Nuraliyeva xafiza otaevna


Na’matak damlamasini tayyorlash



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Na’matak damlamasini tayyorlash: 
Na‘matak mevalari vitamin ―S‖ va ―P‖ ning tabiiy manbai hisoblanadi. Qizil 
rangdagi quritilgan meva 15,0 gramm gacha askorbin kislotasini tutadi.
Damlama tayyorlash uchun 20 gramm tozalangan mevani 1 stakan suvga 
mo‗ljallanadi. Uni sovuq suvda chayib havonchada yaxshilab maydalanadi. So‗ng 
qaynoq suv bilan 10 daqiqa davomida qaynatiladi. Qaynatilgandan keyin shu 
idishning o‗zida 2-3 soat tindiriladi. Mis temir idishlar qaynatish uchun 
yaroqsizdir, chunki ular askorbin kislotasining oksidlanishida katalizator vazifasini 
o‗taydi. 
Olingan damlamani qalin mato yoki paxta orqali filtrlanadi. 1 kun 
mobaynida qabul qilingan damlamaning miqdorini uning tarkibidagi askorbin 
kislotasining miqdoriga qarab belgilanadi. Taxminan bir kun mobaynida ¼ yoki ½ 
stakandagi damlama iste‘mol qilinishi mumkin. 
Damlamani maydalangan na‘matak mevalaridan tayyorlash ham mumkin. 
Buning uchun mevadan 20 gr tortib olinib sovuq suvda chayiladi, 1 stakan qaynoq 
suv solinib 20 daqiqa davomida qaynatiladi va 24 soat tindirilib qo‗yiladi. Qabul 


46 
qilishdan oldin damlama suziladi. Na‘matak damlamasini sovuq sharoitda 2 
kungacha saqlash mumkin.
Na’matak damlamasida askorbin kislotani soddalashtirgan usulda 
aniqlash 
10-12 ml na‘matak damlamasining tarkibidagi vitamin S ning faolligiga qarab 
2% -li xlorid kislota eritmasida 5-10 karra suyultiriladi. Olingan eritmani (1-2 ml) 
yassi tubli qolipga solinadi. Qolipga esa undan oldin 2 % li 1 ml xlorid kislota va 
shuncha disterlangan suv quyilgan qolipdagi eritmasini aralashtirib 0,5-1 daqiqa 
maboynida rangsizlanmaydigan och pushti rangga kirguncha 0,001 ni -2,6 
dixlorofenalindifenol eritmasi (Tilmans reaktivi) bilan titrlaymiz. 
Askorbin kislota miqdori quyidagi formula yordamida hisoblanadi 
X =A x K x V – 0.88 x 100/Rmg % bu erda: 
X- milligramm % lardagi askorbin kislotaning miqdori. 
A- titrlash uchun sarflangan 0,001ni 2,6 dixlorofenolindifenolning o‗rtacha 
miqdori. 
K-2,6 dixlorofinolindifenol eritmasining titriga to‗g‗rilash koeffitsienti. 
0,88 –1 ml. 0,001 ni 2,6 dixlorofinodifenolga muvofiq keltirilgan askorbin 
kislotaning ml.dagi miqdori . 
100-askorbin kislotaning %lariga o‗tkazish uchun hisoblash soni
R-aniqlash uchun olingan na‘matakning gramm miqdori
a-titrlash uchun olingan filtrning miqdori (ml) 
2% li NCL bilan suyultirilgan filtrning miqdori. 
Gipovitaminozli holat organizmni yuqumli kasalliklarga tez beriladigan 
qilib qo‗yiladi. Hozirgi davrda qish va bahor fasllaridagi gripp kasalligining 
epidemiya holida tarqalishini organizmning ―S vitaminiga‖ chanqoqligi 
etishmasligi bilan ifodalanishi mumkin. Shuning uchun shu fasllarda organizmning 
―S‖ vitamini bilan ta‘minlanganligini nazorat qilib turish katta ahamiyatga ega.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin