167
- ekstragentlarni haydash, bunda suv, efir,
spirt va boshqa moddalardan
quyuq ekstraktlarni bug‘lantirish usuli bilan, quruq ekstraktlarni esa vakum ostida
quritish usuli bilan haydash.
Dorivor changi fizikaviy xususiyatlari, kimyoviy qurilishiga ko‗ra
organizmga
turlicha
ta‘sir qilishi mumkin: umumiy zaxarli,
terini
yallig‗lantiruvchi, allergen va boshqalar. Chunonchi, masalan, tarkibida atropin
guruhidagi alkaloidlar bo‗lgan belladonna o‗tini ortishda teriga tushib, uni
yallig‗lantiradi. Uzoq ta‘sir etganda, ayniqsa ushbu o‗t yuqori nafas yo‗llari orqali
tushganda zaxarli ta‘sir ko‘rsatidi
va bosh aylanishi, umumiy qo‗zg‗alish, tomir
urishi va nafas olishning tezlashishi ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. Qizil qalampir,
shalfey, va boshqalarning changi teriga yallig‗lantiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi.
Limonnik va boshqa o‗tlarning changi bilan aloqada allergik tasirlanish xillari
ta‘riflangan.
Galenli va yangi galenli preparatlarning olinishida ish zonasi havosining
ekstragentlar va eritmalar (spirt, efir, xloroform, dixloretan va boshqalar) bug‗lari
bilan ifloslanishi ro‗y beradi. Masalan, bir qator korxonalarda
spirtli eritmalar
tayyorlash xonalarida etil spirti bug‗larining yuqori konsentratsiyalari aniqlandi,
ularda ish zonasi havosida olingan sinamalarning 20-30% ida havodagi
bug‗larning miqdori REMdan ortiq bo‗lgan. Kimyoviy omilga ega majmuada
ayrim uchastkalarda ishlovchilar me‘yoridan ortiq issiqlik
bilan belgilanuvchi
mikroiqlim va shovqinning bir vaqtdagi ta‘siri ostida bo‗ladilar.
Farmasevtik ishlab chiqarish omillarining zararli ta‘sir ko‗rsatishining oldini
olishda oqimli-so‘ruvci havo almashinuvining bo‘lisi, ishchilarni shahsiy himoya
vositalari bilan ta‘minlanganligi katta ahamiyatga ega
. Maydalagichlar,
tegirmonlar, elaklar, shnekli va tasmali transportyorlar
va boshqa texnologik
uskunalarga xizmat ko‗rsatuvchi ishchilar maxsus kiyim-bosh, 03-N, 03-K turidagi
ximoya ko‗zoynaklari qo‗lqoplar, ShB-1 turidagi respiratorlar bilan ta‘minlanishi
shart. Bundan tashqari, organik ekstragentlar bilan aloqada bo‗luvchi ishchilarda A
rusumli filtrlovchi qutichali protivogaz bo‗lishi shart.