122
Ishlab chiqarish sharoitlarida –issiq sexlarda – meteorologik shart-
sharoitlarni yaxshilash uchun muayyan ish o‗rinlarida havo beruvchi mahalliy
ventilyasiyadan – havo dushlaridan foydalaniladi.
Havoni tortib shamollatiladigan mahalliy ventilyasiyalar havoga chang,
zaxarli va zararli moddalar, ortiqcha issiq va nam chiqadigan joylarga o‗rnatiladi (
mo‗rili
shkaflar, soyabonlar va b.). Xam havo berib, xam tortib shamollatish
sistemasining quyidagi elementlari bor:
a) havoni qabul qilish qismi;
b) changdan tozalash inshoatlari;
v) havoni isitadigan yoki sovutadigan uskuna;
g)
havoni namlash uskunasi;
d) dvigatelli ventilyatorlar;
e) havo beradigan va tortadigan kanallar (havo yo‗llari) bilan xonadagi
teshiklari;
j) chiqarilgan havoni korxona changi, bug‗ va gazlardan tozalash uskunasi. Bu
sistemada eng muhim narsa havo olinadigan joyni to‗g‗ri tanlashdir ya‘ni havo
buzilmaydigan joyga o‗rnatish, havoni buzadigan manbalarga nisbatan olganda
shamolga ro‗para o‗rnatish kerak xamda atrofiga daraxtlar ekish maqsadga
muvofiqdir. Havo kiradigan teshiklar erdan kamida 2 m yuqorida bo‗lishi kerak.
Yog‗inlardan saqlash uchun havo kiradigan teshiklarga panjara yoki soyabonli to‗r
tutish lozim.
Binoga havo beradigan yo‗llar, ular orqali o‗tadigan havo o‗z
xossalarini
o‗zgartirib qo‗ymasligi uchun, qisqaroq va devorlari silliq xamda tozalash uchun
oson bo‗lishi kerak. Havo yo‗llari tuproqdan o‗tgan bo‗lsa, devorlari suv va havo
o‗tkazmaydigan bo‗lishi lozim. Beriladigan havoni mexanik aralashmalardan
tozalash uchun changni cho‗ktiradigan kameralar yoki filtrlar ishlatiladi.
Yilning sovuq paytlarida xonalarga beriladigan havo isitilgan bo‗lishi kerak.
Havo maxsus asboblar kaloriferlar bilan isitiladi. Zaruriyat tug‗ilganda xonaga
beriladigan havo sovutilgan bo‗lishi kerak.
123
Past temperaturalarda tashqi havoda suv bug‗lari odatda arzimas miqdorda
bo‗lgani uchun havo isitilganida va issiqlikdan xajmi kengayganida nisbiy namligi
juda kamayib qoladi. Havoning nisbiy namligini etarli darajaga keltirish uchun uni
namlash usulidan foydalaniladi. Havoni namlash uchun bug‗lantiruvchi
asboblar
qo‗llaniladi yoki namlash kameralarida suvni purkash usulidan foydalaniladi.
Havo yo‗llarining ichki yuzasi silliq bo‗lishi kerak, tozalash oson bo‗ladi va
havo o‗tishiga ko‗rsatadigan qarshiligi kamayadi. Bir xil maqsadga xizmat
qiladigan xonalardan havo tortuvchi kanallarni umumiy sistemaga birlashtirsa
bo‗ladi. Inson yashaydigan xonalarning havo tortuvchi yo‗llarini oshxona,
xojatxona va boshqalardan chiqadigan havo yo‗llari bilan birlashtirish yaramaydi.
Sun‘iy havo almashinuvi tizimining eng murakkablashgani berilgan harorat
va havo namligi parametrlariga avtomatik boshqarish yordamida yutiladigan
havoni konditsirlash. Havoni konditsirlash texnikasining tug‗ilishi XX asrning
boshlari hisoblanadi. Havoni konditsirlash termini 1904-yil S.
Kramer tomonidan
taklif qilingan. Konditsionerlar havoni mexaniq aralashmalardan tozalab, uni
isitadi yoki sovutadi, xonaga beriladigan havo namligini oshiradi yoki kamaytiradi
va ularga muayyan tezlik bilan havo berib turadi.
Xonalarda havo almashinuvi sifatini, uning tarkibida karbonad angidrid
gazining miqdoriga qarab baholash mumkin.
Turar joylarni loyixalash va xonalarni shamollatishni hisobga olganda, SO
2
ning 0,1% miqdori hisob-kitob ko‗rsatkichi hisobida qabul qilingan.
Havoning almashinish karraligi deb , shu xona havosining 1 soat mobaynida
necha marta to‗liq almashinishiga aytiladi.
Havo almashinuvining karraligi berilgan yoki
xonadan chiqarilgan havo
miqdorining xona hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Masalan, Qadoqlash xonasining kengligi 60 m
3
ga
teng, xonadan olib
chiquvchi ventilyasiya
yordamida
soatiga 180 m
3
hajmidagi havo olib chiqiladi.
Havo almashinuvining karraligi 3 ga teng. Havo karraligi ko‗rsatkichining oldiga (
+ ) yoki ( – ) belgisi qo‗yiladi. ( + ) belgisi kirish havo oqimini, ( – ) belgisi esa
chiqarish orqali havo oqimini ko‗rsatadi. Masalan,
aseptika xonasida havoning
124
hajmi + 4-2 bo‗lishi kerak. Bu degani har soatda xonaga to‗rt marta havo kiradi va
ikki marta chiqariladi. Shunday qilib, olib kirilayotgan va olib chiqayotgan havoni
hajmini bilish orqali, zarur bo‗lgan havo almashinuvi karraligini hisoblab chiqish
mumkin (5.3. Jadval).
Dostları ilə paylaş: