Kasbiy psixologiya fani



Yüklə 39,54 Kb.
səhifə7/10
tarix01.06.2023
ölçüsü39,54 Kb.
#121477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kasbiy psixologiya fanidan

Ko’zatish deganda, ma’lum bir maqsadli rejani amalga oshirish uchun narsa va hodisani ongda ataylab idrok etish tushuniladi.

  • Kasbiy ko’zatish esa Muhandis xodimlarining operativ xizmat vazifalarini amalga oshirishida muhim voqea va hodisalarni maqsadga muvofiq tarzda idrok etish jarayonidir.

  • Kasbiy ko’zatuvchanlik xodimning Shaxsiy xususiyati emas, balki tabiiy xususiyatiga aylanib, faoliyatning barcha turlarida namoyon bo‘lishida, ko’zatuvchanligininng oliy darajaga chiqqanida namoyon bo‘ladi.

    Narsa yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri jarayonida kishi ongida uning aks etishi idrok deb ataladi.
    Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga solinishi hamda narsa va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlarga birlashuvi yo’z beradi.
    Idrok qilish tamoyillari quyidagilar:
    – bilish zarur bo‘lgan holat yo’zasidan miyada aniq aqliy zanjir to’zish;

    • sezgi a’zolarining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish;

    • o‘rganilayotgan ob’ektga nisbatan qiziqish uyg‘otish;

    Idrok qilish printsiplari asosida xodim turli nuqtai nazarlarni, masofadan, vaziyatdan, holatning yoritilish darajasi, sharoitdan kelib chiqib, ob’ektdan olgan taassurotlarni tahlil qiladi.
    Individning o‘z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deyiladi.
    Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy jarayonlar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o‘sha faoliyat bilan belgilanadi.
    Aks etish – reverbatsiyaning davomiyligi (30–50 daqiqa) miyaning asab katakchalarida turg‘un o‘zgarishlarni qo‘zg‘atadi. Bu jarayon o’zoq muddatli xotira mexanizmi hisoblanadi1.
    Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi sababiy-oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo‘llash sohasi bo‘lgan amaliyot tafakkur faoliyatining manbai bo‘lib xizmat qiladi.
    Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi.
    Tafakkur – bu o‘z to’zilishi va turlariga ega bo‘lgan o‘ziga xos faoliyat. Tafakkurning turlarga bo‘linishi shakli, xususiyati, ochib berilganlik, yangililik va voqelikka moslik darajasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
    Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bo‘linadi. Nazariy tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa –ko‘rgazmali-obrazli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ajratiladi.

    Yüklə 39,54 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin