Kasallik 2 turga bo‗linadi: mahalliy va umumiy vibratsiya
kasalligiga. Mahalliy tebranish ta‘siriga ko‗pincha qo‗llar uchraydi, umumiy
tebranishda esa butun tana (transport haydovchilari), ishchilarga ko‗pincha ham
umumiy ham mahalliy tebranish ta‘sir qiladi (stanokda ishlovchilar).
Mahalliy vibratsiya 3 bosqichga bo„linadi:
I bosqich – boshlang„ich davr. Bunda qon tomirlarning shikastlanishi
kasallikning asosiy belgisi hisoblanadi. Jumladan periferik qon tomirlari faoliyati
xamda umumiy gemodinamika, kapillyarlar maromi buziladi. Bemor sovuq
qotganda yoki qo‗lini suvda yuvganda to‗satdan barmoqlari oqarganini payqaydi
II bosqich – o„zgarishlar deyarli yuzaga chiqqan davr. Bunda qon
tomirlar qisqarishi natijasida to‗qimalarning oziqlanishi buzilib, barmoqlar
shishadi, sovuq qotib uvishadi, sezuvchanlik kamayadi.
III bosqich – kasallikning rivojlangan davri. Bunda vibratsiya
kasalligining polinevropatik alomatlari yuzaga keladi. Qo‗l ezib,mijg‗ib uzoq
muddat og‗riydi, asosan kechasi uxlab yotganda, yoki dam olganda qo‗l uvishib
qoladi. Sezgirlik yo‗qoladi, qo‗llar muzdek bo‗lib qoladi. Kasallikning bu
bosqichida ta‘m bilish va og‗riqni sezish susayadi. Suyak sistemasida: artroz,
artritlar, kista, o„smalar paydo bo‗ladi.
Umumiy vibratsiya kasalligi xam 3 ta bosqichda kechadi.
I bosqich- boshlang„ich davrda angiodistoniya sindromi (markaziy yoki
periferik); vegetativ-vestibulyar sindromi; sensor sindromi (vegetativ-sensorlik);
oyoqlarda polinevropatiya alomatlari bo‗ladi.
II bosqich- kasallikning rivojlangan davri, bunda serebral periferik
angiodistoniya
sindromi:
sensor
sindromi
(vegetativ
sensorlik)
hamda
polinevropatiya radikulit alomati bilan, umurtqaning bel va dumg‗aza bo‗limlarida
osteoxondroz alomatlari, asab sistemasi o‗zgarishlari paydo bo‗ladi.
73
III
bosqich-
kasallikning
o„ta rivojlangan davri, sensomotor
polinevropatiya va periferik sindromi polinevropatiya bilan birga ditsirkulyator-
ensefalopatiya sindromi o‗zgarishlari bilan qayd qilinadi.
Tebranish odam organizmiga ko‗zga ko‗rinarli ta‘sir ko‗rsatish xususiyatiga
ega. Organizmda kelib chiqadigan o‗zgarishlarning xarakteri va chuqurligi,
tebranish darajasiga, uning chastotali tarkibi va organizmga ta‘sir qilish muddatiga
bog‗liqdir. Tebranishning uzoq muddatli ta‘sir ko‗rsatishi, ayniqsa boshqa turdagi
nomuvofiq omillar bilan qo‗shilib ta‘sir etganda (sovutuvchi mikroiqlim, shovqin)
vibratsion kasallikning shakllanishiga sabab bo‗ladi. Bu kasallik mahalliy, umumiy
tebranish ta‘sir etganda rivojlanadi, ammo eng ko‗p ahamiyatga mahalliy tebranish
ta‘siri egadir, chunki u ishchining qo‗llariga ta‘sir etadi. Kasallikning rivojlanish
asosi murakkab mexanizmga ega bo‗lib, neyroreflektor va neyrogumoral
buzilishlar hisoblanadi, shu bilan birga eng ko‗p darajada qon tomirlari tonusining
boshqarilishi izdan chiqadi. Kapillyarlarning uzoq muddatli spastik holati
natijasida asta-sekinlik bilan nerv - mushak va suyak - bo‗g‗in apparati
jarohatlanib, polinevropatiya, sezgilarning buzilishi, mushaklarning o‗zgarishi,
suyak to‗qimasining degenerativ - distrofik o‗zgarishlari, bo‗g‗inlarning
o‗zgarishlarida
namoyon
bo‗la
boshlaydi.
Alohida
(chegaralangan)
tebranishlarning surunkali ta‘siridan organizmda quyidagi funksional o‗zgarishlar
yuzaga keladi: tebranishga va tashqi muhit ta‘siriga bo‗lgan sezgirlik yo‗qoladi,
kapillyarlarda tropik o‗zgarishlar, jumladan ularning qisqarishi, oxiriga etmay
uzilishi va h.k. kuzatiladi. Qo‗llarning hajmi vena qon tomirlarida qonning sekin
siljishi (dimlanishi) natijasida kattalashadi, harorati pasayadi. Uzoq vaqt davomida
tebranishlarning ta‘siri tufayli, tebranish kasalligi (tomir tortishi, mayda
tomirlarning siqilishi, mushak-suyak va biriktiruvchi to‗qimalarning o‗zgarishi)
kelib chiqadi.
Umumiy tebranish ta‘sir etganda ko‗pincha vestibulopatiya belgilari
namoyon bo‗lib, bosh aylanishi, bosh og‗rishi, gipergidroz holatlari kuzatiladi.
74
Har qanday holda ham vibratsion kasallik umumiy kasallik hisoblanib,
yuqorida keltirilgan kasallik belgilaridan tashqari MNS, hazm qilish organlari,
jinsiy organlar faoliyatidagi o‗zgarishlari qayd qilinadi.
Vibratsiyani gigiyenik baholash usullari, me‟yorlashtiriladigan parametrlar va
ularning ruxsat berilgan kattaliklari
Odamga ta‘sir qiluvchi vibratsiyani gigiyenik baholash quyidagicha amalga
oshiriladi:
- me‘yorlanayotgan parametrning chastotali (spektral) tahlili bo‗yicha;
- me‘yorlanayotgan parametr chastotasi bo‗yicha integral baholash orqali;
- vibratsiya dozasi bo‗yicha.
Odamga umumiy va mahalliy vibratsiya ta‘sirini tavsiflovchi asosiy usul bu
chastotali tahlil hisoblanadi; omilning taxminiy bahosini berish uchun chastotali
usulga integral bo‗lgan usul bilan baholanadi, ta‘sir vaqtini hisobga olgan holda
vibratsiyani baholash uchun vibratsiya dozasi aniqlanadi.
Chastotali (spektral) tahlilda me‘yorlashtiriladigan parametrlarga kiradi:
vibratsiya tezligining o‗rtacha kvadratik kattaligi «v», yoki vibratsion tezlanish
«a», (yoki ularning logarmik darajalari Lv, La), ular chastotalar oktav qatorlari
bo‗yicha o‗lchanadi. Me‘yorlashtiriladigan parametrlarni chastotalar oktav
qatorlari 1/3 qismi bo‗yicha o‗lchashdan foydalanish ruxsat beriladi.
Tebranish vibrometr yoki vibrograf asboblar bilan aniqlanadi. Ularning
uslubi, shovqin o‗lchaydigan asboblar bilan bir xilda, shuning uchun tovush
o‗lchash asboblaridan foydalaniladi (IShV-10), faqat o‗tkazuvchi (datchik) o‗rniga
mikrofon ulanadi.
Agar tebranish takrorlanishi 10 Gs dan kam bo‗lsa, bu asboblarni ishlata
olmaymiz,
shuning
uchun
tebranishni
aniqlashda
quyi
takrorlanuvchi
vibroo‗lchagich asboblari NVA -1 ishlatiladi, bu asboblar diapazoni 1,4-355 Gs ga
teng tebranishlarni aniqlaydi.Tebranishlar odam gavdasiga ta‘siri tufayli har xil
organlar va to‗qimalarning qo‗zg‗alishi kuzatiladi, buning natijasida organizmning
funksional holati o‗zgaradi.
|