43
Tashkiloti o‗z e‘tiborini shu masalalarga qaratgan. Ular tomonidan xavfsiz oziq-
ovqat tayyorlash va iste‘mol qilish uchun 10 ta qoida ishlab chiqilgan.
1. Xavfsizlik uchun oziq-ovqat yaxshisini qayta tanlang.
2. Oziq-ovqatlardan sabzavotlarni ko‗proq tanlash.
3. Yangi pishirilgan oziq-ovqat iste‘mol qilish.
4. Yangi pishirilgan oziq-ovqatni maxsus idishlarda saqlash.
5. Pishirilgan ovqatlarni me‘yorda isitish.
6. Xom va pishirilgan oziq-ovqat o‗rtasida chegara saqlash.
7. Qo‗llarni yuvish.
8. Barcha oshxonalarni tozaligiga sinchiklab qarash.
9. Hasharotlar, kemiruvchilar va boshqa hayvonlardan oziq-ovqatni himoyalash.
10. Toza suvdan foydalanish.
Amerika Qo‗shma Shtatlarida davlat va mahalliy tashkilotlar tekshirish,
nazorat ostiga olish va monitoring qilishni o‗z zimmasiga oladi. Bular o‗z
huquqidan kelib chiqqan xolatda restoranlar, chakana oziq-ovqat sotadigan
muassasalar, don maxsulotlari bilan shug‗ullanuvchilar va oziq-ovqat
muassasalarini tekshiradi. Ularning maqsadlari oziq-ovqat maxsulotlarini
xavfsizligini tekshirish va ulardan to‗g‗ri foydalanish, ularni chakana va ulgurji
savdoga chiqarish va marketing sohasini nazoratga olishdan iborat. Bu vazifalarni
bajarishda maxsulotlarni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash usullarini tekshirish,
eksertiza qilishni tashkillashtirish va oziq-ovqat muassasalarni litsenziya uchun
ruxsat berishdir. Ishlab chiqarishda va qayta ishlashda har bir joyda oziq-ovqatni
tekshirish va tarqatish imkoniyati mavjuda emas. Shu tufayli imtiyozli qoidalarga
rioya qilish kerak bo‗ladi. Uzluksiz ishlab chiqarish va ehtimoliy ishlab
chiqarishda birinchi navbatda talablarga mos kelmaganligi uchun jarima va
ma‘muriy javobgarlikka tortiladi.
Dostları ilə paylaş: