yordamida reometr ko‗rsatkichiga qarab (1 daqiqada 
15-20 litrdan ko‗p bo‗lmagan) havo patronga o‗rnatilgan filtr orqali ma‘lum daqiqa 
tortiladi. 
Olingan natija: filtrni ishlatgandan keyingi og‗irligidan ish boshlanguncha 
bo‗lgan og‗irligi ayiriladi. 1 daqiqada necha litr havo o‗tkazilgan bo‗lsa, bu 
ko‗rsatkich elektr chang tortuvchi necha daqiqa ishlaganiga ko‗paytirilib, m
3
ga 
aylantiriladi. 
Havodagi chang miqdorini aniqlashda elektr chang tortgichdan tashqari 
aspiratorlardan ham foydalanish mumkin. Havoni aspiratsiya qilish uchun kerak 
bo‗ladigan vaqt, uning qanchalik changlanganligiga qarab aniqlanadi. Bunda filtr 
og‗irligi 3-5 mg dan (FPP dan 1 mg) kam bo‗lmasligi kerak. 
Aspiratsiya vaqtida so‗rilgan havo hajmi oddiy sharoitlarga keltiriladi. 
Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: 


63 
V
0
= V
t
– 273 x B/(273 + t) x 760 
Bu erda: V
0
– oddiy sharoitga keltirilgan aspiratsiyalangan havo 
V
t
– aspiratsiyalangan havo hajmi, litrlarda 
t- xonadagi havo harorati 
B-xonadagi barometrik bosim 
Changning miqdori quyidagi formula yordamida mg/m
3
ko‗rsatishida 
aniqlanadi: 
X = Q
0
– Q
x
x 1000 / V

X —namuna olingan joydagi changning miqdori mg/m

Q
0
—aspiratsiya qilingandan keyingi filtrning vazni 
Q
x
— filtrning aspiratsiya qilinguncha bo‗lgan vazni 
V
0
—oddiy sharoitga keltirilgan aspiratsiyalangan havo. 
Korxona 
sharoitida 
chang 
ta‘sirida kuzatiladigan pnevmokoniotik 
o‗zgarishlar asosan chang tarkibidagi ozod kremniy (II)- oksidi hisobiga 
bo‗lganligi tufayli, uning ruxsat etilgan miqdori (REK) — chang tarkibidagi ozod 
kremniy (II)- oksidining miqdoriga bog‗liq. 
Tarkibida ozod kremniy (II)- oksidini tutishiga qarab aerozollarning korxona 
sharoitida (ish joylarida) ruxsat etilgan miqdori (REK) Davlat standartida
ko‗rsatilgan: 
- kristall tarkibida ozod kremniy (II)- oksidining miqdori 70% dan ortiq bo‗lganda 
- 1 mg/m
3

-10% dan 70% gacha ozod kremniy oksidini tutuvchi changlar uchun - 2 mg/m
3
- chang tarkibidagi ozod kremniy (II)-oksidining miqdori 2 dan 10% gacha 
bo‗lganda (mis sulfidli rudalar, uglerod va ko‗mir changi, loy va h. k.)—4 mg/m
3

-kondensatsiya aerozoli ko‗rinishidagi amorf kremniy (II)- oksidi —1 mg/m
3

-tarkibida 2% dan kam ozod kremniy (II)- oksidi tutgan chang aralashmasi; — 6 
mg/m
3

Silikat tutuvchi chang: asbest — 2 mg/m
3
, asbestotsement, sement, apatit, 
loy — 6 mg/m
3
, talk, chugun — 6 mg/ m
3



64 
Korxonalarning ish zonalarida o‗simliklardan hamda zaharsiz mineral 
birikmalardan hosil bo‗ladigan, tarkibida ozod kremniy (II)- oksidi tutmagan 
aerozollar REK 10 mg/m
3
; dan oshmasligi kerak. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin