Kasbiy psixologiya fani texnik muxandis xodimlarining munosabatlari, odamlarning psixik faoliyatini texnik boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Bunda texnik muxandislik faoliyatining psixologik asoslarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan.
Mustaqil fan sifatida kasbiy psixologiya yuzaga keldi va birinchilardan bo‘lib AQSHda olimlar J.Kritets va R Super ishlarida ko‘zga tashlangan.
Rus psixologi E.A Klimov tadqiqotlarida “Kasb tanlash”, “kasbga yo‘naltirish” kabi masalalarga etiborni qaratib, bu borada tadqiqot ishlarini olib borgan. Xususan, “Differentsial diagnostik so‘rovnoma” (DDS) metodikasini ishlab chiqqan. Kasbiy psixologiyaning ajralib chiqishi xozirgi kunda shaxsning kasbiy mehnatga o‘rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar hamda umuman kasblar olamiga kirib borishga asoslanadi. Kasb psixologiyasi masalalarini o‘rganish bo‘yicha G.V.Kudryavtsev, E.A.Klimov, B.F.Lomov, K.K.Platonov, K.M.Gurevich va boshqalar shug‘llanganlar.
Shunday qilib, kasbiy psixologiya fani texnik muxandis xodimlarining faoliyatidagi psixika, ong, ongsizlik kabi fenomenlarning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir.
Sotsiologiya. Psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo‘lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta’minlashga xizmat qiladi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o‘zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo‘lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli o‘ziga xosdir.
Kasbiy psixologiya fanining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi.
mulokot psixologiyasi;
muxandislik psixologiyasi
Kasb psixologiyasining muhim jihatlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat.
Qiyosiy metod («ko‘ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko‘ra taqqoslashdan iborat. Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo‘lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o‘zaro solishtiriladi.