Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Dorixona ichi muhitida ob‟ektlarni zararsizlantirish usullarini gigiyenik 
baholash. 
Mikroorganizmlar odatda chang zarrachalariga, havoda muallaq turgan 
aerozol zarrachalariga (ya‘ni, suyuq zarrachalarga) birikadi. Dorixona xonalari va 
farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalari xonalarini ifloslanish manbalari 
ventilyasiya va atmosfera havosi, uskunalar yuzasi, yordamchi materiallar, kiyim-
kechak va ishchi-xodimlarning o‗zlaridir. Bakterial ifloslanish xavfi, birinchidan, 
dori preparatlarni kimyoviy tarkibini o‗zgartiradi, terapevtik davo samaradorligi 
kamayishi va zaxarli xususiyatlarini paydo bo‗lishi bilan xarakterlanadi;
ikkinchidan, ayniqsa, dorixona sharoitida mijozlar (farmatsevtlar, farmatsevtlar-
texnologlar, kassirlar) bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqada bo‗lgan ishchi xodimlar 
uchun dorixona ichi infeksiyalarini tarqalish xavfi ortadi. 
Havoning bakterial ifloslanishiga qarshi kurashish chora-tadbirlari. 
1. Rejalashtirish chora-tadbirlari - binolar majmui va ularning razmerlari 
sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi, boshqa ob‘ektlar bilan o‗zaro tartibda 
joylashtirish va tub yo‗nalishlarga yo‗naltirish; 
2. Sanitar-texnik chora tadbirlar - shamollatish, isitish, suv ta‘minoti, 
kanalizatsiya va ultrabinafsha nurlantirgichlarni o‗rnatish va ishlatish talablariga 
rioya qilish; 
3. Ishchi-xodimlar gigiyena talablariga rioya qilishi - ishchi-xodimlar 
gigiyenasiga qo‗yiladigan talablar, kiyim-kechak, aseptik blokida qo‗lni yuvish 
qoidalari, tibbiy ko‗riklarning muntazamligi va ishlashga qarshi ko‗rsatmalarni 
aniqlash; 
4. Ish rejimiga rioya qilish - ho‗l tozalash karraligi, va binolarni, idishlarni, 
havoni, mebelni dezinfeksiya qilish chastotasi. 


130 
Dori vositalarini ishlab chiqarish uchun aseptik shartlarga rioya qilish 
bo‗yicha sanitariya-gigiyena talablari. 
Katta shaharlardagi zamonaviy dorixona o‗z ichiga quyidagi xonalar 
jamlagan aseptik bo‗linmaga ega bo‗lishi kerak: shlyuzli defektor, shlyuzli aseptik 
xona, sterilizatsiya va distillash xonalari. Aseptik bo‗linma alohida kirish joyiga 
ega bo‗lishi yoki boshqa xonalardan shlyuz bilan ajratilishi kerak. 
Aseptik sharoitda dori-darmonlar ishlab chiqarishda ishtirok etadigan ishchi 
xodimlar shlyuzga kiraverishda maxsus kombinzonlarni kiyadi, qo‗llarini yuvadi, 
dezinfeksiya qilib, steril xalat, 4 qavatli doka bintdan tayyorlanilgan niqob 
(maska), qalpoq (soch to‗liq yopilishi kerak) va baxilla kiyib, keyin aseptik xonaga 
kiradilar. Niqobni har 4 soatda o‗zgartirish kerak. Steril bo‗lmagan sanitariya 
kiyimida aseptik sharoitda dori-darmonlarni tayyorlash va qadoqlash uchun xonaga 
kirish va steril sanitariya kiyimida aseptik bo‗linmadan tashqariga chiqish 
taqiqlanadi. 
0,5 mkm dan katta zarralarni ushlaydigan havo filtrlari havoni tozalash va 
toza saqlash uchun samarali hamda ishonchli antibakterial deb hisoblanadi. 
Bundan tashqari, maxsus uskunalar yordamida aseptik bo‗limlarda toza 
havolaminar 
oqimlarini 
tashkil 
etish 
tavsiya 
etiladi. 
Laminar-parallel 
(aralashtirilmaydigan) havo oqimlari cheklangan maydon ichida bir xil o‗rnatilgan 
tezlikda harakatlanadi. Bunday havo oqimining optimal tezligi 0,3–0,6 m/s 
hisoblanadi, hamda kamida bir oyda bir marta majburiy mikrobiologik nazorat 
o‗tkaziladi. 
Yo‗laklar va sanoat binolaridan havo oqimini aseptik bo‗limga kirishini 
oldini olish uchun, aseptik bo‗limda kiruvchi-chiquvchi ventiyalsiya tizimini 
tashkil qilish tavsiya etiladi, bunda havo oqimining kirishini chiqishdan ustunligini 
ta‘minlash (+4-2) lozim. Olib kiruvchi ventilyasiya tizimlarining "toza" xonalarda 
etarlicha havo ta‘minotini ta‘minlash uchun olib chiquvchi ventilyasiya 
tizimlarining samaradorligi 80-90% ni tashkil qilishi kerak. 


131 
Aseptik bo‗limda havo muhitining sifatli saqlashning yana bir yo‗li xonada 
mavjud bo‗lgan yuzalarga doimiy ishlov berishdir. Yuvish vositalari va 
dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda yuzalarni nam tozalash tavsiya 
qilinadi. Aseptik bo‗linma binolarini tozalash ish oxirida smenada kamida 1 marta 
amalga oshiriladi. Haftada bir marta, agar iloji bo‗lsa, uskunalar chiqarilishi bilan 
umumiy tozalash amalga oshiriladi. 
Aseptik bo‗lim yoki xonalarni tozalashda tozalash bosqichlari ketma-
ketligiga qat‘iy rioya qilish talab qilinadi. Tozalashni aseptik zonadan boshlash 
kerak. Birinchi bo‗lib, devor va eshiklar yuzalarini shiftdan polgacha yuvish, 
harakatlar yuqoridan pastga qarab bo‗lishi kerak. Keyin
statsionar uskunalar 
yuviladi va dezinfeksiya qilinadi, oxirida esa pollar yuviladi. 
Aseptik 
bo‗linmaga kiritiladigan barcha uskunalar va mebellar 
dezinfeksiyalovchi eritma bilan oldindan tozalanadi. Tozalash va dezinfeksiya 
qilish uchun ko‗pikli gubkalar, tolali materiallardan tayyorlangan salfetkalar 
tavsiya etiladi. Pollarni artish uchun, qattiq matolardan tayyorlangan lattadan 
foydalanish mumkin. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin