Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

 
 


54 
3.2. ISHCHI ZONASI HAVOSI CHANGINING GIGIYENIK AHAMIYATI 
Ishlab chiqarish korxonalarida eng ko‗p tarqalgan salbiy omillardan biri 
chang hisoblanadi. Chang deb, zarrachlarning diametri mm ning bir necha 
ulushidan milimikronlargacha kattalikka ega bo‗lgan qattiq zarrachalarning havo 
muxitida muallaq holda bo‗lishiga aytiladi va ularni aerozollar deb nomlash ham 
mumkin.
Changlar tabiatda hosil bolishiga qarab ikki xil bo‗ladi: tabiiy va sun‘iy. 
Tabiiy changlar – tabiatda hosil bo‗ladigan changlar (shamollar ta‘sirida hosil 
bo‗ladigan changlar, vulkon changlari va boshqalar). Sun‟iy changlar – inson 
faoliyati natijasida (biron bir buyumga ishlov berish natijasida) hosil bo‗ladi.
Sanoat changlari kelib chiqishi bo‗yicha quyidagicha bo‗lishi mumkin: 
1. 
Organik— o‗simlik changlaridan tashkil topgan (paxta, daraxt, tamaki, 
o‘simlik va boshqalar) va hayvon mahsulotlarini qayta ishlash natijasida hosil 
bo‗ladigan chanlarg (suyak, jun, teri va boshqalar); 
2. 
Noorganik— mineral birikmalardan va metal changlaridan tashkil topgan
(kvars, silikat changi va boshqalar); 
3. 
Aralash changlar (organik va noorganik changlar).
Chang o‗zining fizik-kimyoviy xususiyatlariga ko‗ra aerozollarga kiradi, 
ya‘ni dispers muhit gazdan, dispers fazasi esa qattiq yoki suyuq moddalar 
zarrachalaridan tashkil topgan bo‗ladi. 
Hosil bo„lishiga qarab quyidagilarga bo„linadi: 
1. Maydalangan aerozollar (dezintegratsiya aerazoli) — qattiq jismning mexanik 
yo‗l bilan maydalanishi natijasida hosil bo‗lgan zarrachalar. 
2. Kondensatsiya natijasida hosil bo‗lgan aerazollar (eritish, payvandlash va 
boshqalar). 
Bunda dispers faza sifatida chang zarrachalari, dispersli muxit esa - havo 
hisoblanadi. Gigiyenik ahamiyatga faqat havo muxitida bo‗ladigan changning 
konsentratsiyasigina emas, balki uning kelib chiqishi, kattaligi va chang 
zarrachasining tabiati xam muhimdir. Chang zarrachalarining shakli uning qanday 
hosil bo‗lishiga bog‗liq.


55 
Chang zarrachalarining katta-kichikligi bo‗yicha (chang dispersligi) katta 
dispersli (chang zarrachlarining kattaligi - 10 nm), o‗rta dispersli (5-10 nm), kichik 
dispersli (0,25 - 0,5 nm) va ultrakichik dispersli (0,25 nm dan kichik) changlarga 
bo‗linadi. Changning kimyoviy tarkibi katta gigiyenik ahamiyatga ega, chunki 
changning organizmga ta‘sir ko‗rsatish harakteri unga bog‗liq bo‘ladi va 
quyidagilarga farqlanadi: fibrogenli, qo‗zgatuvchi yoqi qichituvchi, toksik 
(zaxarli), allergenli ta‘sirlar.
Fibrogenli ta‘siri: changga oid patologiya va eng ko‗p va og‗ir kechadigan 
kasb kasalliklariga kiradi. Chang ta‘siri natijasida spetsifik va nospetsifik kasb 
kasalliklari kelib chiqadi. Spetsifik kasb kasalligiga pnevmokoniozlarni kiritish 
mumkin. «Pnevmokoinoz» atamasini tibbiyotga 1866 yili Senker kiritgan, 
pnevmokoinoz so‘zining ma‘nosi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, «pnevmon»- 
«o‗pka», «konis»-chang demakdir. 
Changlarning kimyoviy tarkibiga qarab pnevmokoniozning quyidagi turlari 
mavjud: 
1. Silikoz — ozod kremniy (II)- oksidini ko‗p miqdorda tutuvchi changning 
surunkali ta‘siridan yuzaga keladigan kasb kasalligi. 
2. Silikatozlar (asbestoz, talkoz va boshqalar) kremniy (II)- oksidni birikma holida 
tutuvchi, minerallar, silikatlarning surunkali ta‘siri natijasida kuzatiladigan kasb 
kasalliklari. 
3. Antrakoz— ko‗mir changining ta‘siri sababli yuzaga keladigan kasb kasalligi. 
4. Sidiroz – temir changi ta‘sirida kelib chiquvchi kasb kasalligi. 
5. Amiloz – un va kraxmal changi ta‘sirida kelib chiquvchi kasb kasalligi. 
6. Bissinoz – paxta changi ta‘sirida kelib chiquvchi kasb kasalligi. 
Silikoz kasalligi pnevmokoniozlar orasida eng ko‗p tarqalgan va bu 
kasallikning kelib chiqish tezligi changning havodagi konsentratsiyasigagina 
bog‗liq bo‗lmay, balki uning organizmga ta‘sir etish muddatiga, chang tarkibidagi 
ozod kremniy oksidining foizdagi miqdoriga bog‗liqdir. Shuning uchun "zaxarsiz" 
bo‗lgan changlarga gigiyenik me‘yor ishlab chiqishda uning tarkibidagi ozod 
kremniy oksidining foizdagi miqdori inobatga olinadi.


56 
Pnevmokaniozlar ko‗pincha sil kasalligi kabi og‗ir asoratlar sababli bo‗ladi. 
Pnevmokaniozlarning tuberkulyoz bilan birikishi kaniotuberkulyoz deb ataladi. 
Silikoz azod kremniy (II)- oksid (qum tuproq changi) uzoq vaqt davomida 
(yillar davomida) nafas bilan tushib turganda paydo bo‗ladigan kasallik, bu 
kasallikda o‗pka chandiq bo‗lib qoladi. Silikoz chang chiqadigan korxonalarda, 
ko‗mir va ruda konlarida, metall quyish jarayonida toshtaroshchilar, 
shishataroshlovchilar, quymalarni qum bilan tozalovchilar shuningdek, o‗tga 
chidamli moddalar ishlab chiqaruvchi ishchilarda uchraydi. Tarkibida 10% dan 
ortiq kremniy 2-oksid bo‗lgan changlar silikoz kasalligini sababchisidir. Korxona 
sharoitida u faqat 0,01 dan 5 nm diametrgacha chang zarrachalari bor joylarda 
uzoq muddat ishlaganda paydo bo‗ladi.
Pnevmokoinoz turlari ichida silikoz 
patogenezi yaxshi o‗rganilgan. Silikoz patogenezini tekshirishda dastlab asosan 
ikki bosqich qayd qilingan. Birinchi bosqichda fizikaviy va kimyoviy 
xususiyatlarini hisobga olgan holda changning ta‘sir qilish mexanizmi aniqlanadi. 
Ikkinchi bosqich-o‗pkada qo‗shuvchi to‗qimalardan hosil bo‗lgan patologik 
fibrozning hosil bo‗lish mexanizmini aniqlashdan iborat. Changning organizmga 
ta‘sir mexanizmi to‗g‗risida bir qancha nazariyalar mavjud.
Bu nazariyalar ichida 
―kalloid‖ nazariyasi ma‘lum darajada diqqatni o‗ziga jalb etadi. Ozod kremniy (II)-
oksidining kristallangan panjarasi (reshetka) shikastlanmagan holatda juda 
chidamli bo‗ladi, shu sababli, to‗qima bilan reaksiyaga kirish xususiyatiga ega 
emas. Agar kristallangan panjara shikastlansa, bunday holda kremniy (II)-
oksidining parchalanishi kuzatiladi, buning natijasida u oqsil molekulalarining 
aminokislotalari bilan tez reaksiyaga kirishib, erimaydigan birikma hosil qiladi, 
kelgusida bu birikma patologik qo‗shuvchi to‗qima hosil bo‗lishida asosiy manba
bo‗lib xizmat qiladi. Chunonchi, kolloid nazariya, mexanik ta‘sir ko‗rsatuvchi 
nazariyani aytib o‗tish mumkin. Shu narsa aniqki, ozod kremniy (II)-oksid ta‘sirida 
to‗qima oqsili denaturatsiyaga uchraydi, ya‘ni oqsil molekulalarining tuzilishi 
o‗zgaradi, lekin qo‗shuvchi to‗qimaning (fibroz) hosil bo‗lish mexanizmini 
yoritmaydi. Bundan tashqari, denaturatsiyaga uchragan oqsil qanday qilib qo‗pol 
tolali qo‗shuvchi to‗qimaga o‗tganligi haqida ham fikrlar yo‗q. Xuddi shunday 


57 
hosil bo‗lgan patologik qo‗shuvchi to‗qima denaturatsiyaga uchragan oqsilga 
nisbatan himoya vositasi deyishga ham asos yo‗q.
Biriktiruvchi to‗qima ko‗paygan sari o‗pkaning ayrim qon tomirlari 
bronxiolalarni siqa boshlaydi. Kasallikda to‗qima chandiqlari bilan almashgan 
alveolalar nafas olganda to‗la kengaya va nafas chiqarganda toraya olmay qoladi, 
sekin-asta organizm uchun zarur bo‗lgan havo hajmini o‗zidan o‗tkazish 
xususiyatini yo‗qotadi. Korxona xizmatchilarining chang sharoitida ishlash davri 
oshgan sari alveolalar o‗rnida mayda qo‗shimcha to‗qimalaridan tashkil topgan 
tugunchalar hosil bo‗ladi, kelgusida bu mayda tugunchalar bir-biri bilan qo‗shilib, 
kattagina qurama (konglomerat) hosil qilishi mumkin. Bu quramalar nafas olishda 
ishtirok etmay qoladi.
Silikoz nafas a‘zolarida og‗ir sklerotik o‗zgarishlar bilan 
namoyon bo‗ladi. Shu bilan bir qatorda ma‘lum o‗zgarishlar asab, limfa, yurak-
tomir sistemasida, me‘da va ichakda hamda boshqa a‘zolarda kuzatiladi. Demak, 
silikoz umumiy kasallik bo‗lib, o‗pka to‗qimalarida bir qator o‗zgarishlar paydo 
bo‗lishiga olib keladi. Chunonchi, bronxlarning elastikligi pasayadi, ba‘zi hollarda 
spazma shishi kuzatiladi. 
O‗pkadagi sklerotik o‗zgarishlar kichik qon aylanish doirasiga ham ta‘sir 
qiladi. Bunday hollarda elektrokardiogrammada yurakning elektrik o‗qi o‗ngga 
engashishi-bu esa yurakning o‗ng qorinchasi kengayishi bilan ifodalaniladi. 
Pnevmokoinoz bilan og‗rigan odamlar o‗pkasida ikki xil-tugunchali hamda 
tarqalgan sklerotik (diffuz-sklerotik) turdagi morfologik o‗zgarishlar kuzatiladi. 
Silikozga faqatgina sifatli va ishonchli rentgenogramma belgilariga qarab tashxis 
qo‗yish mumkin. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin