41
angina paydo bo‗ladi. Ba‘zi vaqtlarda kasallik belgisi (noxushlik, og‗iz burishishi,
yutishning qiyinlashishuvi, sal bo‗lsada ko‗ngil aynishi, qusish, ich ketishi)
kuzatiladi.
Profilaktikasi. Dalada qor ostida qolib ketgan donlarni ovqatda iste‘mol
qilmaslik kerak. G‗allani yig‗ish va almashtirish punktlari tashkil qilinadi. Qishda
qolib ketgan don boshoqlari bo‗lgan dalani erta haydash tavsiya etiladi.
O‘rov kasalligi (Kashin-Bek kasalligi)
O‗rov (Kashin-Bek kasalligi) kasalligi sobiq
ittifoqda uzoq Sharqda va
Sharqiy Sibrda va Zabakayl o‗lkalarida endemik holda uchraydi. Kasallik birinchi
marta 1869 yilda N.N.Kashin va 1906 yilda e.V.Bek tomomnidan Janubiy
Sibirning O‗rov daryosi atrofida vodiyda yashovchilari orasidan topilgan. Shuning
uchun ham kasallikka O‗rov kasalligi yoki «Kashin-Bek» deb nom berilgan.
Bu kasallikkda suyakning o‗sishi susayadi natijada oyoq va qo‗l
suyaklarining qisqarishiga olib keladi.
O‗rov kasalligi mahalliy don o‗simliklarining fuzarium sporotrixella
turkumidagi toksik zamburug‗lardan zaralanish tufayli kelib chiqadi.
Ikkinchi
nazoratga ko‗ra O‗rov kasalligi tuproqda suv xavzalarida oziq-ovqat
mahsulotlarida ichimlik suvida kalsiy darajasi past bo‗lgan holda stronsiy miqdori
ortiqcha bo‗lganda stronsidraxiti toksikozi sifatida avj oladi.
Dostları ilə paylaş: