58
emfizema, bronxit alomati, ba‘zi vaqtda jismoniy ishdan keyin o‗pkada va yurak
sohasida ayrim funksional o‗zgarishlar ma‘lum bo‗ladi.
II bosqichda. O‗pkadagi o‗zgarishlar ancha rivojlangan bo‗ladi. O‗pka
parenximasida diffuz o‗zgarish sezilarli darajada bo‗ladi. Qon tomir va bronxlar,
jumladan deformatsiyasi rivojlangan ancha-muncha o‗zgarishlar
kuzatiladi, o‗pka
sathiga sochib tashlangandek diametri 2-4 mm li tugunchalar ko‗rinib turadi,
emfizema rivojlangan bo‗ladi. Bu bosqichda bemorlar o‗pkada og‗riq, jismoniy ish
boshlashdanoq nafas qisishi, balg‗amli yo‗taldan shioyat qiladilar. Rivojlangan
emfizema,
bir
yoki
ikki
tomonlama
fibroz,
plevrit,
yurak-o‗pka
etishmovchiligining boshlang‗ich davri ro‗y-rost belgiladilar. O‗pka hajmi
kengayadi, daqiqalik hajmi ortadi. Agar bunga o‗pka sili qo‗shilsa, SOE oshadi,
o‗pkada silga xos o‗zgarishlar kuzatiladi, harorati subfibril darajada turadi, ishtaha
pasayadi, bemor ishga uncha yaramay qoladi va hakozo.
III bosqichda. O‗pkadagi tugunchalar miqdori va hajmi ko‗payadi,
kichik
tugunchalar bir-biriga qo‗shilib, kattaroq tuguncha (o‗smaga o‗xshash) hosil qiladi.
Emfizema rivojlanib, deyarli o‗pkaning hamma sohasini egallaydi. Bemorlar sal
jismoniy harakat qilganlarida ham, hatto bekor turganlarida ham nafas qisishidan
azob chekadilar. Nafas qisishi kechasi zo‗rayadi, bemor qattiq yo‗talib, balg‗am
tashlaydi.
Uyqusizlik, lablarning ko‗karishi kuzatiladi. O‗pka sathida emfizema
alomati va qattiqlashgan joylar aniqlanadi. Bu bosqichda o‗pka yuragi (cor
pulmonali) rivojlanib, qon aylanishi buzilishi I-III darajaga etadi. Ko‗pincha
silikozga o‗pka sili kasalligining og‗ir turi qo‗shiladi. Nafas qisishi, yo‗tal, ko‗krak
qafasidagi og‗riq shu bosqichga xos xususiyatdir. Odatda, silikoz traxeya va bronx
shilliq pardasining surunkali yallig‗lanishi bilan kechadi. Changlar orqali yuzaga
keladigan nospetsifik kasalliklar: bronxit, traxeit, konyuktivit, teri to‗qimalarini
yallig‗lantirib
dermatit, ter va moy bezlari yo‗llarini berkitib qo‗yib, yiringli teri
kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Pnevmokoniozlarning kelib chiqishi asosida o‗pka alveolalari devoriga
o‗tirib qolgan chang zarrachalari atrofida biriktiruvchi to‗qimalarning paydo
bo‗lishi yotadi. Alveolalargacha etib borishi xususiyatiga faqat mayda yoki kichik
59
dispersli changlargina egadir, shuning uchun ular o‗rta
va katta dispersli
changlarga nisbatan xavfli xisoblanadi. O‗rta va katta dispersli changlar yuqori
nafas yo‗llarining shilliq qavatlarida ushlanib qoladi. Ultra kichik dispersli
changlar esa havo muhitida broun harakatida bo‗lib muallaq holda suzib yuradi,
shuning uchun ular ham o‗pka alveolalari devorida ushlanib qolmaydi.
Nospetsifik changga oid patologiya - bular juda ko‗p uchraydigan qasalliklar
hisoblanib, kelib chiqishi bo‗yicha bakterial genez tabiatiga egadir va kasallikning
kelib chiqishida chang sharoit yaratib beruvchi omil rolini o‗taydi. Chang ta‘sirida
kelib chiqadidag nospetsifik kasb kasalliklari: bronxitlar, laringitlar,
faringitlar,
anginalar, kon‘yuktivitlar, dermatitlar.
Organizmga chang ta‘sir qilishi, uning quyidagi xossalariga bog‗liq:
— kimyoviy tarkibiga, jumladan tarkibidagi ozod kremniy (II)- oksidning
miqdoriga;
— changning havodagi umumiy miqdoriga;
— dispersligiga;
— morfologiyasiga;
— zichligiga;
— biologik muhitda erishiga;
— solishtirma og‗irligiga;
— zarrachalarning elektr zaryadiga (musbat yoki manfiy).
Bir qator kimyoviy moddalarning chang zarrachalari (berilliy, vanadiy,
xrom, kadmiy va h. k) yuqori toksik xususiyatga ega bo‗lib, organizmga tushganda
uni zaharlashi mumkin.
O‗tkir toksik xususiyatli chang o‗pkaning surunkali o‗ziga xos bo‗lmagan
kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin (masalan: surunkali bronxit, traxeit,
zotiljam, bronxial astma va h. k).
Aralash changdan kelib chiqadigan pnevmokoniozlar — silikoantrakoz,
silikosideroz va h. k., bunda kasallik belgilari chang tarkibidagi ozod kremniy (II)-
oksidning miqdoriga bog‗liq. Changlarning ba‘zi turlari (hayvon mahsulotlari —
60
mo‗yna, jun, o‗simlik mahsulotlari — gul, xashak va h. k.) allergik hamda yuqumli
kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Asbest changi organizmga kanserogen ta‘sir qiladi.
Chang zarrachalarining
nafas yo‗llariga kirish chuqurligi ularning disperslik darajasiga bog‗liq. Zarracha
qanchalik mayda bo‗lsa, uning nafas yo‗llariga kirishi, shunchalik ko‗p va chuqur
bo‗ladi.
Changga doir patologiyalarning profilaktikasi quyidagi asosiy tadbirlarni o‗z
ichiga oladi:
- changlarga gigiyenik me‘yorlar ishlab chiqish va ishchi zonasi havosining
changlanganlik darajasini nazorat qilishdir;
- texnologik tadbirlar; ko‗pincha chang hosil bo‗lishiga doir texnologik
jarayonlardagi ishlarni ho‗llash (ho‗llash usulida ishlov berish) foydalaniladi;
- sanitar-texnik tadbirlar: chang hosil qiluvchi jixozlarni izolyasiyalash,
xonalarga mahalliy va umumiy shamollatish moslamalarini o‗rnatish;
- chang konsentratsiyasini REK miqdorigacha
pasaytirishning imkoniyati
bo‗lmagan taqdirda ishchilar shahsiy himoya vositalari bilan ta‘minlanishlari shart;
- changga qarshi respiratorlar va shunga muvofiq maxsus kiyimlar beriladi;
- ishlab chiqarish xonalarini muntazam tozalab turish yoki pnevmovositalar
yordamida changlardan tozalash;
- havo muhitining yuqori changlanganlik sharoitida ishlovchilar uchun ish
tugaganidan so‗ng ishqoriy ingalyasiyalarni olish tavsiya etiladi;
- ishchilarni har yili tibbiy ko‗riklardan o‗tkazib turish.
Dostları ilə paylaş: