48
III. BOB. MEHNAT GIGIYENASINING UMUMIY ASOSLARI VA
MEHNATNI MUHOFAZA QILISH. ISHLAB CHIQARISH MUHITIDAGI
FIZIKAVIY, KIMYOVIY VA BIOLOGIK OMILLAR.
3.1. MEHNAT GIGIYENASI ASOSLARI TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA.
Mehnat gigiyenasi — umumiy gigiyena fanining bir qismi bo‗lib, mehnat
jarayoni va ishlab chiqarish muhiti sharoitlarining organizmga ta‘sirini o‗rganish
bilan bir qatorda ishchi xodimlarning sog‗lig‗ini saqlash, ish qobiliyatini va
mehnat unumdorligini oshirishni ta‘minlaydigan gigiyenik va profilaktik
tadbirlarni ishlab chiqadi.
Mehnat gigiyenasining asosiy maqsadi mehnat
sharoitlarini yaxshilash va
ishchilar salomatligini muhofazasiga qaratilgan sanitar – gigiyenik, davolash
profilaktik chora tadbirlar kompleksini yaratishdir.
Mehnat gigiyenasining asosiy vazifalari :
1) optimal ish sharoiti yaratish; 2) umumiy kasallanish va jarohatlanishni
pasaytirish, kasb kasalliklarini oldini olish; 3) mehnat unumdorligini oshirish.
Ish sharoiti - ishchini o‗rab turgan muhitni va ishlab chiqarish jarayonining
omillari ta‘sir majmuidir.
Ish sharoiti va mehnatni tashkil etilgani bu ishlab
chiqarishdagi zararli va
xavfli omillar, ish davomiyligi, dam olish davomiyligi va ularning almashinib
turishi hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida ish vaqti tushunchasiga
quyidagicha ta‘rif berilgan ―Ish vaqti deb, ishchining
ish tartibi yoki grafigiga
yoki kelishuv asosida o‗zining ish majburiyatini o‗tashi tushuniladi.‖ Kasb
kasalligi ayni shu kasb uchun spetsifik hamda ishlab chiqarish muhitining yoki ish
jarayonining zararli va havfli ta‘siri natijasida orttirilgan kasallik.
Respublikamizda ishlab chiqarish korxonalarida ish sharoitini va mahsulot
sifatini yaxshilash, unumdorlikni oshirish, kasb kasalliklarini oldini olish
maqsadida bir qancha me‘yoriy xujjatlar ishlab chiqilgan:
49
1. SanQvaM № 0325-16 ―Ish joylarida shovqin darajasiga bo‗lgan
sanitar
me‘yorlar‖
2. SanQ va M № 0326-16 ―Ish joylaridagi umumiy va mahalliy vibratsiyaning
sanitar me‘yorlari‖.
Kasb tufayli salbiy ta‘sir etuvchi omillarni 4 guruhga bo‗lish mumkin.
1. Mehnatni noto‗g‗ri tashkil qilishga aloqador zararlar: a) tananing uzoq
vaqtgacha bir vaziyatda bo‗lishi; b) harakat boshqaruvi va ayrim sezgi a‘zolari
(ko‗rish, eshitish) ning ortiqcha zo‗riqishi; v) noto‗g‗ri mehnat tartibi.
2. Ishlab chiqarish jarayoniga aloqador zararlar: a) fizikaviy omillar (noqulay
mikroiqlim, atmosfera bosimining o‗zgarishlari va boshqalar); b) kimyoviy omillar
(gazlar, zaharli birikmalar va boshqalar); v) biologik omillar (mikroorganizmlar,
gijjalar ularning tuxumlari va boshqalar); g) radiologik omillar va boshqalar.
3. Mehnat sharoitiga aloqador zararlar: havo almashinishi ya‘ni ventilyasiya,
yoritilish, maydon sathi, uning hajmi va boshqalarning etarli bo‗lmasligi.
4. Asab tizimining me‘yoridan ortiqcha zo‗riqishi.
Ishchi organizmiga bu omillarning ta‘siri natijasida kasbga aloqador
kasalliklar rivojlanishi mumkin (pnevmokoniozlar, tebranish va korxona shovqini
natijasida karlik va boshqalar). Hozirgi vaqtda kasb kasalliklari sonining o‗sishiga
asosan, surunkali kasalliklar va zaharlanishlar sabab bo‗lmoqda. Kasb
kasalliklarining oldini olish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash
vazirligining ―Xodimlarni tibbiy ko‗rikdan o‗tkazish tartibi to‗g‗risidagi nizomni
tasdiqlash haqida‖ 2012yil 10 iyuldagi 200- sonli buyrug‗iga binoan Respublikada
ishga qabul qilishdan oldin va ishlash paytida takroriy tibbiy ko‗riklardan
o‗tkazish tizimi joriy etilgan.
Buyruqda tibbiy ko‗rikni o‗tkazish tartibi to‗g‗risida ma‘lumotlar
batafsil
keltirilgan.Unda Ish beruvchi hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati va
tashkilotning kasaba uyushmasi qo‗mitasi bilan birgalikda har kalendar yilning 1
dekabrigacha tashkilotdagi tibbiy ko‗rikdan o‗tkazilishi shart bo‗lgan xodimlarning
lavozim bo‗yicha kontingentini aniqlashi va bu haqda mazkur Nizomda keltirilgan
shaklga muvofiq dalolatnoma tuzishi lozim. Ish beruvchi tibbiy ko‗rikdan
50
o‗tkazilishi shart bo‗lgan xodimlarning lavozim kontingentidan kelib chiqib
hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmati
va tashkilotning kasaba uyushmasi
qo‗mitasi bilan kelishgan holda tibbiy ko‗rikdan o‗tishi shart bo‗lgan xodimlarning
ro‗yxatini tuzadi va tibbiy ko‗rikni o‗tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasiga
taqdim etadi.
Tibbiy ko‗rikdan o‗tishi shart bo‗lgan xodimlarning ro‗yxatida tashkilot
nomi,
xodimning kasbi, u ishlayotgan sex yoki boshqa bo‗linma nomi, ishlab
chiqarishning xavfli va zararli omillari hamda xodimning ushbu omillar ta‘siridagi
ish staji ko‗rsatiladi.
Xodimlarni tibbiy ko‗rikdan o‗tkazish maqsadida tibbiy ko‗rikni
o‗tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasining rahbari tomonidan hududiy
sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan kelishilgan holda mazkur Nizomda
keltirilgan shaklga muvofiq xodimlarning tibbiy ko‗rikdan o‗tkazishning kalendar
rejasi tuziladi.
Agar xodim o‗z sog‗lig‗ining holati mehnat sharoiti bilan bog‗liq holda
yomonlashgan
deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‗rikdan o‗tkazishni
talab qilish huquqiga ega.
Dastlabki tarzda tibbiy ko‗rikdan o‗tishi shart bo‗lgan xodimlar tashkilot
tomonidan tibbiy ko‗rikni o‗tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasiga mazkur
Nizomda keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etilgan yo‗llanma asosida tibbiy
ko‗rikdan o‗tkaziladi.
Mehnat sharoiti va ish jarayoni quyidagicha:
1. Ishlab chiqarish va texnologik jarayon turi (mashina qurilishi, kimyoviy
sanoat qurilishi).
2. Mehnatni tashkil qilinishi (mexanizatsiya
darajasi, stanokda ishlash, dam
olish, mehnat).
3. Kasbga ta‘luqlilik.
Dostları ilə paylaş: