Nuraliyeva xafiza otaevna


Ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillari tasnifi



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillari tasnifi. 
Zararli va havfli ishlab chiqarish omillari tabiatiga ko‗ra quyidagi guruhlarga 
bo‗linadi: fizikaviy; kimyoviy; biologik; psixofizik 


51 
Fizikaviy zararli va xavfli ishlash omillari quyidagilarga bo„linadi: 
-harakatlanuvchi mexanizmlar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalarining 
so‗riluvchi qismlari; 
- ishchi zonasining yuqori changlangani va gazlangani; 
- ishchi zonasi havosining haroratining yuqori yoki pastligi; 
- shovqinning yuqori darajaliligi, vibratsiya, ish joyidagi ultratovush
infratovush;
- havo namligini oshishi yoki pasayishi; 
- barometrik bosim oshishi yoki pasayishi;
- elektrstatik maydonining darajasining oshishi; 
- elektr magnit nurlanish darajasi oshishi; 
- tabiiy yorug‗lik kamligi yoki yo‗qligi; 
- ish zonasining yoritilganligi etishmasligi; 
- infraqizil radiatsiya darajasining oshishi. 
Ishlab chiqarishning kimyoviy zararli va xavfli omillari quyidagicha:
1. Inson organizmiga ta‘siri quyidagicha xarakterda bo‗ladi: allergen, toksik, 
sensibillovchi, kanserogen, mutagen, reproduktiv faoliyatga ta‘sir qiluvchi 
(teratogen) 
2. Inson organizmiga kirish yo‗li bo‗yicha: nafas olish organlari, oshqozon- 
ichak yo‗li, teri va shilliq pardalar orqali. 
3. Ishlab chiqarishning biologik zararli va havfli omillari o‗z ichiga: biologik 
manbalarni, 
patogen 
mikroorganizmni 
(rikketsiya, 
bakteriya, 
virus 
va 
zamburug‗lar) va ularning hayot mahsulotlarini oladi. 
4. Ishlab chiqarishning psixofiziologik zararli va xavfli omillari quyidagicha: 
jismoniy zo‗riqish va ruxiy zo‗riqish. Jismoniy zo‗riqish quyidagicha bo‗ladi: 
statik va dinamik. 
Ruhiy zo‗riqish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: aqliy zo‗riqish, 
analizatorlarning zo‗riqishi, mehnatning monotonligi, emotsional zo‗riqish. 


52 
Gigiyenik tasnifga muvofiq mehnat sharoitlarini zararli va xavflilik ish 
jarayoni og‗irligi va keskinligi ko‗rsatkichlari SanQvaM №0350-17 va SanQ va M
№ 0183-05 ish sharoiti 4 sinfga bo‗linadi: 
1 sinf – optimal ish sharoiti
2 sinf – ruxsat etilgan ish sharoiti 
3 sinf – zararli ish sharoiti (gigiyenik normativ darajasi oshishi va ishchi 
organizmida o‗zgarishlar) yaqqolligi bo‗yicha 4 darajaga bo‗linadi. 
4 sinf – o‗ta xavfli ish sharoiti.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin