Nuraliyeva xafiza otaevna


Xona havosi tarkibidagi mikroorganizmlarni aniqlash usullari



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Xona havosi tarkibidagi mikroorganizmlarni aniqlash usullari
 
Sedmentatsion usul (cho„ktirish). Bu juda oddiy usul. Ichida qattiq ozuqa 
muhiti bor Petri kosachalarini ochiq holda binoning bir necha joyiga 5-10 
minutga qoldiriladi. Havo mikroflorasi og‗irlik kuchi ostida muhit yuzasiga 
cho‗kadi. So‗ng Petri kosachalarini 48 soat 37° S temperaturada termostatga 
ko‗yiladi, keyin o‗sgan koloniyalar hisoblab chiqiladi. Bu usul mikroflora haqida 
mayda dispers bakterial aerozollar haqida to‗la ma‘lumot bermaydi, chunki ularni 
cho‗kishi havo oqimlari ta‘siriga bog‗liq. Shuning uchun bu usul havo 
mikroflorasi sifat xarakteristikasiga aniqlovchi bo‗ladi.
 
Aspiratsion usul. Unga: elektro va termopretsipitatsiya, suyuq muhit orqali 
so‗rib olish va tirqishli usul kiradi. Ularning boshqa usullar oldida afzalligi: 1. 
Havoni ekish shu joyda va namuna olish vaqtida bajariladi. 2.Havodan 
bakteriyalar nisbatan tez ajratiladi (termopretsipitatsiya usulidan tashqari). 3. 
Parallel ekishlar ancha samarali natijalar beradi. Bu usullar gruppasining 
kamchiligi: 
1.Tekshirilayotgan 
ob‘ektda 
Petri 
kosachalarida 
turli 
mikroorganizmlar o‗sadigan ozuqa muhitlari bo‗lishi kerak. 2. Virus va 
rekketsiyalarni ajratib olish qiyinligi yoki umuman mumkin emasligi. 3. Ekish 
paytida o‗zida nechta bakteriyalar tutgan bitta zarra yoki tomchi ozuqa muhitiga 
tushganda faqat bitta turdagi bakteriya koloniyasi o‗sib chiqadi, bu umumiy 
ifloslanish ko‗rsatgichidir.
Tirqishli usulda ishlatiladigan asboblar keng tarqalgan.
Krotov apparati ish prinsipi aerozol zarralarini ozuqa muhitini tezda 
enersion cho‗ktirishga asoslangan. Havo oqimi 15-20l 1/min tezligi bilan tor 
tirqishdan ozuqa muhiti yuziga uriladi va uning nam yuzida mikroorganizmlar 
ushlanib qoladi. Disk ustiga o‗rnatilgan Petri kosachasi aylanib turadi va 


149 
mikroorganizmlar agar ustiga nisbatan bir tekisda 
taqsimlanadi. 
Havoni 
bakteriyalar 
bilan 
ifloslanganligini aniqlash usuli asbob orqali olish 
davomida 30 litr havo 1 – daqiqa davomida 
o‗tkaziladi. Termostatda 24 soat ushlangach o‗sib 
chiqqan koloniyalar sanaladi va 1 m
3
da ifodalanadi. 
Dorixona xonalaridagi havo muxitini bakteriologik 
jixatdan baholash uchun 1m
3
havoni oksidlanishi, uglerod dioksid miqdori va 
mikroorganizmlar miqdori kabi ko‗rsatkichlardan foydalanadi. Havo sanitar 
xolatini taxminiy baholash 1daqiqada 1m
2
ozuqa muxiti yuzasiga cho‗kadigan 
mikroflora miqdoriga qarab belgilanadi va u quyidagi formula orqali hisoblab 
topiladi. 
M = Ax1000/ TxV 
Qaerda, M – 1m
3
havodagi mikroblar soni. 
A – Petri kosachasidagi koloniyalar soni.
T – Havodan namuna olish muddati, sekund. 
V – Krotov apparati orqali so‗rib olingan havo miqdori, l/daqiqa. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin