61
gravimetrik usul) aniqlanadi. Chang miqdori aniqlanganda bir yo‗la uning
morfologiyasini, kimyoviy tarkibini, organizmning biologik birikmalarida erishini
va solishtirma og‗irligini ham aniqlash mumkin.
Korxonalar havosining changlanganini ifodalash uchun xaritalar,
respirator,
analitik tarozi, allonj, AFA — FPP—15 filtrlari, rezina shlanglar, aspirator (chang
tortuvchi), reometr, eksikator, Ouens-1 apparati, mikroskop, lupa,
mikrometr,
changdan namuna olish uchun oyna va unga qoplama, psixrometr, barometr, ozod
kremniy (II)- oksidining miqdori to‗g‗risida ma‘lumot, yuqori konsentratsiyali
sulfat kislotasi.
1. Konimetrik usul. Bu usul bilan ma‘lum hajmda chang zarrachalari sonini
aniqlash bilan bir qatorda uning kattaligini, shaklini, rangini, o‗tkir
qirralari
borligini aniqlash mumkin. Demak, bu usul chang zarra-chalariga sifat jihatdan
baho berishga imkon beradi. Aksariyat chang zarrachalari mayda bo‗lganligi
tufayli, mikroskop, lupa va h. k. lardan foydalaniladi.
Chang zarrachalarining katta-kichikligini aniqlashda Ouens-1 asbobi
qo‗llanadi. Ouens-1 asbobining ishlashi quyidagilarga asoslangan: avvalo tarkibida
chang zarrachalarini tutgan havo asbobning naysimon qismida suv parlari bilan
to‗yintiriladi (1), so‗ng nasos (2) yordamida tor tuynuk orqali (3) katta bo‗lmagan
kameraga (4)
tortiladi, tortilgan havo tor tuynuk qarshisiga o‗rnatilgan shisha
plastinkaga (5) uriladi. Kameraga nasos orqali tortilib kirgan havo kengayadi,
harorati pasayadi, buning natijasida chang atrofidagi
par bilan qoplanadi
(kondensatsiyalanadi), so‗ng tarkibida chang zarrachalarini tutgan mayda suv
tomchilari oyna sathiga yo‗lchaga o‗xshash shaklda joylashadi, tez orada suv
zarrachalari parlanib, chang shisha plastinkaga o‗rnashib qoladi.
Chang zarrachalarini mikroskopda sanash
uchun maxsus kesilgan
mikroskopik oynaga o‗rtasi ochiq halqa shaklida qirqilgan qog‗oz yopishtiriladi,
so‗ng halqa ustiga asbobdan olingan (chang yo‗li tushgan) qoplagich-yupqa shisha
plastinka (chang yo‗lini ichkariga qilib) yopishtiriladi. Chang zarrachalarini 100
marta katta qilib ko‗rsatuvchi zarrabin (mikroskop) da sanash mumkin. Chang
62
zarrachalari mikroskop okulyariga o‗rnatilgan mikrometrik to‗r (setka)
orqali
sanaladi. Chang zarrachalarining miqdori quyidagi formulaga ko‗ra aniqlanadi:
X = N x S/ S
Bu erda: X- 1 ml havo tarkibidagi chang zarrachalarini soni
N- 1 satxda chang yo‗li bo‗yicha ko‗ndalang yotgan chang zarrachalari soni
S-butun chang yo‗li orqali tortilgan havoning hajmi
S- nasos orqali tortilgan havoning hajmi
Dostları ilə paylaş: