Nuraliyeva xafiza otaevna


 VIBRATSIYA. VIBRATSIYA KASALLIGI VA UNING



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

3.5. VIBRATSIYA. VIBRATSIYA KASALLIGI VA UNING 
PROFILAKTIKASI 
Jismning biror o‗rta vaziyatda uzluksiz ravishda goh o‗ng, goh chap 
tomonga og‗ishi bilan takrorlanadigan harakat tebranma harakat yoki vibratsiya 
deb ataladi. 
Tebranma harakatda jismning o‗rta vaziyatdan og‗ishini ifodalovchi oraliq 
surilish yoki harakat yo„nalishi deb ataladi. 


69 
Tebranishning manbai qattiq jismlarning mexanik tebranishi bo‗lib, ishchilar 
organizmiga shovqindan farqli o‗laroq qandaydir muhitlar orqali uzatilmay (havo, 
suv), balki ishchi tanasining tebranuvchi jismga bevosita tegishi orqali uzatiladi. 
Tebranish ham chastotasi va amplitudasi bilan ta‘riflanadi. Tebranishining 
chastotasi Gs larda ifodalaniladi. 1 Gs -1 sek ichidagi tebranish soni. Amplituda –
mm yoki sm da ifodalaniladi. Tebranish tezligi sm sek da ifodalaniladi Tebranish 
qiymatini vibro tezlanish ifodalaydi va u chastota va amplitudaning hosilasi 
hisoblanadi. Shovqin kabi tebranish qiymati nisbiy birlikda - db ifodalanadi. 5 x 10 
sek tebranish tezligi 5 x 10 sek nol hisobida olinadi 
Bunda 0 db qilib 5 x 10 -5 m/sek vibro tezlanish qabul qilingan (eshitish 
bo‗sag‗asi - 5 x 10 -4 m/sek, og‗riq bo‗sag‗asi - 1 m/sek).
SanQ va M №0326-16 ―Ish joylaridagi umumiy va mahalliy vibratsiyaning 
sanitar me‘yorlari‖ da vibratsiya turlari va ularni ruxsat etilgan me‘yorlari 
to‗g‗risida ma‘lumotlar keltirilib o‗tilgan. 
Vibratsiya vaqtinchalik tavsif bo„yicha farqlanadi: 
- doimiy vibratsiya, uning uchun spektral yoki korreksiya qilingan chastota 
bo‗yicha nazorat qilinuvchi parametr kuzatuv davri mobaynida 2 martadan ortiq 
o‗zgarmasligi lozim (6 db); 
- doimiy bo‗lmagan vibratsiya, uning uchun ushbu parametrlar kuzatuv davri 
mobaynida 2 martadan ortiq o‗zgaradi (6 db). 
Doimiy bo„lmagan umumiy va lokal (mahalliy) vibratsiya quyidagilarga bo„linadi: 
- vaqt oralig‗ida tebranuvchi, ular uchun tebranuvchi tezlik darajasi vaqt oralig‗ida 
uzluksiz o‗zgarib turadi; 
- uzluksiz bo‗lmagan, unda opreratorning vibratsiya bilan bog‗liqligi ish jarayonida 
uzilib turadi, bog‗liqlik kuzatiladigan davr mobaynidagi intervallar davomiyligi 1 s 
dan ortiq bo‗lishi kerak; 
- impulsli, ular har biri 1 s dan kam davom etadigan davomiylikka ega bir yoki bir 
nechta vibratsion ta‘sirdan iborat bo‗ladi (masalan, zarbalar). 
Shakllanish manbasiga ko„ra umumiy vibratsiya quyidagi toifalarga bo„linadi: 


70 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin